"Istiqlol" bosh murabbiyi Mubin Ergashev: "Tarixiy g'alaba bilan barchani tabriklayman"
25 apr 2021 11:56
Yangiliklar
"Istiqlol" bosh murabbiyi Mubin Ergashev: "Tarixiy g'alaba bilan barchani tabriklayman"
Yon qo'shnilarimiz kimsan Osiyo grandi "Al Hilol"ni 4:1 hisobida tor-mor etishdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Istiqlol" bosh murabbiyi Mubin Ergashev quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Birinchi navbatda barcha tojik futboli muxlislarini ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yinda jamoamiz juda chiroyli harakat qilib, yakunda o'z maqsadimizga erishdik. Futbolchilarga ham katta rahmat, shogirdlarim o'yindan olddin berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. SHuningdek, Vitaliy Levchenko bilan birgalikda barcha murabbiylar shtabimizga ham minnatdorchilik bildiraman.
- O'yindan oldin raqibni diqqat bilan o'rganib chiqqandik va shunga ko'ra reja belgiladik. "Al Hilol" - kuchli jamoa, lekin bu futbol va istalgan raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Bu g'alabadan so'ng bizda keyingi bosqichga chiqish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Endi navbatdagi ikki uchrashuvni ko'tarinki ruhda o'tkazishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar