So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  0 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  3 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  27 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

Ispaniya. 19-tur Prevyusi. Bugun – “Atletiko”– “Barselona” Yangiliklar

Ispaniya. 19-tur Prevyusi. Bugun – “Atletiko”– “Barselona”

Etiboringizga Ispaniya chempionati 19-tur o'yinlarining prevyusini taqdim etamiz.

11 yanvar 01:00
Granada - : - Valyadolid
11 yanvar 20:00
Atletik Bilbao - : - Almeriya
11 yanvar 22:00
Selta Vigo - : - Valensiya
12 yanvar 00:00
Atletiko Madrid- : - Barselona
12 yanvar 02:00
Elche - : - Sevilya
12 yanvar 16:00
Getafe - : - Rayo Valekano
12 yanvar 21:00
Real Betis - : - Osasuna
12 yanvar 23:00
Espanol - : - Real Madrid
13 yanvar 01:00
Levante - : - Malaga
14 yanvar 02:00
Vilyareal - : - Real Sosedad


10 yanvar, Juma

23:59. “Granada” – “Valyadolid

Har ikki jamoa 2014 yilning birinchi uchrashuvida juda yomon o'yin namoyish etishdi desak, ancha yumshatib gapirgan bo'lamiz. Tarkib bo'yicha o'zini oqlash imkoniyati “Granada” futbolchilarida ko'proq. Mezbonlar tarkib bo'yicha ham, jarohat olganlar va diskvalifikaciyalanganlar bo'yicha ham yaxshiroq holatda.

“SA” taxmini – 2:1.


                                  11 yanvar, SHanba

19:00.“Atletik” – “Almeriya

Alfavit bo'yicha qaraydigan bo'lsak chempionatni birinchi va ikkinchi jamoalarining uchrashuvida yaqqol favorit bor. “Atletik”raqibi “Almeriya”dan bir kalla ustun desak adashmaymiz. Boz ustiga bilbaoliklar tarkib borasidagi muammolarni hamhal eta oldi.

“SHerlar” ning barcha hujumchilari safda. Basklar derbisidagi mag'lubiyatdan so'ng esa, jamoa ikki barobar ishtiyoq bilan o'ynasa ajab emas. Bunga jamoaning CHempionlar Ligasida qatnashish huquqini saqlab qolish niyati ham sabab bo'ladi.

“SA” taxmini– 2:0.


21:00. “Selta” – “Valensiya

Juda qiziqarli uchrashuv bo'lishi shubhasiz. “Valensiya” Piccining jamoa boshqaruvini qo'lga olganidan so'ng, to'pga egalik qilishga urg'u beruvchi o'yin uslubini asta o'zlashtirmoqda. “Selta”ham “Eng yaxshi himoya – hujum” degan naqlga amal qilmoqda va juda ham hujumkor o'yin namoyish etmoqda. Yorqin o'yin, ammo doim ham samarili emas.

“SA” taxmini– 1:2.


23:00. “Atletiko”– “Barselona

La Liga peshqadamlarining o'zaro to'qnashuvini juda uzoq kutib qoldik. Juda ham uzoq. Naq bir yil kutdik. Sababi chempionat 2013 yilda boshlangan, “Atletiko” – “Barselona” uchrashuv esa birinchi davraning oxirgi turiga to'g'ri keldi. 18-turdan so'ng “Barselona” bilan birinchi o'rinni teng bo'lib olayotgan “Atletiko”, hozirga keliboq o'zining yuqori saviyadagi jamoa ekanligini isbotladi. 

Diego Simeone hamon jamoasining uchempionlik uchun kurashayotgani to'g'risidagi xabarlarni inkor etayotganiga qaramay, “indeyslar” juda yaxshi harakat qilishmoqda. Buni ularning primera tarixidagi ochko yig'ish bo'yicha eng yaxshi natija grafigidan ham yaxshiroq ketayotgani dalil bo'la oladi. Eng yaxshi natija bu 100 ochko.


“Barselona”2014 yilda “matraschilar"dan ishonchliroq ko'rinmoqda, qo'shimchasiga Lionel Messi juda ajoyib tarzda qaytishni amalga oshirdi. Argentinalik uchun “Atletiko” – eng qulay raqib hisoblanadi.

“Oltin to'p”ning to'rt karra sohibi Madridning bu jamoasiga qolgan barcha raqiblardan ko'ra ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Uchrashuvni sariq kartochkalari ko'payib ketgan Xuanfran o'tkazib yuborishi kerak edilekin, uzoq janjallardan so'ng jazo bekor qilindi. Superkubok uchun bo'lgan o'zaro kurashdan so'ng, “Barsa” ikki bor mag'lub bo'ldi, “Atletiko” esa bir marta.

“SA” taxmini– 2:1.


01:00. “Elche” – “Sevilya

“Elche”so'nggi to'rt o'yinda roppa-rosa nol ochko to'pladi. “Sevilya”esa juda yaxshi sport formasida: oxirgi olti uchrashuvda besh g'alaba va bitta durrang. “Elche”ning markaziy himoyachisi Botianing uchrashuvda qatnasha olmasligi “Sevilya”ning vazifasini ancha osonlashtiradi.

“SA” taxmini– 0:2.


                                  12 yanvar, yakshanba

15:00. “Xetafe” – “Rayo Valekano

"Rayo Valekano" oxirgi uchrashuvlarni ishonchli o'tkaza olmayapti, qo'shimchasiga tig'iz grafik. Hafta o'rtasida har ikki jamoaning Kubok bahsidan so'ng, o'zaro to'qnashuvi bo'ladi.

Lekin etirof etish zarur o'sha uchrashuvda “Xetafe” etakchilari: Pedro Leon, Lafita va Kolunga faqatgina zaxiradan maydonga tushishdi va etarlicha kuch saqlab qolishgan bo'lsa ajabmas.

“SA” taxmini– 3:1.


20:00. “Betis” – “Osasuna

"Betis" chempionat bahslarida 12 uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti.Lekin Kubok uchrashuvida “Atletik”taslim etildi(1:0). "Osasuna"ga qarshi o'z maydonida ijobiy natija qayd etish “Betis” futbolchilarining “qo'lidan” keladi.

“SA” taxmini– 1:1.


22:00. “Espanol” – “Real


O'tgan mavsumda “Espanol” – “Real”uchrashuvi “Barselona” uchun chempionlikni taqdim etgandi.

“Espanol”madridliklardan ochko olib qo'yadi va (1:1) “Barsa”ni muddatdan oldin chempion bo'lishiga imkoniyat yaratib beradi. Bu safar Karlo Anchelotti shogirdlari o'yinga jiddiy qarashlari shubhasiz. CHunki mag'lubiyat – chempionlik bilan vidolashish demakdir.

“To'tiqushlar" safida Serxio Garsiya harakat qila olmasligi mezbonlarga qo'shimcha tashvish bo'ladi. .

“SA” taxmini – 1:3.


23:59. “Levante” – “Malaga

“Malaga”tarkibida bir yo'la ikki markaziy himoyachi – Antunesh va Anxeleri sariq kartochkalari ko'payib ketgani sabli bu uchrashuvda maydonga tusha olmaydilar. Xesus Gamesning ham jamoasiga yordam bera olishi so'roq ostida.

“SA” taxmini – 1:1.


                                   13 yanvar, Dushanba

01:00. “Vilyarreal” – “Real Sosedad


Ushbu jamoalar oxirgi sakkiz kunda uch bor uchrashishlariga to'g'ri keladi. Kubok uchrashuvlarining o'rtasiga yana chempionatdagi to'qnashuv ham qo'shildi.Ularning birinchisi “San-Sebastyan”da 0:0 hisobida yakun topdi. Umuman olganda o'yin ham hisobga yarasha bo'ldi.

“Sariqlar” o'z maydonida ko'proq narsaga qodir, lekin mehmonlar tarkibida Grizmann ajoyib sport formasida, ushbu futbolchi chempionatning oxirgi 10ta o'yinida 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

“SA” taxmini – 1:1.



To'purarlar ro'yxati:

# O'yinchi Jamoa Gollar
1 Cristiano Ronaldo Real Madrid 20
2 Diego Costa Atletico Madrid 19
3 Antoine Griezmann Real Sociedad 12
4 Javi Guerra Valladolid 11
5 Alexis Sanchez Barcelona 11
6 Pedro Rodriguez Barcelona 11
7 Karim Benzema Real Madrid 9
8 Ikechukwu Uche Villarreal 9
9 Carlos Bacca Sevilla 9
10 Lionel Messi Barcelona 8

Musobaqa jadvali:

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Barcelona 18 16 1 1 53 - 12 41 49
2 Atletico Madrid 18 16 1 1 47 - 11 36 49
3 Real Madrid 18 14 2 2 52 - 21 31 44
4 Athletic Bilbao 18 10 3 5 26 - 23 3 33
5 Real Sociedad 18 9 5 4 35 - 23 12 32
6 Villarreal 18 9 4 5 32 - 20 12 31
7 Sevilla 18 8 5 5 35 - 29 6 29
8 Valencia 18 7 2 9 25 - 29 -4 23
9 Getafe 18 7 2 9 20 - 30 -10 23
10 Espanyol 18 6 4 8 22 - 24 -2 22
11 Malaga 18 5 5 8 19 - 23 -4 20
12 Levante 18 5 5 8 17 - 27 -10 20
13 Granada 18 6 2 10 15 - 25 -10 20
14 Almeria 18 5 4 9 20 - 32 -12 19
15 Osasuna 18 5 3 10 15 - 28 -13 18
16 Elche 18 4 5 9 16 - 27 -11 17
17 Valladolid 18 3 7 8 21 - 29 -8 16
18 Celta Vigo 18 4 4 10 21 - 30 -9 16
19 Rayo Vallecano 18 4 1 13 18 - 45 -27 13
20 Real Betis 18 2 5 11 15 - 36 -21 11


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика