Ispaniya Superkubogi finalida Messi maydonga tushadimi?
17 jan 2021 09:58
Yangiliklar


Ispaniya Superkubogi finalida Messi maydonga tushadimi?
Bugun 17 yanvar kuni Ispaniya superkubogi finalida “Barselona” “Atletik”ka qarshi bahs olib boradi.
Ushbu bellashuvda ko'k-anorranglilar hujumchisi Lionel Messining maydonga tushishi hozircha so'roq ostida.
“Messining maydonga tushishi nomalum. Agar bu final o'yini bo'lmaganida, Messi 100 foiz maydonga tushmasligi aniq edi”, dedi klub xodimlaridan biri AS nashri vakili bilan bo'lgan suhbatda.
Futbolchining o'zi ham ushbu muhim matchda qatnashish niyatida.
Argentinaliya futbolchi ayni paytda tiklanish bilan bad. U shanba kuni umumiy guruhda mashg'ulotlarda qatnasha boshladi va final bellashuvida maydonga tushish ehtimoli yo'q emas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar