Ispaniya termasining sobiq ustozi "Granada" bosh murabbiyiga aylandi
18 iyu 2021 23:15
Yangiliklar
Ispaniya termasining sobiq ustozi "Granada" bosh murabbiyiga aylandi
"Granada" o'z rasmiy saytida Robert Morenoning bosh murabbiy bo'lganini malum qildi.
43 yoshli mutaxassis Diego Martinesning o'rnida ishlaydi. "Granada" yangi bosh murabbiy bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Moreno "Monako" hamda Ispaniya termasidagi faoliyati bilan barchaga tanish. Unga qadar mutaxassis Luis Enrikening yordamchisi sifatida ishlagan.
O'tgan mavsumda "Granada" LaLiga turnir jadvalining 9-pog'onasida bo'lgan.
Fikrlar