So’nggi yangiliklar

17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  2 17:05ПРО-Лига. "Бухоро" - "Машъал" 0:1  0 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  2 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  3 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  9 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57ПСЖ Мбаппега "Реал"дан ўринбосар топди  2 13:35Нидерландия терма жамоаси футзалчиси: "Ўзбекистон ва Нидерландиянинг даражаси деярли тенг"  0 13:05"Ал Ҳилол" "Барселона" вингери учун 100 млн евро таклиф қилган  4 12:45"Милан" ярим ҳимоячиси камида уч ойга сафдан чиқди  0 12:18Саудия Арабистонига бормаган Серхио Рамос фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин  1 12:00Ўзбекистон футзал терма жамоаси испаниялик мураббий қўл остида жаҳон чемпионатига қандай тайёргарлик кўрди?  1 11:15"Реал" сотилган абонементлар бўйича етакчи, "Барселона" эса...  3 10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  5

Ispaniya Kubogi. "Real" musobaqani erta tark etdi Yangiliklar

Ispaniya Kubogi. "Real" musobaqani erta tark etdi

Ispaniya kubogi doirasidagi "Real" - "Atletiko" uchrashuvinining javob bahsida durang natijasi qayd etildi va ikki o'yin natijasiga ko'ra, "Atletiko" jamoasi "Real"ni (4:2) hisobida dog'da qoldirdi.

Ispaniya Kubogi, 1/8 final.

Javob o'yini.

"Real" - "Atletiko" 2:2

"Santyago Bernabeu".

Gollar: Torres (1, 46), Ramos (20), Ronaldo (54)

"Real": Keylor Navas, Pepe (Varan, 59), Ramos, Ronaldo, Kroos, Benzema, Xames (Xese, 72), Beyl, Marselo, Karvaxal, Isko.

"Atletiko": Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Mario Suarez, Tiago, Koke, Raul Garsiya, Grizmann (Gabi, 73), Torres (Turan, 58).

Ogohlantirishlar: Raul Garsiya (28), Tiago (49), Godin (53), Ramos (56), Marselo (83), Karvaxal (86), Isko (90)

Dastlabki uchrashuv: ("Atletiko" - "Real" 2:0)



                                 MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH


- "Real" - "Atletiko" uchrashuvidan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- O'YIN TUGADI!


90` Jarima zarbasi. To'p oldida Ronaldo! Zarbaaaa va to'p "qo'shni"nikiga o'tib ketdi. Hakam o'yinni yakunlasa ham bo'laverardi...


90` Qo'shimcha daqiqalar o'tib bormoqda. Isko darvoza tomon zarba berdi. To'p shundoq Oblakning qo'liga borib tushdi.


90` Bosh hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


90` Ogohlantirish. Isko.


88` Karvaxal qo'pol o'ynadi. Sariq kartochka.


87` "Real" etiborini himoyaga qaratishga majbur. "Atletiko" hujum tashkil etish bilan ovora.


85` To'p nazorati Diego Simeone jamoasi tarafiga o'tgan.


83` "Real" himoyachisi Marselo raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.


81` O'zgarish. "Atletiko"ning so'nggi futbolchi almashtirishi. Raul Garsiya o'rniga Ximenez tushdi.


80` "Real" chorasiz qolmoqda. "Atletiko" himoyasi hozircha ishonchli o'ynamoqda.


"Real"ni har ikkala taym boshida "ranjitgan" bolakay - Torres


76` Xese o'z faolligini ishga solib jamoasi hujumini boshlamoqchi bo'ldi. Lekin raqib himoyachilari ishonchli harakat qilishdi.


74` "Atletiko" hujumchilarsiz o'ynamoqchi...


73` O'zgarish. "Atletiko"ning har ikkala golida assistentlik vazifasini amalga oshirgan Grizmann o'rniga Gabi maydonga tushirildi.


72` O'zgarish. "Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigez o'z o'rnini Xese Rodrigezga bo'shatib berdi.


71` Mehmonlar ancha erkin o'ynashmoqda.


70` "Real" chorak final chiptasini qo'lga kirita olmasligini tushunib etmoqda shekilli. "Atletiko"ga nisbatan yuqori bosim o'tkazilmayapti.


68` "Atletiko" jarima maydonchasi ichida sarosima! Benzema yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'llayman deb osmonga tepib yubordi. Bu yangilik emas...


67` Malumot #2! Roberto Pereyra "Yuventus"ning ikkinchi to'pini kiritdi.


66` "Real" yaxshi hujumni tashkil etdi. Marselo, Isko Beyl ishtirok etgan hujumda Oblak ham o'zini yaxshi taraflama ko'rsatdi va uelslik futbolchining bosh bilan tergan zarbasini ushlab oldi.


65` Burchak to'pidan so'ng Diego Godin boshi bilan zarba bergandi. Noaniq.


64` Ajoyib zarba! Grizmann! Bu safar Navas qutqardi!


63` "Atletiko" jarima zarbasi ishlab oldi. Xavfli nuqta!


60` Malumot: "Yuventus" "Verona" darvozasiga gol kiritdi. Jovinko to'p muallifi.


59` O'zgarish. Pepe uchrashuvni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Varan harakat qiladi.


58` O'zgarish. "Atletiko" futbolchisi Torres maydonni tark etdi. Uning o'rniga Arda Turan tushdi. Haqiqiy kurashchi maydonga chiqarildi. Byog'i qiziq bo'ladi...


57` Pepa raqibi bilan to'qnashib ketdi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.


56` "Atletiko" hujumga o'tmoqda. Mehmonlar raqib himoyasidagi kamchilik va bo'shliqlardan unumli foydalanib qolishmoqchi...


55` Garet Beyldan shedevr pas va Ronaldo uch metrdan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 2:2!


54` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO!!!!! RONALDO!!!!


54` "Atletiko" posboni qiyin bo'lgan vaziyatda to'pni qaytardi.


53` "Real"ga nima kerak? "Real"ga yana to'rtta gol kerak!


52` "Atletiko" burchak to'pini amalga oshirdi. Bu safar mezbonlar har qalay yaxshi himoyalanishdi.


51` "Atletiko" bugungi o'yindagi o'zining uchinchi golini kiritishga yaqin kelgandi. Fernando Torres juda faol va aniq o'ynamoqda. Bu safar u to'pni Grizmannga qoldirgandi, biroq franciyalik futbolchining tepgan to'pi himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.


50` Ramos o'z poziciyasini o'zgartirgani maqul. Bu ikki tomonlama foydali. Himoyadagi uning harakatlari (bugun) nolga teng. Hujumda esa Ronaldodan ikki barobar samarali o'ynamoqda.


49` Qolgan daqiqalar shunchaki rasmiyatchilik uchun...


48` Masala hal! Eng qizig'i, yana o'sha Grizmann va Torresning ilk daqiqalardanoq qilgan yurishi samara bermoqda! Grizmanndan to'pni qabul qilib olgan Torres Keylor Navasni oyoqlari orasidan to'pni darvozaga "tiqib" qo'ydi!



47` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  TORRES!!!!!!!!!! O'sha gap! Ha, o'sha gap! O'sha gol, ha xuddi o'zi! Fernando Torres!


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Qo'shib berilgan daqiqalarda kutilmaganda mehmonlar hujum qilishmoqda. Torresning uzoqdan tepgan zarbasi kuchsiz va noaniq.


45` Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi...


45` Takroriy lavhani ko'rdik. Miranda bu vaziyatda qo'lini olgan ekan va bu erda penalti haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Ronaldo, hakamni aldash yaxshimas. Penalti tepish yaxshi, bilamiz...


44` Marselodan zarba! Oblak!


44` Uhhhh! Ronaldo to'pni darvozaga tepdi, to'p esa yo'l-yo'lakay raqib himoyachisini qo'liga tegdi deb o'yladi Ronaldo. Hakam esa qo'shilmadi. Takroriy lavhani ko'rmadik. Bu vaziyatda bir nima deyish qiyin.


43` "Atletiko"ning burchakan amalga oshirgan zarbasi xavfli chiqmadi. "Real" futbolchilari to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishdi.


42` "Atletiko" hujumga o'tdi. Ha, ular hujum degan so'zni eslaridan chiqarib yuborishmagan ekan.


40` Karim Benzemaning bugun ham ishlari u qadar yurishmayapti.


39` Karim Benzema ancha asabiy. Franciyalik futbolchi Godin bilan to'qnashib ketdi.


37` Marselo-Beyl-Benzema... Bu "uchlik"ning o'ylagan rejasi ish bermadi.


36` Ha aytgancha, Fernando Torres gol urilgan vaziyat va Ronaldoga qarshi ishlatilgan qo'pollikdan so'ng ko'rinmay qoldi...


35` "Real" vaziyatlar yaratishga harakat qilmoqda. Etarlicha imkoniyatlar ham bo'lmoqda. Ammo Ronaldo va Benzemalarning biroz no'noqligi pand bermoqda. Ramosni hujumga qo'yish kerakdir balki, Karlo tog'a?


33` Oblak biroz engil nafas olishi mumkin. "Atletiko" to'pni o'z nazoratiga olishga urinmoqda.


31` "Atletiko" darvozasi oldida vaziyat yuzaga keldi. Ammo Garet Beyl ham, Ronaldo ham to'pga zarba berishga ulgurishmadi.


30` "Real"ning pozicion hujumlari davom etmoqda. "Atletiko" himoyalanishdan charchamayapti.


28` Raul Garsiya ogohlantirildi.


26` Isko! Bu futbolchi hozircha maydon egalari tarkibidagi eng faol futbolchilardan biri. Uning navbatdagi to'p uzatishi ham xavfli chiqdi. Biroq Benzema to'pga boshi bilan zarba yo'llay olmadi.


25` "Atletiko" nihoyat to'pni o'z jarima maydonchasi uzoqlashtirishga erishdi.


24` XAVFLI VAZIYAT!!! "REAL"!!!! Ajoyib hujum tashkil etildi!!! Iskoni jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Oblak qiyinchilik bilan bartaraf etdi, keyinchalik qaytgan to'pni Ronaldo bo'sh qolgan darvozaga yo'llay olmadi!!! Ha, deyarli yuz foizlik imkoniyat ko'kka sovurildi...


22` O'yin shiddati tezlik bilan oshib bormoqda!! Aniqrog'i, "Real"ning hujumlari "bolalamoqda"!!! "Atletiko" bor etiborini himoyaga qaratishga majbur.


21` "Real" kurash hali davom etishini bildirdi! Jarima to'pidan so'ng Serxio Ramos boshi bilan darvozani "o'qqa" tutdi, 1:1! Serxio Ramos birinchi daqiqadagi xatosini "yuvdi"!


20` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RAMOS!! RAMOS!!! SERXIO RAMOSSSS!!!! MALADES!!!


19` Fernando Torres Ronaldoga nisbatan qoidani buzdi. Jarima zarbasi.


18` Toni Kroosning jarima maydonchasiga uzatib bergan to'piga Benzema ham, Ronaldo ham zarba berisha olishmadi. Natijada to'pni birinchi bo'lib Oblak ushlab oldi.


17` Ketma-ket ikki yildan buyon "Oltin to'p"ni o'z kuchog'iga olayotgan futbolchi hozircha ko'rinmayapti. "Oltin to'p" bilan suratga tushish o'yin boshlanishi oldidan tugagan edi shekilli...


16` "Real"ning uzoq o'ylagan hujumi chap qanotdan davom ettirildi. Marseloning uzatib bergan to'piga yana o'sha Beyl bosh bilan zarba berdi. Oblak o'z o'rnida!


15` "Santyago Bernabeu"ga kelgan muxlislarga uchrashuvda yuzaga kelgan qisqa tanaffus yoqmayapti. Grizmannga tibbiy yordam ko'rsatildi.


13` Beyl o'z qanotidan jarima maydonchasi kirib bormoqchi bo'ldi. Uelslik futbolchini bir yo'la to'rt futbolchi qarshi oldi.


12` "Real" to'pni o'z jarima maydonchasi oldida ushlab turibdi. Hujumga o'tishga qiynalishmoqda maydon egalari...


10` Hozircha har ikkala jamoa darvozasi oldida bittadan xavfli vaziyat yuzaga keldi. Torres foydalandi va Oblak jamoasini qutqardi. Hammasi "Atletiko" foydasiga ishlamoqda. Birinchi bahsda ham ular o'z imkoniyatlaridan to'liqligicha foydalanishgan edi.


8` "Real" kamida to'rtta gol urishi va boshqa to'p o'tkazib yubormasligi kerak! SHart! Lekin "Atletiko" qarshi hujumlarda o'ynash xadisini olgan jamoa sanaladi. Endi bor etiborini hujumga qaratishga majbur "Real"ni tezkor qarshi hujumlarda jazolamaydi deb o'ylaysizmi Diego Simeone jamoasi?


7` "Real"ning muhim gollarini urishga ko'nikib qolgan Garet Beyl uchrashuvda hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Uning bosh bilan yo'llagan ajoyib zarbasini Oblak mahorat ko'rsatib ushlab oldi. CHiroyli "seyv"!


6` O'yin boshlanishi arafasida Ronaldo "Oltin to'p" bilan suratga tushayotgan edi va sovrinini muxlislarga ko'rsatayotgandi. Undan hozir muxlislar yaxshi o'yin va asosiysi gol emas, GOLLAR kutishmoqda...


5` "Real" sarosimada! Uchrashuv debyutidayoq bu narsa ularga qimmatga tushdi.


4` Bugun qo'shimcha taymlar ko'rmaymiz. Hammasi asosiy vaqtda hal bo'ladi. Agarda hal bo'lib ulgurmagan bo'lsada endi...


3` "Atletiko" dastlabki soniyalardanoq to'pni raqibdan olib qo'ydi va chap qanot orqali hujumni boshladi. Grizmannning jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pini Torres darvozaga joylab qo'ydi, 0:1! Ramos qaerga qarab o'tirganini biz bilmaymiz, mabodo o'zi bilmasa. Torres qiyinchiliksiz hisobni ochdi.


2` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TORRRRESSS!!! Mana senga olam-olam gul!!!


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Biz ham klaviaturani "taqillatishni" boshlaymiz!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- "Real" safida ketma-ket ikki yildan buyon jahonda tengsiz deb topilayotgan Ronaldo harakat qiladi. Aynan shu futbolchi bugun jamoasi joniga oro kirish kerak. Qani ko'ramiz, portugaliyalik futbolchi muhim pallada o'zini ko'rsata olarmikan...


- "Real"ga bugungi o'yinda nafaqat g'alaba qozonishi talab etiladi. Balkim ikki to'p farqini yo'qqa chiqarishi ham zarur. "Atletiko"ning yana bir ustunlik jihati shundaki, ular o'z uylarida kechgan bellashuvda darvozalaridan gol o'tkazib yubormagan edilar. Bugun esa mehmonda gol urish uchun imkoniyatlari mavjud. Agarda ular bu ishni uddalashsa, unda "Real" kamida to'rtta gol kiritishga majbur bo'ladi. Xullas hammasini o'yin ko'rsatib beradi.


- Uchrashuvni SHahboz Beg'amov matnli onlayn tarzida sharhlab boradi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya kubogi 1/8 final doirasidagi "Real" - "Atletiko" javob o'yinidan matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz! Dastlabki bahsda Diego Simeone jamoasi o'z maydonida "Real"ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi. Endi Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real" jamoasi vaziyatni o'nglashga urinib ko'rishadi. O'rtada chorak final chiptasi turibdi. 


- Uchrashuv soat 00:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика