So’nggi yangiliklar

15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  0 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  11 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  8 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  7 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1

Ispaniya. Quyi ligada nima gap? Yangiliklar

Ispaniya. Quyi ligada nima gap?

Kecha Angliya quyi ligasi haqida malumot bergandik. Navbat Ispaniya birinchi divizioniga etib keldi.

Ispaniya Segundasi deb nomlanuvchi ligada 22ta klub Ispaniya primerosiga chiqish uchun kurash olib boradi. Dastlabki ikki o'rinni olgan klublar to'g'ridan to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lishadi. Keyingi o'rinlarni olgan 4ta klub o'zaro pley-off orqali bitta yo'llanma uchun kurash olib borishadi.

Oxirgi 4ta o'rinni band etgan klublar esa uchinchi divizionga tushib ketadi.



Ayni paytga kelib 10ta tur ortda qoldi. 110ta o'yinda jamoalar jami 269ta gol urishdi. O'rtacha har bir o'yinga 2,45tadan gol to'g'ri keladi.

Ayni paytda 20 ochko to'plagan "Osasuna" klubi peshqadam bo'lib turibdi. Ushbu jamoani 59 yoshli Enrike Martin boshqarib bormoqda. "Osasuna" 2000-2014 yillarda Ispaniya primerosida ishtirok etgan. 2005 yilgi mavsumda Ispaniya kubogi finalida o'ynagan, 2006 yilda esa Ispaniya chempionatida to'rtinchi o'rinni olgandi.

Ikkinchi o'rinni 19 ochko bilan "Kordoba" klubi egallab turibdi. Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng o'tgan mavsumda Ispaniya primerosiga chiqqan "Kordoba" birinchi yildayoq yana segundaga tushib ketgandi. Xose Luis Oltra boshchiligidagi jamoa bu mavsumda yana oliy divizionga chiqish uchun kurashmoqda.

Keyingi o'rinlarni 16 ochko olgan "Alkorkon", "Saragosa", "Alaves" va "Ximnastik" kabi klublar egallab turishibdi.

So'nggi to'rtta o'rinda "Tenerife", "Llyagostera", "Atletik B", "Almeriya" kabi klublar joylashishgan.



10ta turda 8ta gol urgan "Alkorkon" hujumchisi David Rodrigez hozircha to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda. U o'tgan mavsum 20ta gol urishga erishgandi va bu borada to'rtinchi bo'lgandi.  

Undan bitta kam gol urgan "Ponferradina"ning braziliyalik hujumchisi Yuri Fonseka ikkinchi o'rinda bormoqda. "Osasuna" yarim himoyachisi Roberto Torres Morales 6ta gol urdi.



Sentyabr oyida segundada "Osasuna" ustozi Enrike Martin eng yaxshi murabbiy deb topildi. "Elche" hujumchisi Serxio Leon eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi.







Hozirgacha eng ko'p tomoshabin "Saragosa" - "Osasuna" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdi. 20 sentyabr kungi uchrashuvni tomosha qilish uchun 18649 tomoshabin keldi. Eng kam tomoshabin "Llyagostera" - "Alaves" o'yiniga keldi - 1115. 



Narzulla Saydullaev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика