Ispaniyadan kyetib to'g'ri qilgan etti futbolchi...

Aziz Tukhtamuradov
19 dek 2014, 13:24
Kimnidir istedodi qadrlanmagan, kimdir esa vaziyatni o'zgartirishga qaror qilgan. Ispaniya La-Ligasidan boshqa mamlakat chempionatiga ko'chib o'tgan va katta muvaffaqiyatlarga erishgan futbolchilar haqida so'z yuritamiz.
Esteban Kambyasso

2004 yilning yozida "Real"dan "Inter"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tgan.

U "Inter" safiga o'tib futbolchi bir klub safida orzu qilishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni yutib chiqdi.


Valter Samuel

2005 yilning yozida 16 million evro evaziga "Real"dan "Inter"ga o'tgan.


U "Inter" safida Lusio bilan Yevropadagi eng kuchli himoya qo'rg'onini tashkil etgan. Milanliklar safida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritdi.

Aren Robben


2009 yilning yozida "Real"dan "Bavariya"ga o'tgan. Myunxenliklar dunyoning ayni paytdagi eng kuchli futbolchilaridan biriga 25 million evro to'laganlar.


Aynan Myunxenda futbolchi o'zining nimalarga qodir ekanligini namoyon eta oldi. Besh yillik faoliyat davomida uchta YCHL finali, Bundesligadagi uch yillik chempionlik va 100 dan ortiq gollar egasiga aylandi.


Uesli Sneyder

2009 yilning yozida "Real"dan "Inter"ga 15 million evro evaziga transfer qilingan.


O'sha yili Florentino Peres Robben va Sneyderni jamoadan qo'yib yuborib katta xato qilgan. Uesli ham "Inter"ning muvaffaqiyatlariga katta hissasini qo'shgan.


Yaya Ture

2010 yilning yozida "Barselona"dan "Manchester Siti"ga 24 million evro evaziga ko'chib o'tgan.


"Siti"ning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga sababchi bo'lgan futbolchilardan biri.


David Silva

2010 yilning yozida "Valensiya"dan "Manchester Siti"ga o'tgan. "Shaharliklar" futbolchi uchun 28,5 million evro to'laganlar.


Uning gollari va golli uzatmalari 2011/12 yilgi mavsumda "Siti"ga tarixiy chempionlikni olib kelgan.


Serxio Aguero

2011 yilning yozida "Atletiko"dan "Siti"ga 38 million evro evaziga o'tgan.


U "Siti" tarkibiga borib klubning haqiqiy yetakchilaridan biriga aylana oldi. Agar shu ketish bo'lsa u Messi va Ronaldu gegemoniyasiga chek qo'ya olishi mumkin.

sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia