Evropa chempioni "Arsenal"da tibbiy ko'rikdan o'tdi. London klubi tez orada shov-shuvli transferni elon qiladi
25 avg 2024 11:27
Yangiliklar
Evropa chempioni "Arsenal"da tibbiy ko'rikdan o'tdi. London klubi tez orada shov-shuvli transferni elon qiladi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Mikel Merino faoliyatini "Arsenal"da davom ettiradi.
Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 28 yoshli ispan Londonga keldi va tibbiy ko'rikdan o'tdi. Klublar ayni damda transferni amalga oshirish uchun hujjatlarni almashishmoqda. "Kanonirlar" o'yinchi uchun 32 million evro to'laydi va bonuslar sifatida 5 million ko'zda tutilgan. Xavbek bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Merino o'tgan mavsum 45ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi. U Ispaniya terma jamoasi bilan Evro-2024 g'olibi bo'ldi. Transfermarkt portali o'yinchini 50 million evroga baholamoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar