So’nggi yangiliklar

17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  1 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  2 16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  4 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  3 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  4 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  3 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  1 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  2 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  2 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  1 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  7 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  17 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1

Evro-2024. Yamal va Olmoning gollari Ispaniyani finalga olib chiqdi Yangiliklar

Evro-2024. Yamal va Olmoning gollari Ispaniyani finalga olib chiqdi

Ispaniya hamda Franciya o'rtasida Evro-2024 yarim final bahsi yakuniga etdi.

YANGILASH


Spain

Lamine Yamal - 21', Dani Olmo - 25'

EURO Final Stage . Semi Finals-tur

10/07/2024, 00:00

1
:
2
Tugadi

France

Randal Kolo Muani - 9'

Stadion: Allianz Arena, 62042 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
14'  Jesus Navas
21'  Lamine Yamal
25'  Dani Olmo
58'  Jesus Navas (Daniel Vivian)
76'  Dani Olmo (Mikel Merino)
76'  Alvaro Morata (Mikel Oyarzabal)
90'  Lamine Yamal
90'  Lamine Yamal (Ferran Torres)
90'  Nico Williams (Martin Zubimendi)
9'  Randal Kolo Muani
9'  Kylian Mbappe
60'  Aurelien Tchouameni
62'  Adrien Rabiot (Eduardo Camavinga)
62'  N'Golo Kante (Antoine Griezmann)
62'  Randal Kolo Muani (Bradley Barcola)
79'  Ousmane Dembele (Olivier Giroud)
89'  Eduardo Camavinga

Ispaniya – Franciya 2:1

"Alyanc-Arena"

Gollar: 0:1 – 8 Kolo-Muani, 1:1 – 21 Yamal, 2:1 – 25 Olmo.

Ispaniya – Unai Simon, Navas (Vivian, 58), Nacho, Laport, Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri, Olmo (Merino, 76), Uilyams (Subimendi, 90), Yamal (Ferran Torres, 90), Morata (Oyarsabal, 76).

Franciya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante (Grizmann, 62), Rabo (Kamavinga, 62), Tchuameni, Dembele (Jiru, 79), Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 63).

Ogohlantirishlar: Navas (14), Tchuameni (60), Kamavinga (89), Yamal (90+1).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

95. Franciyada oxirgi daqiqa qoldi.

93. Ispaniyada ikkita o'zgarish: Ferran Torres hamda Subimendi o'yinga qo'shilishdi. Yamal hamda Niko Uilyamslar maydonni tark etishdi.

91. Yamal qarshi hujumni buzgani uchun sariq kartochka oldi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Kamavinga Kukurelyaga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

86. MBAPPEEE... Kilian qarshisidagi raqibini aldab, darvozaga zarba berdi. Biroq to'p tribunaga uchib ketdi.

85. Lyaport o'rnidan turdi, uning burniga zarar etgan ekan.

83. Lyaport Jiruning elkasiga urildi va uning yuzida qon paydo bo'ldi. SHifokorlar maydonga tushishi kerak.

81. Yamal yana o'sha uslubda uzoq burchakni nishonga olishga urindi, biroz noaniq.

80. Nacho hamda Barkolya duelida "Real" futbolchisining qo'li baland keldi. U to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

79. Franciyada o'zgarish: Dembele o'rniga Jiru maydonga tushdi.

77. O'zgarishlar: Oyarsabal va Merinolar bahsga qo'shilishdi. Morata hamda Olmo zaxiraga olindi.

76. Ernandes qulay vaziyadan, ammo noqulay oyoq bilan to'pga zarba berdi. O'ng oyoqda berilgan zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

71. Barkolya chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo pas noaniq bo'ldi.

69. Dembele raqibni aldashga urinib, sirpanib ketdi va Morataga kichik jarohat etkazdi.

63. Franciyaning burchak zarbasi noaniq zarba bilan yakun topdi.

62. O'zgarish: Kamavinga, Grizmann va Barkolya maydonga tushdi. Rabo, Kante va Kolo Muanilar zaxiraga olindi

61. Franciyada uch kishilik o'zgarish tayyorlanyapti.

60. Unai Simon Dembelening kutilmaganda darvozaga bergan zarbasini qaytarib qoldi. U uzatma bo'ldi deb o'ylagan edi.

58. Maydonga muxlis tushib ketdi, shu sababli o'yin bir daqiqaga to'xtab qoldi.

57. O'zgarish: Ispaniya terma jamoasi "otaxoni" - Xesus Navas maydonni tark etdi. Uning o'rniga Vivian bahsga qo'shildi.

56. Niko hamda Jyul o'rtasidagi tezlik kurashida Uilyams himoyachidan qochib keta olmadi. 

55. Yamal himoyada jamoasiga yordam berib, aut ishlab oldi.

53. Niko Uilyams himoyaga yaqin hududda to'pni oldirdi va franciyaliklar bu qarshi hujumdan burchak to'pi ishlab olishdi. Burchak to'pi zarba bilan yakun topdi. CHuamenining bosh bilan bergan zarbasidan so'ng Unai Simon qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

50. Kukurelyaning chap qanotdan erlatib uzatgan to'piga Morata ulgurmadi. 

47. Niko Uilyams raqib posbonidan to'p bilan qochib ketishi mumkin edi, ammo Menyan to'pni autga yaqin hududda to'xtatib qoldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Lamin Yamal Evrolar tarixida eng yosh gol urgan futbolchi!

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Franciyaliklar ega bo'lgan standart vaziyat zarbasiz yakun topdi, ispanlar havodan kelayotgan to'pni boshi bilan urib yuborishdi.

40. Yamal yana usha uslubda gol urishga yaqin keldi, ammo to'p raqib futbolchisiga tegib, maydondan chiqib ketdi.

36. Ruis zarba beradigan poziciyaga chiqdi va zarbadan so'ng to'pi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi.

31. Birinchi goldan biroz dovdirab qolgan Ispaniya raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qilganidan so'ng judayam ishonchli o'yin namoyish etib, raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli hujumlar tashkil qilmoqda.

25. GOOOL! Kunde Olmoning zarbasidan so'ng to'pni o'z darvozasiga burib yubordi. Ispanlar 5 daqiqa ichida 2ta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi.

21. YAMAAAL! 1:1! Lamin Yamal uzoq masofadan darvozaga super zarba berdi. To'p ustunga tegib, darvozdan joy oldi.

16. Jarima zarbasini Mbappe ijro etdi, ammo to'p jonli devorga tegib qaytdi.

14. Xesus Navas qochib ketishga urinayotgan Raboni yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

12. Franciya terma jamoasi himoyachisi Morataning boshiga kelayotgan to'pni oyog'i bilan "echib" ketdi.

8. GOOOL! Franciya hisobni ochdi! Mbappening chap qanotdan havolatib uzatgan to'pini Kolo Muani darvozaga boshi bilan joylab qo'ydi. 0:1

7. To'p uchun dastlabki poygada "otaxon" Navas Mbappeni taslim qildi va darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etdi.

5. ZARBAAA... Yamalning xavfli uzatmasidan so'ng Ruis to'pni darvozaga boshi bilan joylashi kerak edi, ammo u adashdi.

3. Fabian Ruisning uzatmasi hujumchilarga biroz noqulay bo'ldi va xavfli vaziyat zarbasiz yakun topdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Bahs startidan avval kichik feyrverk bo'lib o'tdi.


Kilian Mbappe bugun maydonga maxsus niqobsiz chiqdi.

Reyting: +27   

Fikrlar

+17   
10 iyu 01:57:06
Muhammad Umar
Ispanya xaqli edi finalda oʻynawga
+13   
10 iyu 01:55:17
Haqiqatparvar
Хоин Дембеле у.н хурсандман баттар бул соткин
+12   
10 iyu 01:55:16
{ CHELSEA }
Ispaniya haqiqatan bugun oʻyin bermadi... Haqli gʻalaba...
+12   
10 iyu 01:07:26
Tohir P
Качон бу шархловчиларни чайнашни тухтатасизла , шунакаям майда гап латтачайнар буласламиэй
+12   
10 iyu 00:24:28
Inomjon Boltayev
Агар Хавини нимадир килдими дейишса Ямални кашф килди деган болардим бу бола 2 йилга жарохатлар олмаса хакикий барсани лидер болади бу бола
+11   
10 iyu 01:57:05
barselona7
Ламин Ямаль ва Нико Уильямс агар жароҳатлар панд бермаса келажакда ёндиради.
+11   
10 iyu 01:19:47
Шерзод. М
Вечний шархловчилардан нолийдиган гнидалар ёқмаса қазақ спорт, туркман спорт, тожик спорт, қирғиз спорт, уч тўртта рус футбол каналлари, украина спорт каналлари оберяпди кўрларин ўша канллардан, ўзинг шархлаш уёғда турсин иккита жумлани бир-бирига қўшиб ёзолмайсан. Ўзбек футбол лигаси бўлгани йўқку... выбор кўпку кўришга агар чин дилдан ишқбоз бўлсанг((
+11   
10 iyu 00:36:44
Xushnud Roʻzimov
Ispaniyani barsa oʻyinchilari oldinga olib chiqdi
+11   
10 iyu 00:27:18
Санджар
Гооооол, Гол, Гол... ИСПАНИЯ!
+11   
10 iyu 00:15:30
SHM
Узбек шархидан нолийдиган нонкурлар узи шуям йук эди зур тв обермаганда.
Кадимда подшох халкни рози киламан деб хар битта фукорога биттадан куй берса санларга ухшаган нонкурлар касрдан ташкарига чикиб аркони билан бермади деган экан.
+10   
10 iyu 02:05:57
ishonch
Мбаппе турнирдан қорасини ўчирганидан жуда хурсанд бўлдим
+10   
10 iyu 02:04:29
Özil10
Mbappe Vinisius Oltin to’pdan uzoqlashdi ertangi o’yinda Angilya finalga chiqomasa Belingem ham uzoqlashadi agar shunqa bosa Yamalga berilarmikin yoki Carvahalga buyog’i qizu bovotti
+10   
10 iyu 00:55:56
Магафуров Ринат
Испанияга омад !!!
+10   
10 iyu 00:25:56
Rasul Matkarimov
Yamaljone bop ketti oziyam malades...Yulduzlik kasaliga chalinmasa jarohatlar bolmasa Futbolda yana Daxshatlo era boshlanyapdi Mbapppe Bellingham Vinisius Rodrygo Valverde Lamin Yamal Fermin lopes Pedri Frenkie Saka Martinelli Musiala Fayzullayev Palmer va yana boshqalar
+9   
10 iyu 02:06:40
rivaldo-1979
Яшавор Ямал. Испания финалда. Лекин Реални химоячилари хакикатдан хам бетон экан. Начо, Карвахал. Кукурелья хам роса югурди. Пасларга яхши экан. Барса у́йинчилари хужумда, Реал у́йинчилари химояда кучли экан. У́ртада Басклар: Бильбао ва Сосьедад.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика