Isroil Madrimov ishtirokidagi jang 6-raundda yakunlandi
01 mar 2020 06:05
Yangiliklar


Isroil Madrimov ishtirokidagi jang 6-raundda yakunlandi
Professional bokschimiz Isroil Madrimov AQSHning Texas shtatida navbatdagi jangini o'tkazdi.
Ushbu jangda hamyurtimizga venesuelalik CHarli Navarro raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. 6-raundda bokschimiz avvaliga raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Bir necha soniyadan so'ng kuchli zarba evaziga raqibini ringga qulatdi va nokautga uchratdi.
Qayd etish lozimki, ushbu jang WBA Eleminator maqomida edi. Endi Madrimov WBA Super yoki WBA Regular kamarlaridan biriga majburiy davogarga aylandi.
Endilikda Madrimovning prof boksda o'tkazgan janglari soni 5taga etdi. U janglarining barchasida nokaut evaziga raqiblarini mag'lub etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar