Ispaniyada "Real" bilan bog'liq irqiy mojaro avj oldi
27 sen 2024 14:53
Yangiliklar
Ispaniyada "Real" bilan bog'liq irqiy mojaro avj oldi
"Atletiko" muxlislari Vinisius Juniorni irqiy asosda haqorat qilish uchun "Real"ga qarshi bo'lajak derbiga niqob kiyishga chaqirishmoqda.
Madrid Ultras ijtimoiy tarmoqlarda #MetropolitanoConMascarilla ("Metropolitano"da niqobda) xeshtegi bilan kampaniya boshladi va muxlislarni 29 sentyabr kuni bo'ladigan o'yinga niqob taqib kelishga chaqirdi. Xabarlarda aytilishicha, niqoblar yuzlarni yashirishga yordam beradi va bu "Real" vingeri Vinisiusga nisbatan irqchilik haqoratlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.

Ushbu xeshtegli postlardan birida "Atletiko" libosidagi ikki erkak "Real" atributlari tushirilgan maymunlar surati yonidagi stolda o'tirgani ko'rsatilgan. Bu holat jiddiy tashvish uyg'otadi va rezonans keltirib chiqaruvchi janjalga aylanib ketishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar