So’nggi yangiliklar

23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  1 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  4 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  3 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6

Ispaniya. 20-tur Prevyusi Yangiliklar

Ispaniya. 20-tur Prevyusi

Etiboringizga Ispaniya chempionati 20-tur o'yinlarining prevyusini taqdim etamiz.



17 yanvar. "Malaga" - "Valensiya". 00:59
"Malaga"ning bu mavsumdagi ishlari unchalik yurishmayapti. 14-pog'onani band etib turgan "Malaga" oxirgi uchrashuvlarda bittadan ko'p gol ura olmayapti. So'nggi etti uchrashuvda besh ochko maqtanishga arziydigan natija emas albatta.

Navbatdagi raqib "Valensiya" esa so'nggi uchrashuvni inobatga olmaganda qoniqarli natijalar qayd etmoqda. 8-pog'onada borayotgan valensiyaliklar evrokuboklarda ishtirok etish uchun kurash olib borishmoqda. O'zaro o'yinlar natijalariga yuzlansak qiziq holatga duch kelamiz. Sababi, ushbu jamoalarning qay biri g'ala qozonmasin, odatda albatta yirik natija qayd etiladi.

So'nggi olti o'yinga etibor qaratsak "Valensiya"ning 4 ta, "Malaga"ning 2 ta g'alaba qozonganining guvohi bo'lamiz.

Yana bir qiziq holat, klublar navbati bilan ikki martadan zafar quchishni odat qilganlar. Balki bu tasodifdir, lekin mana 4 yildirki ushbu anana saqlanib kelmoqda.

Endigi navbat "Malaga"da. Lekin jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, aniq bir nima deyish mushkul vazifa. Har ikki jamoaning asosiy o'yinchilari safda.  

To'purarlar - Roke Santa Krus 4 ta ("Malaga"). Jonas 8 ta ("Valensiya")

P.S: Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv o'z nihoyasiga etib bo'lgan. Unda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi 0:0.  


18 yanvar. Betis : Real Madrid. 20:00


Mezbonlar oxirgi bahsda mag'lub bo'lgan bo'lsalarda, jamoa to'purari Xorxe Molina gol urishga muvaffaq bo'ldi. Asosiy quroli gol urganidan quvongan Xuan Karlos Garrido kelajakga ishonch bilan boqmoqda va xattoki "Real Madrid" bilan bo'ladigan bahsda ham ochko "yulib" olishga urunib ko'rinishlarini takidlab o'tdi.

To'g'ri musobaqa jadvaliga qarasak, "Real"ning ochko yo'qotishi uchun qandaydir mo'jiza kerakdek. Lekin bu - futbol. Unda barchasi maydonda hal etiladi.

O'zaro o'yinlar statistikasi ham madridliklarning katta ustunligini ko'ramiz. Umumiy hisobda 37 ta uchrashuv o'tkazilgan bo'lsa, shularning faqatgina 7 tasida "bodringlar" g'alaba qozona olganlar. Yana 12 to'qnashuvda durrang natija qayd etilgan.

"Betis" 2012 yilning 25 noyabridan beri "Real Madrid"ni yuta olmayapti. CHempionatda so'nggi marta 11 tur avval zafar quchgan. Tabiiyki futbolchilar ham, jamoa muxlislari ham g'alaba nashidasini sog'inib qolishgan. Agarda u "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvda amalga oshsa, nur ustiga alo nur bo'ladi.

Albatta "Betis" tarafdorlari uchun va... Va albatta "Barselona" va "Atletiko" uchun. Mezbonlar turnir jadvalining so'nggi pog'onasini hali beri hech kimga bermaydiganga o'xshaydi.

19 ta uchrashuvda 16 gol urish uncha-muncha klubning "qo'li"dan kelmaydi. SHu o'rinda madridliklar muxlislarini ranjitayotgan bir narsa, darvozabon va gol o'tkazib yuborish muammosidir. "Betis"ga qarshi o'yinda Diego Lopes o'z darvozasini quruq saqlay olarmikan? Har holda o'sha yomonlanayotgan Lopes klub tarixidagi eng yaxshi start (Yil boshida ketma-ket g'alaba qozonish bo'yicha "Real" tarixidagi eng yaxshi start) amalga oshirilishida ozmi-ko'pmi o'z hissasini qo'shdi.

Etiborlisi jamoa nafaqat yutqazmadi balki, yangi yildagi uchrashuvlarda birorta ham gol o'tkazib yubormadi. Jamoa qishgi transfer oynasida futbolchi sotib olmoqchi emas. Lekin klub futbolchilariga takliflar etarlicha. Ularning biri Moratadir. SHuningdek, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Yuventus” va “Borussiya” qiziqayotgan ushbu futbolchi navbatdagi bahsda ishtirok etishi katta so'roq ostida. Xabaringiz bo'lsa kerak, Alvaro kubok bahsida jarohat oldi va o'yinni ertaroq yakunladi.

"Betis"ga ushbu o'yinda Alvaro Vadillo, Xavi Torres, Nono yordam bera olmaydilar.
"Real" tarkibida Sami Xedira va Rafael Varan maydonga tusha olmaydi.
To'purarlar - Xorxe Molina 7 ta ("Betis"). Krishtianu Ronaldu 20 ta ("Real Madrid").
   

18 yanvar. "Elche" - "Rayo Valekano". 22:00
Fran Eskriba boshchiligadi "Elche" so'nggi o'n bir uchrashuvda g'alaba qozonmagan. Lekin "Elche" uchun oxirgi turda "Sevilya"ga qarshi o'yindagi durang ham yomon natija emas.

Jamoa  17-pog'onani band etib turibdi va mag'lubiyatga uchrashga haqqi yo'q. CHunki uning ortidan kelayotgan "Valyadolid" va navbatdagi uchrashuvdagi bevosita raqib "Rayo Valekano" 16 tadan ochko jamg'argan va izma-iz taqib kelishmoqda.

"Rayo Valekano" o'z navbatida oxirgi bahsni o'z foydasiga hal eta olgan. "Xetafe"ga qarshi o'yinda Buenoning goli mehmonlarga g'alabani taqdim etgan. O'zaro o'yinlarda katta ustunlik mezbonlar tomonida. 11 uchrashuvning 8 tasida "Elche" futbolchilarining qo'li baland kelgan va faqatgina 1 ta to'qnashuvda rayoliklar g'alabani o'zlariniki qilib olganlar.

Uchrashuvda ishtirok eta olmaydiganlar: "Elche" - Kristian Sapunaru, Manu Gerrera, Alvaro Ximenez. "Rayo Valekano" - Alberto Perea, Xoakin Larrivey, Sebastyan Fernandes, Xose Karlos.
To'purarlar - "Elche" - Richmond Boake 3 ta, "Rayo Valekano" - Alberto Bueno.

18 yanvar. "Granada" - "Osasuna". 23:59
"Granada" oxirgi o'yinlarda faqat yirik natijalar qayd etilishida qatnashmoqda. "Granada" - "Valyadolid" - 4:0, "Almeriya" - "Granada" - 3:0, "Granada" - "Real Sosedad" - 1:3. Jamoa hujumkor o'yinni hush ko'radi, lekin o'z navbatida himoyani ham unutib qo'yish odati bor.

"Bo'lsa bo'ldi, bo'lmasa yo'q" degandek. Albatta bu hazil. Lekin klub natijalari shunday hayolga borishga majbur qiladi. "Valyadolid"ni qabul qilgan granadaliklardan hech kim bunday gollar shousini kutmagandi.

Murilo, Resio va Al-Arabining harakatlari evaziga jamoa muxlislari uylariga mamnun qaytishdi.

O'zaro o'yinlarning oxirigi uchtasida faqat "Granada"ning qo'li baland kelgan.

Uchrashuvda ishtirok eta olmaydiganlar: "Granada" - Dani Benites, Murilo. "Osasuna" - Manuel, Sisi, Nino, Andres Fernandes.
To'purarlar - Yusuf Al-Arabi 7 ta ("Granada"), Oriol Riera 7 ta ("Osasuna").
 
19 yanvar. "Espanol" - "Selta". 02:00
Xaver Agirre qo'l ostidagi "Espanol" "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronalduni ushlab qola oldiku, ammo Pepe gol urib qo'yishi mumkinligini inobatga olmagan edi. Aynan shu sabab "Qirollik klubi" uchun juda og'ir kechgan o'yinda kichik hisobda mag'lub bo'ldi.

"Selta" esa "Valensiya"ni qabul qilib ko'pchilik kutmagan joyda g'ala qozondi. Raqib tarkibidagi Parexoning goliga mezbonlar tarkibida SHarles ikki bor javob bera oldi.

"Espanol" 12-pog'onada, "Selta" esa 15-o'rinda bormoqda va jamoalarni bor yo'g'i 3 ochko ajratib turibdi. O'zaro o'yindagi g'alaba "Selta" uchun raqibga etib olish imkonini beradi. Aynan shu sabab mehmonda bo'lishiga qaramay "Selta" olg'a intiladi.

Buning ustiga o'zaro o'yinlarda "Espanol"ning ikki g'alabasidan so'ng, "Selta" yana ikkita o'yinda mag'lub bo'lmaslikning ilojini topdi. Bir g'alaba va durangdan so'ng raqibdan hayiqish biroz chekingan bo'lsa ajab emas.
Jamoalar tarkiblarida jarohat tufayli uchrashuvda ishtirok eta olmaydiganlar yo'q.
To'purarlar - Serxio Garsiya 7 ta ("Espanol") SHarles 7 ta ("Selta").

19 yanvar. "Xetafe" : "Real Sosedad". 16:00
Bu jamoalar 13 marotaba to'qnash kelganlar va ularning 5 tasida "Xetafe" zafar quchgan, 3 tasida "Real Sosedad" va yana 5 ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. "Xetafe" kuchli o'nlikka kirish harakatida yurgan bir pallada, sosedadliklar evro kuboklar xaqida o'y surishmoqda.

"Vilyareal"ga qarshi bo'lib o'tgan so'nggi o'yinni inobatga olmasakb jamoaning natijalari yomon emas. Hujumga yaqinroq bo'lgan futbolchilarning samarali o'yini, himoyadagilarga ham erkinlik yaratib bermoqda. Luis Garsiya qo'l ostidagi "Xetafe" o'z maydonida ochkolarni shunchaki ulashib bermaydigan va chinakamiga kurash olib boruvchi jamoa aylandi.

Lekin navbatdagi raqib ham anoyilardan emas, jamoa tarkibida Karlos Vela, Antoni Grizman, Esteban Granerodek futbolchilar bor jamoaning hujumlarini to'xtatib qolishning o'zi bo'lmaydi.

Uchrashuvda ishtirok eta olmaydiganlar: "Xetafe" - Moskuera, Michel "Real Sosedad" - De la Belya, Zurutuza, Esteban Granero, Inyigo Martinez.
To'purarlar - Antoni Grizman 12 ta ("Real Sosedad"). Pedro Leon 5ta ("Xetafe")

19 yanvar. "Levante" - "Barselona". 23:00


Lionel Messi qaytdi! Bugun ko'pchilik futbol muxlislarining tilida shu gap. Messi qaytdi! Darhaqiqat Lionel uzoq vaqt katta futboldan chetga qolganiga qaramay, o'ziga xos o'yin uslubini esdan chiqarib qo'ymagan. Buni uning o'yini ham tasdiqlab turibdi. "Xetafe"ga qarshi kubok bahsida Leo dublga erishdi. Bundan tashqari yana bir nechta qulay vaziyatlari ham bo'lgan "Barsa" futbolchilariga shu hisob ham etarli edi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:0, "Barselona" keyingi bosqichga yo'l oldi.

Klub argentinaliksiz ham gollar yog'dusini taqdim etayotgandi. So'nggi "Atletiko"ga qarshi o'yingacha bo'lgan 3 ta bahsda 11 ta gol! Bu jamoaning hujumdagi salohiyatini ko'rsatib beradi. Lekin "Barselona"ning qanday kuchga ega ekanligi to'g'risida ortiqcha gap-so'zning hojati yo'q.

"Matraschilar" bilan bo'lgan bahsdan (0:0) so'ng, hech bir jamoa oldinga o'tib ololmadi. O'zaro o'yindagi durang faqatgina "Real Madrid" foydasiga ishladi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Endi yana jamolar o'z yo'llari bilan chempionlik sari intilishadi. Oradagi farq kamaygani sabab, "Real" ham o'z raqiblarining qoqilishini kutib turadi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar bo'yicha tabiiyki kataloniyaliklar ustunlik qilishmoqda. Qiziqi shuki, jamoalarning oxirgi uchrashuvida "Barsa" raqibi darvozasiga javobsiz 7 ta gol urgan. Bu safar ham yirik g'alaba nasib etadimi, yoki kutilmaganda sensaciya qayd etiladimi.

Bunga ishonish qiyin. Lekin La Ligada hammasi bo'lishi mumkin. Balki yuq dersiz, ammo avvalgi turlardagi natijalarga bir etibor bering, "Barsa" ham, "Real" va "Atletiko" ham unchalik kuchli bo'lmagan raqiblarga qarshi o'yinda ochko yo'qotganlar.

"Levante" o'zining oxirgi uchrashuvida kichik, 1:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Biroq, "Malaga" va "Barsa"ning "birozgina" farqi bor, bizning nazdimizda. Ko'ramiz, aslida qanday bo'larkin? Kutilgan natija va voqealarmi yoki...   

Uchrashuvda ishtirok eta olmaydiganlar: "Levante" - David Navarro, Baba Diavara, David Barral. "Barselona" - Oyer, Dani Alves.
To'purarlar - David Barral 4 ta ("Levante"), Pedro va Aleksis Sanches 11 tadan ("Barselona")

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика