Ispaniya sport vaziri: "Messining shartnomasidagi raqamlar hayratda qoldirmoqda"
06 fev 2021 13:00
Yangiliklar


Ispaniya sport vaziri: "Messining shartnomasidagi raqamlar hayratda qoldirmoqda"
Ispaniya sport vaziri Xose Uribes "Barselona"ning argentinalik forvardi Lionel Messining shartnomasi haqida gapirdi.
"Messining kelishuv bitimi - qandaydir aqlbovar qilmas raqamlar. Ular hayratda qoldirmoqda. Ayni damda hamma koronavirusdan jabr ko'rayotgan bir paytda, ular faqatgina sarosimani yuzaga keltiradi.
Maoshlarni cheklash? Bu savol menga bog'liq emas", - deydi rahbar.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli hujumchining "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Takidlash kerakki, Messi va ispan klubi o'rtasidagi bitim sport tarixidagi eng qimmatlaridan biri deya etirof etilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar