So’nggi yangiliklar

10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  0 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  4 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  7 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  7 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  25 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0 07:19Ўзбекистон кубоги. Бугун яна 2 та чорак финалчи аниқланади  1 02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  11 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  4 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  2 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  11 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3

Istefoga chiqarilgan murabbiylar, qarimas CHeran, “iltifotli” muxlislar - 4-tur nimasi bilan yodda qoldi? Yangiliklar

Istefoga chiqarilgan murabbiylar, qarimas CHeran, “iltifotli” muxlislar - 4-tur nimasi bilan yodda qoldi?

Kecha Coca Cola Superligasining 4-tur uchrashuvlari yakunlandi.

"Surxon" — "Buxoro"

Toshkent "propiskasi"da faoliyat olib borayotgan termizliklarning "Buxoro"ga qarshi o'yini ko'pchilikning diqqatini tortmagan bo'lsa-da, aslida qiziqarli lahzalarga boy bo'ldi. Birinchidan, uchrashuv davomida hakam cho'ntagidan ikki bor futbolchilarga kelgusi o'yinga hordiq taqdim etadigan kartochka chiqardi. Ikkinchidan, futbolchilar ikkinchi bo'lim so'ngida hakamning uch marta chaladigan hushtagini kutayotgan bir pallada Humoyun SHerbo'taev sher singari otilib vajohat bilan kuchli zarba yo'llab, barchani sergaklikka chorladi. Ushbu uchrashuvdan so'ng buxoroliklar ustozi Hakim Fuzaylov ishdan ketdi. Uning o'rnini esa Ulug'bek Bakaev egalladi.


"Neftchi" — OKMK

Turning markaziy uchrashuvi nomiga yarasha ruhda o'tdi. Dastlab burchak to'plari guldastasidan so'ng Boake tabloga masul xodimga ish topib bergan bo'lsa, birinchi bo'lim o'rtalarida Larin burchak to'plari amalga oshirilayotganda xavfli futbolchiga aylanishini yana bir bor isbotladi. Biroq OKMK bu natijaga qanoat qilmasligini bildirdi va yana oldinga tashlandi. Natijada Gadoevning pasidan so'ng Xurshid G'iyosov bosh bilan zarba yo'llab, raqib posbonini qovoqlarini uyushga majbur qildi. Tabiiki, g'alabali seriya qayd etib kelayotgan farg'onaliklarga bu hisob begona bahor edi. Javob qaytarganda ham To'xtasinov ajoyib ijro bilan tarozi pallalarini teng holatga keltirdi. SHu tariqa, mazkur uchrashuv tomosha qilishga arzigulik shiddat ila o'tgani bilan yodda qoldi.


"Navbahor" — "So'g'diyona"

Namangan klubining nafaqat futbolchilari, balki muxlislari ham hamisha aktiv holatda. "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ham katta ustunlik bilan g'alaba qozongan jamoadan ko'ra hakamning iftorlik qilishi uchun sharoit yaratib bergan muxlislar ko'proq yodda qoldi. Ikkinchi yodda qolarli jihat, "Navbahor" "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatni inobatga olmaganda, 4 uchrashuvning uchtasida yirik — 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchinchisi esa, mazkur bahsdan so'ng yana bir istefo yuz berdi — "So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarovga chiqish eshiklari ko'rsatildi.


"Qizilqum" — "Nasaf"

Mazkur uchrashuvda etiborni magnitga aylantiradigan darajada o'tmagan bo'lsa-da, bellashuv so'ngida "Qizilqum"ning "og'zidagi oshni oldirib qo'ygani" bilan yodda qoldi. Uzoq yillik noxush ananadan so'ng 3 ochkoga ega bo'lish arafasida turgan navoiyliklar oxirgi daqiqa raqibga "iltifot" ko'rsatib yubordi va 11 metrli nuqtadan gol qabul qilib oldi. Nima ham derdik, navoiyliklar mehmondo'st xalq, tashrif buyurgan mehmonni tushkun kayfiyatda jo'natib yuborishni istamaydi. “Nasaf” esa gol urish bobida maktabga uyga vazifasini tayyorlamasdan boradigan zumrasha singari harakat qilmoqda.


"Metallurg" — "Paxtakor"

Poytaxtliklarning sevimli raqiblaridan bo'lgan "Metallurg" ga qarshi bahs penaltilarga boyligi (uchrashuv davomida hakam uch marotaba 11 metrli nuqtaga ishora qildi) hamda qarimas CHeranning benefesi (serbiyalik hujumchi xet-trikka erishdi, shulardan ikkitasini penaltidan urdi) bilan yodda qoldi.


"Bunyodkor" — "Turon"

Million qiziqchilar jamoasi koncert dasturida maqtagan stadionda kechgan bahsda gol kuta-kuta ko'zlarimiz sakkiz bo'ldi. Uchrashuv davomida bir necha bor "Ura!" deya hayqirishimiz mumkin edi, ammo bunga yo "Bunyodkor" posboni, yoki ikkala jamoa himoyachilari, shuningdek, darvoza to'sini ham yo'l qo'ymadi.


"Olimpik" — "Andijon"

JAR stadioniga borgunga qadar ximchistka bo'lishga ulgurgan tomoshabinlar qarshisida "Olimpik" "Andijon"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Timur Kapadze shogirdlari o'z maydonidagi ikkinchi uchrashuvda ham ochko olish uyoqda tursin, gol urish nimaligini bilmayapti. SHuningdek, andijonlik muxlislar jonli ijroda tekin koncert qo'yib berishdi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика