So’nggi yangiliklar

05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  4 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  3 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  1 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  24 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  13 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  10

Ispaniya chempionati, 27-tur. "Real" "Levante"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 27-tur. "Real" "Levante"ni mag'lub etdi

Ispaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan "Real" - "Levante" uchrashuvi matnli onlayn translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ispaniya chempionati, 27-tur.

Real – Levante 2:0

Santyago Bernabeu

Gollar
: Beyl (18, 40)

Real
– Navas, Ramos, Karvaxal, Pepe, Marselo, Isko (Xese, 69), Lukas Silva, Beyl, Modrich (Ilyarramendi, 78), Benzema (Ernandes, 82), Ronaldu.

Levante
– Marino, Tono, Navarro, Ramis, Lopes, SHumetra (El-Jar, 59), Simao, Kamarasa, Morales (Garsiya, 59), Barral, Uche (Kasadesus, 75).

Ogohlantirishlar
: Modrich (30), Ramos (85).


                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                             YANGILASH




- "Real" - "Levante" uchrashuvidan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!



90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.



90`
Krishtianu Ronalduuuuu! Navbatdagi imkoniyat va noaniq zarba!



90`
"Levante" ham o'yin so'nggida gol kiritishi mumkin edi. Biroq futbolchi mo'ljalda adashdi.



89`
Marseloning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini CHicharito boshi bilan darvozaga noaniq yo'lladi. Qulay imkoniyat ko'kka sovurildi.



87`
"Real" to'p nazoratini bir muddat "Levante"ga topshirdi.



85`
Kasadesus Navas qo'riqlayotgan darvozaga zarba berdi. Noaniq.



84`
Krishtianu Ronaldu!!! Nihoyat futbolchi zarba berish uchun imkoniyat topdi. Lekin uning zarbasi to'g'ri Marinoning qo'liga borib tushdi.



82`
"Real"da so'nggi o'zgarish. Benzema o'rniga CHicharito maydonga tushirildi.



81`
"Real" har doimgidek pozicion hujumda harakat qilmoqda.



79`
O'yin tempi juda past.



78`
"Real"da navbatdagi o'zgarish. Luka Modrich o'rniga Ilyarramendi tushdi.



76`
"Real" g'alaba qozonmoqda. Lekin Ronalduning kayfiyati juda ham yaxshi emas. Krishtianu ancha asabiy ko'rinmoqda.



75`
"Levante"da o'zgarish. Uche o'z o'rnini Kasadesusga bo'shatib berdi.



72`
"Levante" hujumga o'tgandi. Biroq ularning bu galgi urinishlari ham samara keltirmadi. Marselo bu vaziyatda yaxshi o'ynadi.



71`
Hisob yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi. Karim Benzema va Beyl qulay imkoniyatni ko'kka sovurishdi. Keyingi vaziyatda esa Xese to'pga zarba berishda biroz kech qoldi.



69`
"Real"da o'zgarish ruy berdi. Isko o'rniga Xese maydonga tushdi.



67`
"Real"ning hujumi o'ng qanotdan rivoj oldi. Karvaxal tomonidan jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pni Ronaldu o'ziga qulay tarzda bo'ysundira olmadi. 



64` KARIM BENZEMA!
SHedevr gol ko'rishimizga darvoza to'sini to'sqinlik qildi... Karim Benzema o'zining "Lion"dagi o'yinlarini yodga oldi va to'pni oyog'ini tovoni bilan darvozaga yo'lladi. Ehhh, darvoza to'sini... Qaytgan to'pni esa "Real"dagi Benzema o'z uslubida tepaga tepib yubordi.



63`
Pepe hozir to'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi. "Levante" hujum qilishga intilmoqda.



61`
"Levante" bosh murabbiyi oldingi chiziqdagi futbolchilarni yangiladi va to'g'ri qildi. Morales va Xumetra raqib darvozasi oldida hech qanday vaziyat yarata olishmadi.



60`
"Levante"da ikkita o'zgarish. Morales o'rniga Ruben Garsiya, Xumetra o'rniga Nabil El Zar tushirildi.



58`
Nihoyat Keylor Navas ishga kirishdi. "Levante"ning tezkor hujumi paytida Navas to'pga birinchi bo'lib chiqib keldi va xavfni barataf etdi.



55`
"Real" futbolchilari darvozada Keylor Navas turganini yodga olishdi va unga ham to'p bilan muomalada bo'lish imkonini berishdi. O'yin shu tempda davom etmoqda. Aytarli vaziyatlar bo'layotgani yo'q. "Real" doimiy hujumda harakat qilmoqda. "Levante" o'z jarima maydonchasi ichiga zich joylashib olgan holda raqib hujumini bartaraf etish bilan band.



52`
Marseloning to'p oshirishidan so'ng Karim Benzema to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. Noaniq.



50`
"Santyago Bernabeu"da bo'sh o'rindiqlar ko'zga tashlanmoqda...



48`
Jamoalar shoshilmasdan futbol o'ynashmoqda.



47`
"Levante" tanaffusdan so'ng faol harakatlanayotgandek tuyulmoqda. Lekin ularning hujumi yakuniga etmay qoldi.



- Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Hozirgina birinchi goldagi takroriy lavhani ko'rdim. Ronaldu "chalqancha" uslubidagi zarbasi golga aylanmagani va keyinchalik Beyl to'pni darvozaga joylaganidan so'ng butun "Real" futbolchilari xursandchilikka berildi. Lekin Ronaldu bu vaziyatda shunchaki qo'lini siltadi va o'zi gol urolmaganidan ranjidi. Futbol - jamoaviy o'yin. Ronaldu esa Beyl va jamoasi uchun xursandchilikka sherig bo'lsa maqsadga muvofiq bo'larmidi...




"Trio" birinchi taymdagi gollarda qatnashishdi, lekin gollarni barchasini uelslik futbolchi o'z nomiga yozdirib qo'ydi...


Birinchi bo'lim qahramoni - Garet Beyl



45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!



44`
Kim aytdi sizga "Levante" hujum qilmaydi deb? Mana ketma-ket burchak to'plari. Lekin birortasidan ham naf chiqmadi.



43`
Uchrashuvdagi yangiliklardan biri: "Levante" hujum qilishga qaror qildi.



42`
Krishtianu Ronaldu yana bir imkoniyatga ega bo'lgandi. Lekin Ronaldu yana darvozani ishg'ol eta olmadi.



40` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDU? BEYL? "Real"ning o'ng qanot bo'ylab uyushtirgan chiroyli kombinacion hujumi gol bilan yakunlandi. Karvaxal bu vaziyatda to'pni Ronaldu juda qulay tarzida uzatdi va portugaliyalik futbolchi kuchli zarba yo'lladi. To'p esa yo'l-yo'lakay Garet Beylning oyog'iga tegib darvozadan o'rin oldi. Bu golni Ronaldu meniki deyishi mumkin, lekin gol Beylga yozildi.



38`
"Real" hujum qilishdan ham charchadi shekilli. "Levante"ga o'ynash uchun imkoniyat yaratib bermoqda.



36`
"Levante" to'p bilan muomalada bo'lmoqda. Nihoyat ilk hujum! Aniqrog'iraqib darvozasi tomon ilk yurish. Lekin ish zarbagacha etib bormadi.



34`
Karlo Anchelotti bugungi o'yinda Iker Kasilyasni darvozaga qo'ysa ham bo'larkan. "Levante" aytarli hujum ham qilmayapti. Keylor Navas nega maydonga tushganini o'zi ham tushunmayotgan bo'lsa ajab emas. Zaxira o'rindig'ida har tugul jamoadoshlari bilan "gurung" qilib turarmidi...



32`
O'yin surati biroz pasaydi. Yani, aniqrog'i "Real" hujumlari tezligi pasaygan. "Levante"ning bugungi o'yinda hujum qilish rejasiga kiritilganmi-yo'qmi? Mana shu savol ochiqligicha qolmoqda.



30`
Luka Modrich hakam tomonidan ogohlantirildi.



28`
"Levante" futbolchilari burchak to'pidan so'ng xavfni bartaraf etishdi.



27`
"Real" "Levante"ni jarima maydonchasi ichida "bug'ib" qo'ymoqda! Ketma-ket hujumlar, xavfli vaziyatlar, bir qancha imkoniyatlar. Bazida Marino yaxshi harakat qilayotgan bo'lsa, bazan Ronaldu mehmonlar foydasiga ishlamoqda.  Hozir esa tinib-tinchimas Garet Beyl to'pni jarima maydonchasiga oshirdi. To'p esa yo'l-yo'lakay raqib himoyachisining boshiga va darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.



25` Krishtianu Ronalduuuuuuuuu!
Tushunmadim, "Real" libosida harakat qilayotgan 7-raqamdagi futbolchi rostan ham Ronaldumi? O'sha 7-raqamda o'ynayotgan futbolchi bugungi o'yinda ketma-ket uchinchi bor jarima maydonchasi ichidan, kamiga 3-4 metr masofadan shundoq o'ziga kelayotgan to'plarni darvozaga joylay olmayapti... Qiziq!



23`
"Real" burchak zarbasini amalga oshirdi. Serxio Ramos standart vaziyatlarida jarima maydonchasi ichida misoli "qirol" hisoblanishi sezgan Marino tezda to'pga chiqdi va xavfni o'z vaqtida bartaraf etdi. Aks holda Ramos hisobni ikkiyu-nolga etkazishi muqarrar edi...



21`
Kiritilgan goldan so'ng ham mezbonlar hujum qilishni kanda qilishmayapti. "Levante"ning hujum chizig'i esa hozircha hech qanday yurish ham qilgani yo'q.



19`
Juda uzoq va qiziq kechgan hujumni avvaliga Ronaldu o'zining "chalqancha" zarbasi bilan samarali yakunlashi mumkin edi. Biroq so'nggi pallada "Levante" himoyachisi Ramis to'pni darvoza chizig'i ustidan bartaraf etdi va juda chiroyli golni bekor qildi. Qaytarilgan to'pni esa Garet Beyl deyarli bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi va hisobni ochdi, 1:0!



18` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HA, Ha! GOLLLLLLLL! GARET BEYL!



17`
Dastlabki golni ko'p kutib qoldik shekilli. "Real"ning hujumlari xavfli chiqmoqda. Lekin hozircha gol kiritish ularga nasib etmayapti. Bu safar Garet Beyl to'pni boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi. Lekin Marino mahorat ko'rsatdi!



16`
Karim Benzema gol kiritdi. Biroq bu gol inobatga olinmadi. Sababiki, gol urilgan vaziyatda Karim Benzema va Ronaldu o'yindan tashqari holatda qolib ketishgan edi.



15`
Karim Benzema jarima maydonchasi ichida turgan Ronaldu tomon to'pni oshirdi. Biroq portugaliyalik futbolchi kerakli nuqtada paydo bo'lmadi.



14`
Ronalduning jarima zarbasidan tepgan to'pi "jonli-devor"ga tegib qaytdi. Krishtianu Ronaldu so'nggi bor qachon jarima zarbasidan gol kiritganini eslolmadim... Ancha bo'lganiga ham ancha bo'pti shekilli...



13`
Ronaldu jarima maydonchasi oldida yiqildi va jarima zarbasi belgilandi. Jabrlanuvchining o'zi bu standart vaziyatini amalga oshirsa kerak.



12`
"Real"ning o'ng qanotdan amalga oshirgan hujumi yakuniga etmay qoldi. Karvaxal Beylga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.



10`
Pepe hujumda ko'rinish berdi. Lekin uning urinishi besamar ketdi. Keylor Navas darvozasi oldida vaziyatlar kuzatilmayapti.



8`
"Real"ning ketma-ket uyushtirgan hujumlari hozircha samara keltirmadi. "Levante" himoyasini juda ishonchli o'ynamoqda deya olmayman. Ammo hozircha jiddiy xatolarga yo'l qo'yilmayapti.



6`
"Real"ning asosiy raqibi "Barselona" kecha "Eybar" ustidan g'alaba qozondi, Ronalduning raqobatchisi Messi esa ikkita to'p kiritdi va to'purarlar poygasida peshqadamga aylanib oldi. "Real" esa tabiiyki "El klasiko" oldidan oradagi farqni bittaga qisqartirmoqchi, Ronaldu esa Messini goleadorlar poygasida quvib etmoqchi.



4` Xavfli vaziyat! Krishtianu Ronaldu!
Karim Benzema jarima maydonchasi ichida Ronalduni to'p bilan taminladi. Ronalduning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. Ha, hisob o'zgarmay qoldi...



3`
Kutilganidek "Levante" o'z jarima maydonchasi oldida joylashib oldi va raqibni hujumini bartaraf etish bilan bandlar. Maydon egalari esa hujumda harakat qilishmoqda.



2`
Garet Beyl!!! Ajoyib harakatlar, chiroyli ijro! Faqatgina zarbaga biroz aniqlik etishmadi. Tezkor gol ko'rishimiz mumkin edi. Beyl jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va chiroyli harakatlari bilan raqibni aldab o'tdi va zargarona zarba yo'lladi. Noaniq.



1`
"Real" futbolchilari o'yinni shoshilmasdan boshlab olishdi. Jamoa pozicion hujumga o'tmoqda.



- UCHRASHUV BOSHLANDI!




- Demak jamoalar maydonga chiqib kelishdi va o'yin boshlanishiga sanoqli soniyalar qolmoqda.



- Karlo Anchelotti bugungi o'yinda darvozaga Iker Kasilyasni emas, balki Keylor Navasni qo'yishni afzal bildi. "SHalke" bilan bo'lgan bellashuvda Ikerni harakatlari Karlo tog'ani qoniqtirmagan ko'rinadi.



- Ushbu jamoalar shu vaqtgacha Ispaniya chempionati doirasida 11 marotaba duch kelishgan va shularning sakkiztasida madridliklar g'alaba qozonishgan bo'lsa, ikkita bahsda "Levante" jamoasining qo'li baland kelgan. Atiga bitta o'yinda g'olib nomi aniqlanmay qolgan.



- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Real" hamda "Levante" o'rtasidagi bellashuvdan olib boriladigan matnli onlayn translyaciyamizni boshlaymiz.  Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


Uchrashuvni saytimiz hamkori aleziya.com sayti orqali jonli efirda tomosha (Video TAS-IX hududida) qilishingiz mumkin.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика