So’nggi yangiliklar

13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  2 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  18 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  18 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13 07:20Суперлига. Захирадан тушган Жокичнинг голи "Нефтчи"га уч очко тақдим этди, "Насаф" эса Қашқадарё дербисида "Машъал"ни енгди  2 01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  7 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  20

Ispaniyaning so'zsiz madhiyasi - 260 yildan beri unga matn topa olishmayapti Yangiliklar

Ispaniyaning so'zsiz madhiyasi - 260 yildan beri unga matn topa olishmayapti

Nafaqat Ispaniya madhiyasi, balki Kosovo, Bosniya va Gercegovina hamda San-Marino madhiyalarida ham so'z yo'q.

Biroq ispanlarning holati eng qiziqarlisi. Sababi mamlakat uch asrdan buyon bir to'xtamga kela olmayapti.

Uch asrdan beri Ispaniya madhiyasi Prussiya qiroli tomonidan yozilgan degan afsonalar yuradi. 20 yil avval hukumat uni ijro etish uchun pul olgan

Ispaniya madhiyasi (rasmiy nomi — "Qirollik marshi") — Evropaning eng qadimgi madhiyalaridan biri. Uning ilk notalari 1971 yilda yozilgan. Taxminan o'shanda mashhur feyk (yolg'on xabar) tarqagan: go'yoki, Prussiya qiroli Fridrix II musiqani sevib tinglagan va o'zi kuylar bastalagan ekan. Bir kuni u qirol saroyida xizmat qiladigan ispan askariga o'z asarini sovg'a qiladi. Bu hikoya, hattoki, XX asr boshi ispan enciklopediyalariga ham etib bordi, ammo hozirda hamma joyda bu narsa rad etilmoqda.



Ispan madhiyasining musiqasini aynan kim bastalagani aniq emas, lekin tarixchilar bu Manuel de Espinoze deya taxmin qilishadi. U goboy cholg'usida ijro etuvchi musiqachi va qirollik cherkovining rahbari bo'lgan. Ehtimol, u 1770 yil rasmiy bayramlar uchun Karl III tomonidan tasdiqlangan Qirollik Marshini ixtiro qilgandir.

1997 yili Ispaniya qirolligi XX asr boshida Peres Kasas tomonidan ijro etilgan madhiyaning simfonik versiyasi huquqini sotib oldi. Hukumat mualliflik huquqi bo'yicha nizolarning oldini olish maqsadida Kasas oilasi hisobiga taxminan 800 ming evro o'tkazib berdi. Madhiya Madaniyat vazirligiga tegishli bo'ldi. SHu sabab, g'alati voqea sodir bo'ldi: mamlakat madhiyasini ijro etganlardan mualliflik badalini ola boshlashdi.

Musiqachilarning bundan jahli chiqardi, ammo badal to'lamaslik uchun madhiyani o'zgartirgan holda ijro eta boshladilar. Musiqachi va harbiy Fransisko Grau tomonidan yangi rasmiy versiya yozilgandan so'ng bu muammo hal etildi. Uni kuylash bepul edi, biroq madhiya chinakamiga jamoatchilik orasida ommalashmadi.



"Liverpul" madhiyasi Ispaniyani ham madhiyaga so'zlar topishga undadi, ammo u siyosatchilarga maqul kelmadi

Madhiyaning birinchi norasmiy matni XIX asr o'rtalarida paydo bo'ldi (madhiya 70 yildan buyon bor edi). Bu uncha uzun bo'lmagan to'rtlik va u quyidagicha yakunlanardi: "Tangrim, Qirolichani asra".

XX asrda ham madhiya uchun matn yozishga ko'plab urinishlar bo'ldi. Ulardan bazilari rasmiy ham bo'ldi.

20-yillar oxirlarida qirol Alfons XIII davrida rasmiy matn paydo bo'lgan, lekin uning original varianti yo'q bo'lib ketgan.

Diktator Primo de Rivera vaqtida esa jangovar madhiya yaratildi. U Fransisko Franko hukmronligi davri yakunigacha saqlanib qolgan. Yangi demokratik hukumat darhol uni bekor qildi va uning o'rniga boshqasini topa olmadi.

Ispaniyada haligacha madhiya matnlarini muhokama qilinadi. 2007 yil barchasi uzil-kesil hal bo'lishiga yaqin kelishgandi.

Hammasi Ispaniya olimpiya qo'mitasi raisi Alexandro Blankoning "Enfild"dagi tashrifi va "Liverpul" muxlislari "You’ll never walk alone"ni kuylashganidan juda tasirlanganidan boshlandi. U ispanlar sport musobaqalarida g'alaba qozonganida foydalanish uchun madhiya matniga milliy tanlov taklif qildi.

Avvallari "You’ll Never Walk Alone" urushda halok bo'lganlar xotirasiga bag'ishlab, kuylanardi. Keyin – myuzikl, Sinatra, Rey CHarlz. Hozir – u "Liverpul" madhiyasi.

Etti ming variant kelib tushdi, maxsus guruh ulardan bittasini tanlab oldi, ammo rasmiy elondan sal avval matn gazetaga chiqib ketdi. Siyosatchilar yana uni qizg'in muhokama qilishga tushib ketishdi. Misol uchun, matnning bir qismini keltiramiz:


"Birga kuylaymiz: turli ovozlar va bitta yurak ila".

"Mamlakatni musaffo osmon ostida qattiq qucha oladigan daraja sev".

"Demokratiya va tinchlikni taminlagan o'g'lonlarga shon-sharaflar bo'lsin".



Olimpiya qo'mitasi madhiyani tasdiqlatish uchun yarim million ovoz to'plashi kerak edi, biroq ular hattoki, yig'in o'tkazishdan ham bosh tortishdi. Qo'mitada madhiya matni bo'yicha juda ko'plab salbiy fikrlar borligiga guvoh bo'lishdi. Ularning asl maqsadi ixtilof keltirib chiqarish emas, balki ularni birlashtirish edi. Lekin hammasi ham rejadagidek bo'lmadi.

O'shanda Plasido Domingo yangi madhiyani birinchi bo'lib ijro etishi rejalashtirilgan edi, ammo u ham bekor qilinadi. Domingo bundan juda xafa bo'lgani, lekin xalq parlament bilan kelishib olishi va matn tasdiqlanishini kutayotganini aytgandi.

Biroq Ispaniya madhiyasining hali hamon matni yo'q...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика