So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Ispaniyalik “Galaktikos” Iker Kasilyas haqida Yangiliklar

Ispaniyalik “Galaktikos” Iker Kasilyas haqida

Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatiga nazar tashlashga qaror qildik.

Saytimiz o'quvchilari orasidagi "Real" muxlislari uchun Iker Kasilyasning futbolchilik faoliyatiga nazar tashladik. Kasilyasning haqidagi barcha malumotlarni sizlarga taqdim etmiz.


Iker Kasilyas Fernandes 1981 yili 20 may kuni Madrid shahrida dunyoga kelgan. Iker “Real” akademiyasiga 8 yoshdan qatnay boshlagan. Iker Kasilyas 1996 yili Ispaniya o'smirlar terma jamoasidan chaqiruv olgan. 1999 yili yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan “Meridian” kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritgan. SHu yili Nigeriyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasida jahon chempionatida Iker Kasilyas terma jamoa bilan bosh sovrinni qo'lga kiritgan. 1999/2000 yili Kasilyas “Real” tarkibida ilk bor debyut qildi. 

ECHL final bosqichida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan bodo Illgneraning o'rniga maydonga tushgan va jamoasi bilan ECHL musobaqasining bosh sovrinini qo'lga kiritishda yordam bergan. Iker Kasilyas tez orada sport formasini yo'qotib qo'ydi va “Real”ning asosiy tarkibidagi o'rnini Sanches Sesarga topshirib qo'ygan. SHunday bo'lsada 2001/2002 yilgi “Bayer”ga qarshi ECHL final bosqichida Iker asosiy tarkibdagi o'rnini qariya darvozabondan tortib olgan. Kasilyas ushbu o'yinda bir necha bor ajoyib seyvlarni amalga oshirib o'z darvozasidan bor yo'g'i bir marotaba gol o'tkazib yuborgan. SHunday bo'lsada ushbu o'yinda “Real” 2:1 hisobida “Bayer”dan ustun kelgan va ECHL final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan. 2002/2003 yilgi mavsumda Kasilyas birorta haroxat olmay asosiy tarkibda o'tkazgan va ECHL musobaqasida 15 uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsa, ichki chempionatda 38 o'yinda jamoasi sharafini himoya qilgan. SHunday qilib “Real” chempionlik nomini qaytarib olgan. 

2003/2004 yilgi mavsumda Iker bitta uchrashuvni o'tkazib yuborgan va “Real” Ispaniya kubogi finalida “Saragosa”ga 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan. 2010/2011 yilgi mavsumda Kasilyas jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. 2011/2012 yilgi mavsum ECHL musobaqasida “Real” yarim finalga qadar etib borgan. “Qirollik klubi”ning raqibi Myunxenning “Bavariya” klubi bo'lgan. Myunxenda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda “Real” raqiblariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan. Javob uchrashuvida “Real” raqiblarini asosiy vaqtda 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar etib borgan. O'shanda Krishtianu Ronaldu va Kaka penaltidan gol ura olmagan. SHunday bo'lsada Kasilyas 2ta 11 metrlik jarima jarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lgan va intrigani qaytargan. Xal qiluvchi 11 metrlik jarima to'pini Serxio Ramos aniq amalga oshira olmagan va “qaymoqranglilar” yarim finalda o'z yurishini to'xtatgan. 


SHunday bo'lsada “Real” Ispaniya chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan. 2012 yili 22 dekabr kuni Ispaniya chempionatining 17-turida “Malaga”ga qarshi uchrashuvda Joze Mourinoning qarori bilan Kasilyas birinmi marotaba uzoq muddatga zaxira futbolchisiga aylangan.


Ikerning o'rnini “Real”ning o'sha paytdagi ikkinchi darvozaboni Antonio Adan asosiy tarkibdan joy olgan. Ushbu o'yinda “Real” 2:3 hisobida “Malaga”ga mag'lub bo'lgan. Keyingi turda “Real Sosedad”ga qarshi bahsda ham Iker xazira o'rindig'idan joy olgan. Uchrashuvning 8-daqiqasida Adanning raqib futbolchisini qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun bosh hakam darvozabonga qizil kartochka ko'rsatgan va Kasilyas uning o'rniga maydonga tushgan. 23 yanvar kuni Ispaniya kubogida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda Kasilyas qo'lidan jarohat olgan. Tekshiruvlar natijasida Ikerning chap qo'lining kaft suyagi singani malum bo'lgan. Natijada Iker qo'lini operaciya qildirgan. SHundan so'ng, Kasilyas 12 haftaga safdan chiqqan. Bu haqida posbonni qo'lini operaciya qilgan shifokor Migel del Serro malum qilgan. Fevral oyining oxirida Iker tez orada safga qaytishini aytgan. 2015 yil iyul oyida Iker Kasilyas Portugaliyaning “Portu” klubiga erkin agent sifatida ko'chib o'tishi to'g'risida kelishuvga erishgani to'g'risida “Real”ning rasmiy sayti malum qilgan. 


SHAHSIY XAYOTI

2009 yil boshida Iker Kasilyas ispaniyalik sport teleboshlovchisi Sara Karbonero bilan uchrasha boshlagan. 2014 yili 3 yanvar kuni Madrid shahridagi tug'riqxonada Iker va Saraning to'ng'ich farzandi dunyoga kelgan. Juftlik farzandiga Martin deya nom berishgan. 2016 yil 2 iyun kuni Kasilyaslar oilasida yana bir bor o'g'il farzand dunyoga kelgan. CHaqaloqning ota-onasi unga Lukas ismini qo'yishgan. 

YUTUQLARI
Ispaniya chempionati (5): 2000/2001, 2002/2003, 2006/2007, 2007/2008, 2011/2012;
Ispaniya kubogi (2): 2010/2011, 2013/2014;
Ispaniya Superkubogi (4): 2001, 2003, 2008, 2012;
UEFA CHempionlar ligasi (3): 1999/2000, 2001/2002, 2013/2014;
UEFA Superkubogi(2): 2002, 2014;
Qitalararo kubogi (1): 2002;
Klublar o'rtasida jahon chempionati (1): 2014

TERMA JAMOADAGI YUTUQLARI
Jahon chempioni: 2010
Evropa chempioni (2): 2008, 2012
Yoshlar o'rtasida jahon chempioni (1): 1999;
Evropa chempioni(16 yoshgacha) (1): 1997;
Meridian Kubogi sohibi (1): 1999;
Konfederaciya kubogi bronza medali sohibi: 2009

FAOLIYATI
Yoshlikdagi faoliyati

1990—1998         “Real Madrid”
PROFESSIONAL FAOLIYATI
1998—1999        “Real Madrid C”          
1999                     “Real Madrid B”
1998—2015        “Real Madrid”  
2015—yil          “Portu”

TERMA JAMOADAGI FAOLIYATI
1996                     Ispaniya (15 yoshgacha)    
1996—1998        Ispaniya (16 yoshgacha)
1997—1999        Ispaniya (17 yoshgacha)
1999                     Ispaniya (18 yoshgacha)
1999                     Ispaniya (20 yoshgacha)    
1999—2000        Ispaniya (21 yoshgacha)    
2000—2016        Ispaniya MTJ

"Real" yulduzi Iker Kasilyas faoliyatiga nazar FOTO

Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика