Ispaniya chempionati turnir jadvalida nima gap?
02 okt 2017 10:32
Yangiliklar


Ispaniya chempionati turnir jadvalida nima gap?
LaLiga grandlari "Barselona" va "Real" ishonchli g'alabalarga erishishdi. Referendum o'tgan Kataloniyada "Barselona" - "Las-Palmas" uchrashuvi yopiq eshiklar ostida o'tdi va bu bahsga muxlislar kiritilmadi. "Barselona" Messining dubli va Busketsning goli tufayli 3:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Madridning "Real" klubi o'z uyida "Espanol"ni qabul qildi va Iskoning dubli evaziga navbatdagi 3 ochkoni naqd qildi.
LaLiga turnir jadvalida hozircha birorta mag'lubiyat yoki durang qayd etmagan "Barselona" etakchilik qilmoqda. Ular 7ta uchrashuvda 21 ochko to'plashdi. Dunyo bo'ylab millionlab ishqibozlari bo'lgan "Real" esa 14 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi. CHempionatda bor-yo'g'i 1 ochko to'plagan "Malaga" klubi so'nggi - 20-pog'onani band qilgan.

Fikrlar