So’nggi yangiliklar

12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  0 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   2 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  2 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  16 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  8 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5

"Istiqlol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizning muxlislar ham ko'p bo'ladi" Yangiliklar

"Istiqlol" bosh murabbiyi: "Ertaga bizning muxlislar ham ko'p bo'ladi"

OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev hamda jamoa hujumchisi Alisher Jalilov ishtirok etishdi.

- Futbol muxlislarini kirib kelayotgan yangi mavsum bilan tabriklayman. Ko'proq qiziqarli o'yinlar bo'lishini tilayman. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni o'rganib chiqdik. "Lokomotiv"ni ko'plab futbolchilar tark etdi va ko'plab yangilar keldi. SHuningdek, jamoada bosh murabbiy o'zgardi. Samvel Babayan va Andrey Fyodorovning o'yinlari ikki xil taassurot beradi. Futbolchilarimizga ertangi o'yin oldidan alohida talablar qo'yamiz.

Futbolchi - "Lokomotiv" OCHLda har yili o'ynaydi. Ularning yaxshi jamoa ekanligini bilamiz. SHu boisdan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, kelasi bosqichga chiqishimiz uchun harakat qilamiz.


- Istiqlol OCHL darajasiga tayyormi?

- Ha, tayyor. CHunki o'tgan yillar davomida OFK kubogidagi ishtirok orqali "Istiqlol" bir necha bora ushbu ligaga tayyor ekanligini ko'rsatib berdi.


- Klub OCHL uchun 3 nafar legionerni ro'yxatdan o'tkazgan. Ular Toshkentga keldimi?

- Bu syurpriz bo'ladi, ertangi o'yinda buni bilib olasiz.


- "Lokomotiv"ning o'yinlarini tomosha qildingizmi?

- Andrey Fyodorovni yaxshi bilaman. U bilan birga o'qiganman. "Lokomotiv"ning "Reynjers" bilan o'yinini tomosha qildik. SHuningdek, "Jiangsu" bilan o'yinni ham o'rganib chiqdik. "Lokomotiv" ikki o'yinda ikki hil taassurot qoldirdi.


- O'zbek futbolidan yoqtirgan futbolchingiz bormi?

- Odil Ahmedov. "Anji", "Krasnodar"da o'ynagan futbolchini yaxshi bilaman. "Lokomotiv"dan esa Marat Bikmaevni yaxshi taniyman. Uning o'yinlari menga yoqadi.


- "Paxtakor"ga qarshi bekor qilingan o'yin tayyorgarlik rejalariga jiddiy tasir o'tkazdimi?

- Yo'q. Ob-havo xudoning qudrati. SHu boisdan bundan unchalik hafa bo'lmadik. Ertangi o'yinda bizning tomonga ham muxlislik qiladigan tomoshabinlar ko'p bo'ladi. SHu boisdan o'yin qiziqarli kechishi shubhasiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика