So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  7 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Isroil Ergashev, Ayubxon Gapparov va SHohjahon Abbosov “Xotira-79”da Yangiliklar

Isroil Ergashev, Ayubxon Gapparov va SHohjahon Abbosov “Xotira-79”da

Birinchi liga qatnashchisi davralar oralig'ida o'z safiga bir nechta o'yinchilarni qo'shib oldi.

Jamoa rasmiylarining aytishicha, birinchi bosqich davomida “Xotira-79” sharafini himoya qilgan Abdulaziz Sultonov, Abdurazzoq Jo'raev, G'ayrat Jo'raev va Botir To'raboev singari etakchi futbolchilar jamoa lagerini tark etgan. Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar haqida to'xtaladigan bo'lsak, o'z vaqtida “Olmaliq” sharafini himoya qilgan va birinchi bosqichni Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasida o'tkazgan iqtidorli futbolchi Isroil Ergashev va muxlislarga “Rubin”dagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo'lib ulgurgan Ayubxon Gapparov ayni damda uychilikla bilan birga ekanligini aytish lozim. Gapparov bungacha Qirg'iziston chempionatida faoliyat olib borayotgandi. Aftidan namanganlik futbolchi uyiga yaqin bo'lgan joyda o'ynashni istagan ko'rinadi. SHuningdek ulardan tashqari SHoxjahon Abbosovni ham “Xotira-79”ga o'tganini etirof etish lozim. “Mashal” futbol klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Abbosov endilikda Uychi jamoasi sharafini himoya qiladigan bo'ldi.

Darvoqe, yil boshida jamoa boshqaruv postiga kelgan Tohir Madrahimov istefoga chiqqan. Ayni damda Durbek Umaraliev o'ynovchi-murabbiy sifatida ishlamoqda. Aytish kerakki, Umaraliev yaqindagina “S” murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritdi. SHuningdek unga SHavkat Ahmedov yaqindan assisentlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика