So’nggi yangiliklar

12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  2 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  2 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  4 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  1 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  5 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  4 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  13

Ispaniya chempionati, 17-tur. "Barselona" yangi yilni ochkosiz boshladi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 17-tur. "Barselona" yangi yilni ochkosiz boshladi

Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Real Sosedad" hamda "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvni ushbu sahifa orqali onlayn tarzda kuzatib boring.
Ispaniya chempionati, 17-tur.

Real Sosedad – Barselona 1:0

Anoeta.

Gol
: Alba (3-o'z darvozasiga)

Real Sosedad
– Ruli, Martines, Martines, Ansotegi, de la Belya, Kastro (Finnbogason, 66), Granero, Kanales (Bekchiche, 90), Bergara, Prieto, Vela (Pardo, 90).

Barselona
– Bravo, Montoyya, Mate (Alvesh, 71), Alba, Xavi, Buskets, Pedro (Neymar, 58), Maskerano, Inesta, Munir (Messi, 46), Suares.

Ogohlantirishlar
: Mate (35), Vela (39), Martinez (43), Granero (43), Alvesh (77), Finnbogason (89), Alba (89), Neymar (90)

                                 MATNLI TRANSLYACIYA
                                             YANGILASH


"Real Sosedad" - "Barselona" uchrashuvidan olib borgan mantnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


Devid Moyes qo'l ostidagi "Real Sosedad" o'z maydonida "Barselona"ni dog'da qoldirdi.

- O'YIN TUGADI!


90` "Real Sosedad" tarkibida so'nggi o'zgarish. Kanales o'rniga Berchiche tushdi.


90` Neymar ham ogohlantirish ishlab oldi.


90` Jarima to'pi samara keltirmadi. Qaytgan to'pga Alba zarba berdi, lekin himoyachilar buni ham bartaraf etishdi.


90` Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib bormoqda. Messi jarima zarbasi ishlab oldi.


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89`
"Real Sosedad" tarkibida o'zgarish. Vela o'rniga Pardo tushirildi.


89` To'polon boshlandi. Finnbogason va Alba o'zaro kelishmay qolishdi. Albaga nisbatan Finnbogason avval qoidani buzdi, keyin Alba unga tashlandi. Orada ikkalasi ham ogohlantirish oldi.


88`
"Real Sosedad" futbolchilari to'pni o'z jarima maydonchalaridan uzoqlashtira olishdi.


87` Luis Suarez!!! Yana RULLI! Ajoyib "seyv"! Kamiga o'yindan tashqari holat qayd etildi.


86` XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!!!! LUIS SUAREZ!!! RALLI!!!!!!!!!!!!!!!! Luis Suarez yakkama-yakka vaziyatni ko'kka sovurmoqda! Aniqrog'i, Rulli bu vaziyatda aniq harakat qilid va to'pni Suarezning oyoqlaridan olib qo'ymoqda!!!!!!!


85`
"Barselona" katta kuch bilan oldinga bormoqda.


83`
"Real Sosedad" to'pni o'z nazoratida ushlab turib vaqtni o'tkazmoqda.


81`
"Barselona" bugun o'zining mavsumdagi eng yomon o'yinlaridan birini o'tkazmoqda.


79`
"Real Sosedad" himoyachisi Messini zararsizlantira olmoqda.


78`
Uchrashuvni jonlantira olgan Dani Alvesh hakam tomonidan ogohlantirish ham olishga ulgurdi.


77`
"Barselona" ancha faollashdi. Hozirgina maydonga tushgan Dani Alvesh o'z tezkorligi bilan o'yinni jonlantira olgandek.


76`
Xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi! Luis Suarez vaziyatni cho'zib yubordi.


75`
"Barselona" hali chinakamiga "Real Sosedad" himoyasini yorib o'ta olganicha yo'q. Golli vaziyatlar yaratishda mehmonlar juda sust harakat qilishmoqda.


72`
Alba - Suarez - Messi "trio"si tashkil etgan hujumni argentinalik futbolchi o'zining zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'lgandi. Biroq to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.


71`
Jeremi Mate o'z o'rnini Dani Alveshga bo'shatib berdi.


70`
Neymar o'z driblinglarini ishga soldi va texnikasi yordamida jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Lekin Rulli yana epchillik ko'rsatib, to'pni ushlab olishga erishdi.


68`
Albaning to'p uzatishidan so'ng Xavi jarima maydonchasi ichidan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Ammo zarba kuchsiz chiqdi va Rulli ortiqcha qiyinchiliksiz to'pga egalik qildi.


67`
"Real Sosedad"da o'zgarish. Kastroning o'rniga Finnbogason tushirildi.


66`
Bu safar Messi jarima to'pini amalga oshirdi. To'p mo'ljalga aniq bormadi.


65`
"Barselona" xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi.


63`
Messi va Neymar juftligi raqib himoyasini yorib o'tishga urinib ko'rdi va buni deyarli bajargandi. Lekin so'nggi pallada Rulli to'pni epchillik bilan egallab oldi.


61`
"Real Sosedad" to'pni raqib jarima maydonchasi atrofida ushlab turibdi.


60`
Inesta o'zi to'pni darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi va uzoqdan zarba yo'lladi. Noaniq.


59`
"Barselona"da yana o'zgarish. Neymar Pedroning o'rniga maydonga tushdi.


58`
Kastroning darvoza tomon tepgan zarbasi noto'g'ri chiqdi.


57`
"Real Sosedad" vaqtni himoyada o'tkazmoqchi emas. Ular ham oldinga intilib, hujum tashkil etishni o'ylashmoqda.


55`
"Real Sosedad" qarshi hujumga o'tishi mumkin edi. Serxio Busketsning aniq harakati evaziga ularning xavfli hujumi to'xtatib qolindi.


53`
Xavi to'pni "Barselona" jarima maydonchasi ichidan uzoqlashtirishga erishdi.


52`
Mezbonlar burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Bravo to'pni chiqizdan o'tganidan keyin ushlab olgandi.


50`
"Real Sosedad" himoyada ancha ishonchli o'ynamoqda.


48`
Luis Suarez qanotdan darvozani o'qqa tutmoqchi bo'ldi. Biroq Rulli bu zarbani qaytarishda muammoga duch kelmadi.


47`
Luis Enrike Messini kech bo'lmasdan tezda maydonga tushirishni maqul ko'rdi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- "Barselona" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Messi Munirning o'rniga maydonga tushirildi.


45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


44` Borakaney! Bo'larkan-u! Kuchli zarba! Pedro! Rullidan esa "seyv"! Rahmat chiroyli zarba va "seyv" uchun!

43`
Granero ham sariq kartochka ishlab oldi.

43`
Martinez ogohlantirish oldi. To'pni qo'li bilan o'ynagani uchun. Oyoq bilan o'ynab zerikdi lekin shu futbolchi.


41`
Karlos Martinez uzoqdan zarba yo'lladi. To'ri qildi, zerikdida o'zi ham...


40`
Maskerano qo'pollik ishlatdi. Hakam esa sariq kartochka ko'rsatdi. Maskeranoga emas, Karlos Velaga. Nima uchun? Simulyaciya ishlatgani uchun.


39`
O'yin zerikarli kechmoqda. Osiyo Kubogiga esa 4 kun qolmoqda.


37` XAVFLI VAZIYAT! NIHOYAT!! Kanales!!!! Ajoyib harakat va Montoyya ortda qoldirildi, zarba! Klaudio Bravo jamoasi joniga oro kirmoqda.


36`
"Real Sosedad" jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Jarima maydonchasi tomon etkazib berilgan to'pni Bravo birinchilardan bo'lib ushlab oldi.


35`
Mate raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.


34`
"Real Sosedad" hujumga o'tdi. CHap qanotdan tashkil etilgan hujum samarasiz tugadi. Jamoa sardori Prieto to'pga zarba berishda biroz kech qolgandi.


33`
"Real Sosedad" himoyachisi o'zi istamagan holda to'pga qo'li bilan tegib ketdi. Hakam vaziyatni ko'rdi va penalti belgilamadi. CHunki to'p qo'lni topgandi.


31`
"Real Sosedad" "o'ynamay" "Barselona"ni hisobda ortda qoldirmoqda. Eslatib o'tamiz, uchrashuvda yagona bo'lib turgan golni ham kataloniyaliklar futbolchisi Alba o'z darvozasiga kiritib qo'ygandi. SHundan keyin mezbonlar deyarli to'p bilan aytarli muomalada ham bo'lishgani yo'q.


30`
To'p 25 daqiqa o'tib maydonning ikkinchi tarafiga o'tdi nihoyat va tezda yana o'z joyiga qaytdi.


29`
"Barselona" burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritgan edi. Ammo bundan naf chiqara olishmadi.


27`
"Barselona"ning hujumi xavfliroq ko'rinish olgandek bo'ldi. Montoyya, Munirning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni raqib himoyachilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.


25`
Luis Suarez jamoadoshi Pedroni yaxshi vaziyatga chiqarib yuborgandi. Ammo Pedroning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 


24`
"Real Sosedad" hujumchisi Karlos Vela ham ko'rinmayapti. To'p ungacha etib ham kelmayapti. O'yin asosan mezbonlar jarima maydonchasi atrofida bo'lmoqda.


23`
O'tgan mavsum "Liverpul"da gullagan Luis Suarez maydonda ko'rinmayapti. Aksincha, o'tgan mavsumni ko'ngildagidek o'tkaza olmagan "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes esa "Barselona" ustidan g'alaba qozonmoqda.


22`
Xavining tepgan to'pi darvoza ustidan o'tib ketdi.


21`
Montoyyaga qarshi jarima maydonchasi oldida qoida buzildi. Xavfli nuqta. "Barselona" uchun imkoniyat paydo bo'ldi.


20`
SHiddatkor futbol kutgan muxlislarning umidi hozircha oqlanmayapti.


18`
"Barselona" burchak to'pi ishlab oldi. Ammo jarima maydonchasiga oshirib berilgan to'pga zarba bera oladigan futbolchi topilmadi.


17`
Qiziq, ammo mehmonlar juda osonlik bilan to'pni raqibga oldirib qo'yishmoqda. Bazi vaziyatlarda to'p oshirishda oddiy xatolarga yo'l qo'yishmoqda.


15`
"Barselona" o'yinida rang-baranglik yo'q. Bir xil tempdagi harakatlar. Futbolchilarda ijodkorlik etishmayapti.


13`
Rejissyorlar zaxira o'rindig'ida o'tirgan Messini ko'rsatishmoqda.


11`
Deyarli vaziyatlarsiz davom etayotgan o'yinning 12-daqiqasi boshlanib ketdi. To'p mehmonlarda, ammo xavfli vaziyatlar sodir etishda Enrike shogirdlari ancha sust harakat qilishmoqda.


10`
O'yin suratini yuqori deb sizlarni alday olmayman. Uchrashuv debyutini mezbonlar haqiqatda faol boshlashdi va o'z maqsadlariga tezda erishishdi. Endi ular qarshi-hujum taktikasida o'ynashlari tabiiy.


8`
Bosh hakamning fikricha, Luis Suarez o'yin qoidasiga zid tarzda to'pni raqibidan olib qo'ydi deb topildi.


7`
"Real Sosedad" himoyachilari to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishga erishishdi.


6`
"Barselona" burchak to'pi ishlab oldi.


5`
"Barselona" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.


4`
"Real Sosedad" ketma-ket hujumlar bilan "Barselona"ni himoyaga "yopib" qo'ygandi. Qanotdan jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni Alba boshi bilan o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi.


3` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Xordi Alba o'z darvozasini ishg'ol etmoqda! Yangi yil muborak, Kataloniya!


2` O'yin mezbonlarning faolligi bilan boshlanmoqda.


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! Biz ham sharhimizni boshladik...


- "Barselona"ning uch etakchi futbolchilari Messi, Neymar, Pike zaxirada. Enrike kutilmagan qarorlar. Qani ko'ramiz, uchrashuvda nimalar ruy berarkin?


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


-
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Tunni futbol bilan o'tkazishda davom etamiz. Ispaniya chempionatining 17-tur uchrashuvi doirasidagi "Real Sosedad" - "Barselona" jamoalarining o'zaro bellashuvlarini saytimiz orqali matnli onlayn tarzda sharhlab boramiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика