So’nggi yangiliklar

14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  0 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4

Ispaniya JCHni Evropa terma jamoasi tufayli tark etdi... Nima?! Yangiliklar

Ispaniya JCHni Evropa terma jamoasi tufayli tark etdi... Nima?!

Bu erda Belgiya, Franciya, Niderlandiya... va Ispaniyadan o'yinchilar bor.

Marokash terma jamoasi Ispaniyani uyiga yuborgan holda, hozircha JCH pley-offidagi eng katta sensaciyani qayd etdi. Ajoyib fakt: "Atlas sherlari"dagi 13 o'yinchi boshqa mamlakatlarda tug'ilgan, shuningdek bu jamoada "ispan" ham bor. Ular kimlar?


Yassin Bunu

Marokash – Ispaniya o'yinining bosh qahramoni Kanadaning Monreal shahrida tug'ilgan. Biroq, uning ota-onasi Bunu hali bolaligidayoq vatanga qaytib kelishgan. Darvozabonni sakkiz yoshidan Marokashning "Vidad" klubi tarbiyalagan.



Munir Muhammadi

Marokash terma jamoasining zaxira darvozaboni Melileda tug'ilgan. Marokashliklar so'nggi 40 yildan beri bu shaharni o'z hududlarining ajralmas qismi deb davo qilishadi, ammo u hali ham Ispaniya nazorati ostida. Muhammadi Seuta shahridagi klubda tarbiya topgan.


Romen Ses

Marokash terma jamoasi sardori Parijdan 480 km uzoqlikda joylashgan Franciyaning Bur-de-Peaj kommunasida tug'ilgan. Uning otasi – marokashlik, onasi esa francuz. Ses Franciyada ulg'aygan va uzoq vaqt mahalliy klublarda o'ynagan.


Ashraf Xakimi

Marokash terma jamoasining yana bir muhim o'yinchisi – madridlik. Xakimi marokashliklar oilasida katta bo'lgan va "Real"da tarbiyalangan. Ashraf Ispaniya terma jamoasi nomzodi bo'lgan va hatto yig'inga ham kelgan, ammo unga atmosfera to'g'ri kelmagan: himoyachi Marokash madaniyatida bo'lishni xohladi. Aynan u kecha Ispaniyaga "panenka"ni ijro etdi va Ispaniyani "ko'mib qo'ydi".



Nussayr Mazraui

Marokash terma jamoasining chap qanot himoyachisi Niderlandiyadagi Leyderdorp shahrida tug'ilgan. 9 yoshidan beri "Ayaks" akademiyasida futbol o'ynashni o'rgangan va "Bavariya"ga o'tgunga qadar klub sharafini himoya qilgan. Uning otasi Mustafo Marokashdan 1980-yillarda ketgan.



Sofyan Amrabat

Ispaniyaga qarshi o'yin qahramonlaridan biri bo'lmish ajoyib tayanch yarim himoyachisi ham Niderlandiyada tug'ilgan. Uni "Utrext" tarbiyalagan va hatto Niderlandiyaning o'smirlar termasida ham to'p tepgan. Uning ota-onasi – marokashlik, akasi Nordin ham 2019 yilgacha "Atlas sherlari" sharafini himoya qilgan.



Selim Amalla

Ispaniyaga qarshi 82 daqiqa harakat qilgan yana bir yarim himoyachi Belgiyada tug'ilgan. Ammo, uning ota-onasi marokashlik va italyan. SHunday ekan, u nazariy jihatdan uch mamlakatdan birida o'ynashi mumkin edi. Ammo, 2019 yilda Marokashni tanladi. SHu bilan birga, u butun faoliyatini Belgiya chempionatida o'tkazgan va hozirda "Standard" safida to'p tepmoqda.


Ilyas SHair

Ushbu yarim himoyachi hozircha JCHda bir daqiqa ham o'ynamadi. Ammo, uning taqdiri qiziq: u Belgiyada marokashlik va polyak oilasida dunyoga kelgan. Ilyas mahalliy klubda tarbiyalangan va biror terma jamoani tanlash imkoniyatiga ega edi. U esa Afrika jamoasini afzal ko'rdi. Futbolchi 2017 yildan beri KPRda o'ynaydi.


Bilal El Xannus

Qatarda hali o'ynamagan yana bir maydon markazi o'yinchisi. Ammo, buni yoshga bog'lash mumkin – yigitcha atigi 18 yoshda, uning qaydnomaga qo'shilishi esa avansdir. Axir u endi-endi "Genk"da o'ynay boladi. Bilal marokashliklar oilasida tug'ilgan, ammo Belgiyaning 15, 16 va 18 yoshgacha bo'lgan termasida ishtirok etgan. Kattalar darajasida esa ota-onasi vatanini afzal ko'rdi.


Xakim Ziesh

Marokash terma jamoasidagi eng ko'zga ko'ringan o'yinchilardan biri – niderlandiyalik. U mamlakatning o'smirlar va yoshlar jamoasida o'ynagan. Ammo, asosiy jamoaga kelganda ota-onasining vatanini afzal ko'rgan. Qiziqarli jihati, u 2022 yilning boshida sobiq bosh murabbiy Vaxim Xalilxojich bilan kelishmovchilik sabab termadan ketishi mumkin edi. Ammo, yangi murabbiy keldi va Xakimi safga qaytdi.



Sofyan Bufal

Ushbu hujumkor yarim himoyachi parijlik, ammo ko'plab sheriklari kabi marokashliklar oilasida ulg'aygan. U "Anje" tizimida tarbiyalangan, ammo Franciya terma jamoasidan taklif olmagan. Hatto o'smirlar va yoshlar darajasida ham. SHu sabab 2016 yilda Marokashning kattalar terma jamoasidan bo'lgan taklifni qabul qildi. Va hozirda asosiy tarkibning muhim o'yinchisi hisoblanadi.


Zakariya Abuxlyal

U ikki o'yinda zaxiradan tushgan holda JCH-2022da umumiy 45 daqiqa to'p tepdi. Abuxlyal Niderlandiyada liviyalik va marokashlik oilasida tug'ilgan. Mahalliy klublarda, jumladan PSVda tarbiya topgan. Va hatto 20 yoshgacha Niderlandiyaning yoshlar jamoalarida ham to'p tepgan. SHundan so'ng esa Marokash terma jamoasida taklif kelib tushgan va futbolchi bunday variantni rad eta olmagan.


Valid Xeddira

24 yoshli "Bari" hujumchisi Italiyada tug'ilgan, ammo marokashliklar oilasida. U mamlakatning turli klublarida, jumladan quyi divizionlarda ham harakat qildi. Joriy mavsumda esa B Seriyada ko'p gol uradigan bo'ldi. Bu esa murabbiylar shtabini o'ziga jalb qildi. Xeddira JCH oldidan o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdi, so'ngra asosiy ro'yxatga kirdi. Futbolchi Ispaniyaga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi, bu uning jamoadagi ilk rasmiy o'yini bo'ldi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика