Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar mavsum so'nggida faoliyatini yakunlaydi
13 noy 2019 14:07
Yangiliklar


Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar mavsum so'nggida faoliyatini yakunlaydi
"Vissel Kobe" hujumchisi David Vilya Yaponiyada mavsum yakunlanganidan so'ng futbolchilik faoliyatini yakunlashini elon qildi.
"19 yillik professional faoliyatimdan so'ng faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Mavsum yakunlangandan so'ng ortiq professional darajada futbol o'ynamayman.
Vilya futbolchilik faoliyati davomida "Vissel Kobe"dan tashqari "Sporting" (Xixon), "Real Saragosa", "Valensiya", "Barselona", "Atletiko", "Nyu-York Siti" va "Melburn Siti" jamoalarida o'ynagan.
Vilya milliy jamoa safida 98ta o'yinda maydonga tushib, 59ta gol urgan holda Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar