Ispaniya. 20-tur. "Real" "Betis"ni tor -mor etdi
18 jan 2014 21:52
Yangiliklar


Ispaniya. 20-tur. "Real" "Betis"ni tor -mor etdi
Ispaniya chempionatining 20-turida "Real" "Betis" mehmoni bo'ldi.
Birinchi bo'limda madridiklar uchta gol urishdi. Ronaldu hisobni ochdi, Beyl va Benzema unga sherik bo'lishdi. Ikkinchi bo'limda esa gol kiritish Morata va Di Mariyalarga nasib etdi.
Betis – Real Madrid 0:5 (0:3, 0:2)
18 yanvar, 20.00, Benito Vilyamarin
Gollar: 0:1 – 10 Ronaldu, 0:2 – 25 Beyl, 0:3 – 45 Benzema, 0:4 – 62 Di Mariya, 0:5 – 90 Morata.
Betis – Andersen, CHika, Paulao, Amayya, Didak, Matilya, L.Reyes (Karo, 78), S.Sevilya (Xuanfran, 63), Leo Baptistao, Molina, Ruben Kastro (Vadilo, 56).
Real Madrid – Diego Lopes, Karvaxal, Pepe, Ramos (Nacho, 73), Marselo, Alonso, Modrich, Di Mariya (Ilyarramendi, 69), Beyl, Benzema (Morata, 77), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Ramos (19), S.Sevilya (27), Vadilo (74), CHika (78).

Fikrlar