So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  74 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Ispaniya futbol federaciyasi rahbarining amakisi jiyanini korrupciyada ayblamoqda. Uning fikricha, rahbar byudjet pullarini qizlarga va kuzatuvlarga sarflagan Yangiliklar

Ispaniya futbol federaciyasi rahbarining amakisi jiyanini korrupciyada ayblamoqda. Uning fikricha, rahbar byudjet pullarini qizlarga va kuzatuvlarga sarflagan

Taxtlar o'yini.

Ispaniya futbol federaciyasi rahbari Luis Rubiales navbatdagi mojaro markazida. Bahorda El Confidential nashri Luis va Jerar Pike o'rtasidagi muzokaralarni chop etgan edi: o'shanda gap Ispaniya Superkubogining Saudiya Arabistonida o'tkazilishi va uning ortidan "Barselona" himoyachisining Kosmos nomli kompaniyasi qancha pul olishi haqida gap ketgan edi.


El Confidential iyun oyida yana bir malumotni oshkor qildi — 2019 yil o'sha payt "Real"da o'ynagan Serxio Ramosning Rubialesga yuborgan xabarlar rasshifrovaksi. U biznes haqida esa, mukofotlar haqida gapirgan — mavsum so'nggida "Oltin to'p" uchun kurashda yorrdam so'ragan. Agar Luis nimadir qilgan bo'lsa ham, bu yordam bermadi, sababi Ramos nomzodlar ro'yxatiga ham kiritilmadi.



Ammo, bu safar Rubialesning vaziyati ancha jiddiyroq.


Luisning amakisi uni federaciya pulini kechki bazmlarda va detektivlar uchun sarflashda aybladi


Rubiales Granada yaqinidagi uyga 8-10 nafar yosh qizlarni taklif etgan xususiy kechki bazm uyushtirishda ayblanmoqda. Muhim ish tadbiri sifatida bayram uchun pul federaciya hisobidan to'landi. El Mundo'ning yozishicha, Rubiales uchun qizlarni o'tmishdagi mashhur ispaniyalik futbolchi buyurtma qilgan.


Federaciya prezidentini uning amakisi ayblamoqda — 2020 yilda u kutilmagan tarzda rahbarlar shtabidan istefoga chiqarilgan. Xuanning aytishicha, Luis undan federaciya hisobidagi pullarni ehtiyotkorlik bilan echib olish yo'lini topishni so'ragan, shundan so'ng rad javobi va istefo.


Xuanning qo'shimcha qilishcha, Luis Futbolchilar associaciyasi rahbari Davido Aransoni kuzatish uchun shaxsiy detektivlarni yollagan — buning uchun ham Ispaniya federaciyasi sho'ba korxonasi to'lagan.


Ispaniya futbol federaciyasi barcha ayblarni inkor qilmoqda



Rasmiylar ayblovlarga tezlik bilan javob qaytarishdi:


"Federaciya Xuan Rubialesning barcha bayonotlarini qatiyan rad etadi. Bu sobiq xodim tomonidan Ispaniya futbol federaciyasi prezidentining obro'sini tushirish uchun qilingan yolg'on va manipulyaciyadir.


Federaciyaning har bir xodimi Granadada yashash uchun har doim to'liq pul to'laydi — jumladan oldin Xuan Rubiales ham shunday qilgan. Federaciya xodimlari hech qanday qoidabuzarliklar qilishmagan. Federaciya faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan masalalarga bir evro ham sarflanmagan.


Jiddiy bayonotlarga qaramay, davlat idoralarining birortasiga dalillar keltirilmadi. Bu so'nggi oylarda prezidentni obro'sizlantirish kampaniyasining so'nggi bosqichidir".


Luis Rubiales kim o'zi?


Luis 2018 yilning 18 mayida Ispaniya futbol federaciyasi prezidentiga aylandi — va ishni "Real" bilan sirli muzokaralar ortidan JCH-2018 boshlanishiga bir necha kun qolgan terma jamoadan Xulen Lopetegini istefoga chiqarish bilan boshladi.



Rubiales huddi bu rollar uchun tug'ilganga o'xshaydi. U o'yinchilik faoliyatini 32 yoshda yakunladi va darhol boshqaruvga o'tdi. Bu kutilgan edi: Rubiales 2008 yildayoq "Levante" rahbariyatiga maoshlar bo'yicha katta qarzlar sabab asosiy tarkibning ish tashlashi bilan tahdid qildi va oddiy o'yinchidan ko'ra advokatga o'xshardi.


"Ish tashlash — bu ham bir vosita, hatto eng keskin va so'nggi qadam bo'lsa ham. Biz o'z qonuniy huquqlarimiz uchun kurashishimiz kerak. Bunday ishlar doimo yoqimsiz, ammo biz muxlislarga tushunganliklari va qo'llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiramiz", — dedi Rubiales.


Luis futbolchilar associaciyasi rahbari sifatida tizimni o'zgartirishni boshladi va ispan futbolidagi tasirini oshirdi. Unda Ispaniya chempionatining media huquqlarini amalga oshirish borasidagi yangi qonunga uchta shikoyati bor edi — La Liga rahbari Xaver Tebas esa Rubiales qoidalari bo'yicha o'ynashiga to'g'ri keldi. O'sha mojaro hali ham Ispaniyada o'z tasirini o'tkazmoqda — Tebas va Rubiales hali ham bir-biriga toqat qila olmaydi.



"Tebas men bilan federaciya kuchli bo'lishini tushunadi. Biz soyada qolganlarga yordam berishimiz kerakligiga ishonchim komil. Kim yulduzlar haqida o'ylasa, tezda o'z ajdodlarini unutadi. Xitoy haqida o'ylash yaxshi va to'g'ri, ammo birinchi navbatda ispan muxlislari uchun qayg'urish kerak. La Liga esa federaciya vakolatlarini tortib olishga urinayotgani to'g'ri emas".


Endigi janjal esa aniq Rubiales foydasiga emas.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика