So’nggi yangiliklar

00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  11 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2

Ispaniya madhiyasida so'zlar yo'q. Uni yozishga urinishgan, ammo ular mamlakatni birlashtira olishmagan Yangiliklar

Ispaniya madhiyasida so'zlar yo'q. Uni yozishga urinishgan, ammo ular mamlakatni birlashtira olishmagan

Qiyin tarixning 250 yili.

Biz JCH o'yinlari oldidan madhiya tantanali ijro etilishiga o'rganib qolganmiz: jamoalar bir ovozdan kuylashadi, tribunalar ko'z yoshlarini artgan holda madhiyani aytishadi. Ammo, bazilarning madhiyasida umuman so'z yo'q. Masalan, San-Marino, Bosniya va Gercegovina va... Ispaniya. Etibor berganmisiz?



Nega bunday bo'ldi? Ispanlar madhiya uchun so'zlar o'ylab topishga harakat qilishganmi? Buni ko'rib chiqamiz.

Ispaniya madhiyasining ilk versiyasi bundan 250 yildan ko'proq vaqt oldin paydo bo'lgan. U 1761 yilda "Ispan piyodalarining harbiy harakatlari to'g'risidagi farmonlar kitobi"da "Grenaderlar marshi" nomida qayd etilgan. U mana bunday yangragan.




Ispanlar asta-sekin marshni qirolcha deb atashni boshladilar, chunki u qirol, qirolicha yoki Asturiya shahzodasi (Ispaniyada taxt vorisining 1969 yilgacha bo'lgan rasmiy unvoni) ishtirokidagi tadbirlarda ijro etilgan.

Madhiya tantanali eshitilishi uchun unga so'zlarni qo'shishni xohlashdi. Hatto general Xuan Prim 1870 yilda konkurs ham o'tkazdi. Ammo, hech kim "Grenaderlar marshi"dan yaxshisini taklif qilmadi.


Madhiya tarixi: Frankoning tasiri va mualliflik huquqi uchun hukumat to'lovi

Madhiya baribir o'zgardi.

Kompozitor Bartolome Kasas Peres 1908 yilda uni biroz o'zgartirib, qaytadan yozdi, ammo versiya uzoq saqlanib turmadi. "Grenaderlar marshi" Ikkinchi Ispaniya Respublikasi (1931-1939) davrida o'zining rasmiy statusini yo'qotdi – uning o'rniga "Riego madhiyasi" ishlatildi. Unda hatto so'zlar ham bor!




Ammo, Fransisko Franko 1937 yilning 27 fevralida "Grenaderlar marshi"ni nazorat ostidagi hududlarga qaytarish to'g'risidagi farmonni imzoladi, "Riego madhiyasi" esa Ispaniyaning qolgan hududlarida qoldi. Fuqarolar urushi yakunlanganidan so'ng "Grenaderlar marshi" butun Ispaniyaga qaytdi.




Ispanlar 1997 yilda madhiya versiyasini belgilab qo'yishdi. Qirollik 1908 yilgi simfonik versiyaning huquqlarini sotib oldi (bastakorning oilasi mualliflik huquqi uchun deyarli 800 ming evro olgan). Madhiya Madaniyat vazirligiga tegishli bo'la boshladi va shu sababli hayratlanarli voqea yuz berdi: mamlakat madhiyani ijro etganlardan mualliflik yig'imini undirdi.

Musiqachilar bundan g'azablanishdi, lekin ular to'lovni to'lamaslik uchun o'zgartirilgan madhiyani ijro etishlari kerak edi. Muammo musiqachi va harbiy Fransisko Grau tomonidan yangi rasmiy versiya yozilganda hal bo'ldi. Uni bepul ijro etish mumkin edi.




Ispaniya madhiyasida so'zlar bor edi, ammo siyosatchilar uni qayta yozishdi yoki bekor qilishdi


Vaqti-vaqti bilan odamlar "Grenaderlar marshi"ga so'zlarni yozishga harakat qilishdi. Ularning birinchisi 1843 yilda asli kelib chiqishi argentinalik bo'lgan ispan dramaturgi Ventura de la Vega bo'ldi, ammo uni qo'llab-quvvatlashmadi. Boshqalarda ham o'xshamadi.

Bir marta qirol Alfonso XIII  buyrug'i bilan Ispan tili Qirollik akademiyasi xodimi Eduardo Markina o'zining so'zlar versiyasini yozgan. Ammo, u 1923 yilda qoralamada qolib ketdi.

Ammo, Alfonso XIII taslim bo'lmadi. Hukumat raisi buyrug'i bilan 1928 yilda dramaturg va jurnalist Xose Mariya Peman boshqa matn yozdi.

Frankoning Fuqarolar urushidagi g'alabasidan so'ng Pemanning matni tahrirlandi. Ikkita farq yuzaga keldi: "Alzad la frente" so'zi ("qoshlaringizni ko'taring") so'zi "Alzad los brazos" ("qo'llaringizni ko'taring")ga o'zgartirildi – bunday havola Rim fashistik salomiga ishora edi, "los yunques y las ruedas" ("dastgohlar va g'ildiraklar") iborasi "los yugos y las flechas" ("bo'yinturuq va o'qlar" – frankoizm belgilarining elementlari)ga o'zgartirildi.


VIDEO  JCH-2022. Ispaniya – Kosta Rika 7:0


Keyinroq Peman Franko rejimi ostida rasmiy shoir bo'ldi, ammo u ham oilasi kabi doim madhiya matnini o'zgartirishga aloqadorligini rad etishardi. Xose Mariya Peman so'zlari bilan yangragan musiqa Franko hukmronligining barcha davrida (1936-1975) ishlatilgan.

Madhiyaga o'zgartirish Frankoning o'limidan so'ng hukumatga kelgan qirol Xuan Karlos I bilan bog'liq edi. U 1978 yilda bastakor Fransisko Grauga madhiyaning yangi aranjirovkasini yozishni buyurdi va yana matnni olib tashladi. SHundan so'ng so'zlar ortiq paydo bo'lmadi, madhiyaning nomi esa o'zgardi va "Qirollik marshi" deb ataladigan bo'ldi.

Bazida kontekstni bilmaslik holatlari ro'y beradi. Xo'sh, 2015 yilda Indoneziyada o'tgan badminton bo'yicha Jahon chempionati finalidan so'ng (ispan Karolina Marin oltin medalni yutgan) ananaviy "Qirollik marshi"ning o'rniga Frankoizm davridagi Ispaniya madhiyasi qo'yildi. Marin butun madhiya paytida biroz tabassum va hayrat bilan turdi.




Madhiyaga so'z qo'shishga urinishlar hali ham bor. Buni hatto bir marta Ispaniya Olimpiya qo'mitasi ham qilgan:  2007 yilda qo'mita raisi Alexandro Blanko "Enfild"ga tashrif buyurib, "You'll never walk alone" qo'shig'ini eshitadi va konkurs tashkil etishni xohlaydi. Unda ispaniyalik librettist Paulino Kuberoning talqini g'olib bo'ladi.

Ammo, rasmiy taqdimotdan o'n kun oldin madhiya matni gazetaga sizib chiqadi – va millatchilik ohanglari tufayli janjal ko'tariladi. Olimpiya qo'mitasi madhiyani tasdiqlash uchun yarim million imzo to'plashi kerak edi, ammo u hatto ularni yig'ishdan ham bosh tortadi.

SHunaqa gaplar – har doim urinish bor. Ammo, hech kim barchasini birlashtiruvchi matnni topa olmayapti.


"Qizil furiya" Qatarda o'tayotgan Jahon chempionatini shunchaki "dahshatli" boshladi. G'oliblik uchun asosiy davogarlardan birining o'yinlaridan bahra olishda davom etamiz! 


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика