So’nggi yangiliklar

06:34ЖЧ-2026 саралаши. БАА – Ўзбекистон 0:0, Орзулар ушалган ўйин  3 02:49Қозоғистон термаси матбуот котиби: "Ўзбекистонга кўчиб кетаман"  16 02:34Одил Ҳамробеков: "Бу билан тўхтаб қолишни истамаймиз"  3 02:16Равшан Эрматов: "Бу ғалаба ўз-ўзидан келиб қолмади"  12 01:55Миллатлар лигаси. 9та гол урилган ўйинда Испания Францияни қийинчилик билан мағлуб қилди ва финалга йўл олди   54 01:41Осиёда яна катта байрам: Иордания ўз тарихида илк бор ЖЧда иштирок этади  11 01:21ЖЧ-2026 саралаши. Бизнинг гуруҳдаги барча масала ҳал бўлди  16 01:13Тимур Кападзе: "Бу ғалаба ҳаммамизники"  12 00:59Сречко Катанец: “Мен жуда қисқа гапираман…”   41 00:46Аббосбек Файзуллаев: "Ҳиссиётларни тасвирлаб бера олмайман"  13 00:35Ўткир Юсупов: "Бугун ота-онамнинг дуосини олиб, дарвозам даҳлсизлигини сақлаб қолишни ният қилиб тушгандим"  16 00:13Жанни Инфантино Ўзбекистонни жаҳон чемпионати йўлланмаси билан табриклади  25 23:52Тимур Кападзе: "Биринчи навбатда муҳтарам Президентимиз ва халқимизни ғалаба билан табриклайман"  44 23:45ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистонининг тақдири сўнгги турга қолди  7 23:30Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев футболчиларни табриклади  41

Ispaniyaga gol urgan "Kozak" va himoya qo'rg'oni "Beto", ikki Behruz haqida Yangiliklar

Ispaniyaga gol urgan "Kozak" va himoya qo'rg'oni "Beto", ikki Behruz haqida

Hikoyam davom etadi. Kechagi ikki qahramonlar haqida yozganimda ayrimlar nima uchun maqtanyapsan dedi.

Bu maqtanishmas, shogirdlarning muvaffaqiyatidan to'lqinlanish. Siz ham o'z sohangiz bo'yicha shogird tayyorlang va u o'z sohasining jahon chempionatida ishtirok etsin, o'shanda bilasiz buning "kayfi"ni. 


Indoneziyaning issig'ida ikki Behruz tomoqni xo'llab olyapti

Ispaniyaga birinchi gol urgan SHukurullaev Behruz ilk marotaba "Paxtakor"ning Qibraydagi bazasida Ravshan degan ustozi qo'liga keladi. O'zi baza oldida yashaydi. U mashg'ulotlarda o'sha paytlar "Paxtakor"da nom chiqarishga ulgurgan Vladimir Kozakning futbolkasida yurganiga, hamma uni Kozak deb chaqira boshlagan. 2018 yil Koshelev bilan u ham "Odil Ahmedov FA"ga keladi. Lekin ko'p o'tmay yana "Paxtakor"ga qaytishni maqul ko'rdi. Lekin bari bir o'z taqdirini biz bilan bog'lashga axd qildi. Ayniqsa "Rux" jamoasiga safar oldidan katta ajiotaj bo'lgandi. Lvov shahrida "Manchester Siti" loyihasi bo'lgan "City Group" kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod qilingan yangicha ko'rinishdagi akademiyaga bugun ancha o'zini tutib olgan "Football Group" agentligi vakili Gayrat Xasbiulin tomonidan selekciya o'yini tashkil qilingandi. Bu haqda xabar topgan Behruz SHukurullaev yana jamoamizga qiziqdi va shundan keyin faoliyatini "Odil Ahmedov FA"da davom ettirdi. Bu borada ularni jamoamizga olib kelgan Alisher SHernazarovni ham alohida aytib o'tishim kerak.



"Ispaniyaga gol urgan kunimni unutmasam kerak. Bu o'yindagi ochko bizni guruhdan olib chiqardi. Bu erda kim gol urishi emas, jamoaga kerakli ochkoni olish muhim edi. Bu vazifani uddalaganimizdan xursand bo'ldim. Oila azolarimni mahalla oldida uyaltirmadim. Buning uchun meni shu darajaga etishimda mehnat qilgan barchaga rahmat aytaman", deya gapni qisqa qildi kamtar Behruz.


Beto - Behruz Jumatov. Otasining ishi tufayli Moskvada tavallud topgan, chaqaloqli paytida Toshkentga qaytgan bolakay faoliyatini to'qimachilar stadionida o'sha payt ochilgan "Istiqlol" futbol maktabida, bugun "CHig'atoy" klubida ishlayotgan Ahror va Farhod kabi murabbiylar qo'l ostida boshlab, keyin "Bunyodkor"ga o'tadi. "Bunyodkor"da ham 2018 yillar ish orqaga keta boshlaydi, yani akademiyasida. Natijada juda ko'p 2006 va 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar boshqa jamoalarga o'ta boshlaydilar. Kimlardir "Odil Ahmedov FA"ga, kimlar o'sha payt ochilgan "CHig'atoy"ga. Behruz CHig'atoy tomon yurdi. 2020 yil "Rux" targ'iboti bu safar ham o'z ishini aytdi. Jumatov bilan Odilni shahsan o'zi "CHig'atoy" rahbariyati bilan muzokara o'tkazdi va u omadli yakuniga etdi. Terma jamoada uni siz o'ng qanot himoyachisi sifatida ko'rdingiz. Lekin aslida u Ramos kabi o'yin namoyish eta oladigan markaziy himoyachi. Kanada bilan o'yindan boshlab u o'z nuqtasida o'ynay boshladi va uning sifatini ko'rdingiz.



"Jahon chempionati bizning yoshdagi eng yuksak musobaqa. Buni bu erga kelib yana bir bor amin bo'ldik. Raqiblarimiz safida Ispaniya va Angliyaning kuchli akademiyalarida tarbiya topgan futbolchilar borligini bilasiz. Lekin biz uchun bu bosim bo'la olmadi. JCHga etib kelguncha juda ko'p o'yinlarda qatnashib, musobaqaga yaxshi tayyorlana olgandik. Bu borada O'zbekiston futbol associaciyasiga jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman", - deydi Jumatov Behruz.


- Ispaniya va Angliya terma jamoalari haqida nima degan bo'larding?

- Aslini olganda hamma jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. O'yindan avval ular favorit rolida bo'lganliklari ham sir emas. Lekin O'zbekiston ham bu erga shunchaki aylanib ketmaganligini isbotlashimiz kerak edi. Kanada bilan o'yindan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch qaytgandi. Futbolda shunday, kim kam xato qilsa o'sha yutadi. Endigi bor etiborimiz Franciyaga qaratiladi. Murabbiylarimiz bu jamoani sinchkovlik bilan o'rganishyapti.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика