Moreno 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng iste'foga chiqarilganidan xafa

Alisher
19 noya 2019, 16:28
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Moreno jamoada bundan buyog'iga ishlamasligini Evro-2020 saralashi doirasidagi Ruminiya (5:0)ga qarshi uchrashuvdan so'ng echinish xonasida bildi.

Bu voqea +o'yin tugagandan so'ng jamoa echinish xonasida sodir bo'lgan. 42 yoshli mutaxassis bu xabardan ranjigan va matbuot anjumaniga kirmagan.

Shundan so'ng u o'yinchilar bilan xayrlashgan va stadionni tark etgan.

Moreno Ispaniya terma jamoasini iyun oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. Mutaxassis Luis Enrikening qizi vafot etganidan so'ng terma jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca