“Istiqlol” 1 yoshda yoxud yangi yil tadbiri
31 dek 2013 09:14
Yangiliklar

“Istiqlol” 1 yoshda yoxud yangi yil tadbiri
Ostonamizda 2014 yil turibdi. Yurtimizdagi jamoalar esa dekabr oyining oxirgi kunlariga kelib joriy yil yakunlariga bag'ishlab tadbir o'tkazmoqda.
Xususan birinchi liga debyutanti Toshkentning “Istiqlol” klubi ham kuni kecha yangi yil bayramini o'tkazdi.
“Istiqlol” birinchi liganing “qaldirg'och”i bo'ladi. Jamoa tashkil topganiga esa endigina bir yil to'ldi. SHu munosabat bilan ham klub rahbarlari 28 dekabr kuni shahardagi “Lyuksor” arm kafesida o'ziga xos tadbirni tashkil etdi.
Marosimga jamoa azolari, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etdi. SHuningdek o'zbek futboli jamoatchiligiga yaxshi tanish bo'lgan Muxtor Qurbonov, Sanjar Tursunov, Kamoliddin Murzoev hamda Rustam Yaraliev ham tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurganini aytib o'tish kerak.
Kechani esa taniqli sharxlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev olib bordi. Dastlab sahnaga “Sangam” guruhi qizlari chiqib turli xil raqslari bilan yig'ilganlarni xushnud etishga harakat qildi. “Isqtilol” haqida yangi qo'shiq kuylagan “SHod” guruhi ham tadbirni yanada qiziqarli o'tishini taminladi.
Tadbirning boshlaridayoq, “Istiqlol” rahbariyati yil davomida jamoa yutuqlari uchun mehnati singgan barcha futbolchi va jamoa shifokori, matbuot kotibi umumaman olganda, klubning har bir xodimini diplom bilan tabrikladi.
SHuningdek jamoani matbuotda yoritib borgan sport jurnalistlari ham beetibor qoldirilmadi va ularga ham diplom topshirildi.
SHu kuni sanatkor aktrisa Setora Farmonova ham marosimga tashrif buyurib, diltorlar musiqalari bilan yanada qizitdi.
“Istiqlol” klubi nomidan so'zga datslab vice-prezident SHohid Tillaboev chiqdi.
– Avvalambor assalomu alaykum, barcha uzoq yaqindan kelgan aziz mehmonlar. Sizlarni ushbu tadbirimizda ko'rib turganimizdan bag'oyat xursandman. Bu yil “Istiqlol” jamoasi tuzilganiga bir yil bo'ldi. Qolaversa ostonamizda yangi yil eshik qoqib turibdi. Jamoamiz bu yil debyut mavsumida yomon natija qayd etmadi. Har xolda ikki bosqichda ham ishtirok etdik. Nasib qilsa kelasi yilgi qayd etadigan o'rnimiz bundan ham yuqori bo'ladi degan umiddaman. Klubimiz uzoqni o'ylab tashkil etilgan. SHu bois o'zimizga yarasha rejalarimiz bor.
“Istiqlol” jamoasi tashkil etilganida klub o'z safiga taniqli aktyor Alisher Uzoqovni ham qo'shib olgandi. Katta futbolga biroz kechroq kirib kelgan Uzoqov ham so'zga chiqib hazilomuz gaplari bilan yig'ilganlarga xursandchilik ulashdi. – Yil boshida “Istiqlol” bilan shartnoma imzolab katta futbolga kirib kelganimda, ko'pchilik buni turli xil talqin qildi. Kimdir salbiy yana bazilar ijobiy qaradi. Bilasizlarmi men yoshligimdan kelajakda futbolchi bo'laman deb orzu qilganman. Millionlar o'yiniga doimo jiddiy qarayman. Niyatim amalga oshib, meni katta futbolga kirib kelishimda muhim o'rin tutgan “Istiqlol” jamoasi rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu yilgi mavsumda o'zimni ko'rsata oldimmi yoki yo'qmi bilmadim. (Kulib) Eng muhimi gol urishga erishdim. SHartnomam esa yarim yildan so'ng poyoniga etadi. SHundan so'ng erkin agent bo'laman. Etiborli bo'linglar, boshqa klublardan ham takliflar tushyapti, o'tib ketib qolishim mumkin.
Taniqli aktyor va futbolchining ushbu hazilomuz gaplaridan so'ng zalda biroz kulgu ko'tarildi.
“Istiqlol” jamoasi safida bu yil katta futbolga endigina qadam qo'ygan futbolchilar o'ynadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ularni o'z ortidan ergashtira olgan mahoratli futbolchi, jamoa sardori Nodir Qo'ziboev ham so'zga chiqib, jumladan shunday dedi: - Avvalambor hammangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Malumki jamoamiz bu yil birinchi ligada birinchi mavsumni o'tkazdi. SHunga qaramay yigitlar ahil bir oila bo'lib muvaffaqiyat qozonish yo'lida astoydil kurashdi. Kelajakda o'sishga erishadigan futbolchilar talaygina. Nasib qilsa kelasi yil bundanda yuqori o'rinlarni egallaymiz. Buning uchun jamoada hamma sharoitlar mavjud.
SHundan so'ng futbolchilar sahnaga taklif etilib, musiqa va raqslar tashkil etildi. Alisher Uzoqov ham diltortar qo'shiqlari bilan yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
SHu tariqa “Istiqlol”ning bir yoshga to'lganligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram kechasi o'z poyoniga etdi.
Islombek RUSTAMBEKOV.

Fikrlar