Ispaniya. 16-tur Prevyusi
14 dek 2013 10:00
Yangiliklar


Ispaniya. 16-tur Prevyusi
Muxlislar orasida shunday gap yuradi: "Ispaniya La Ligasida ikkita chempionat bor, bular: "Real" va "Barsa"ning chempionlik uchun kurashi va qolganlarning uchinchi va undan keyingi o'rinlar uchun bahs olib borishi". Uzoqqa bormaylik, o'zimizning diyorimizda ham shunga o'xshash fikrli insonlar etarlicha topiladi. Ayniqsa futbol muxlislarining bugungi avlodini 95% uchun Ispaniyada etirofga loyiq faqat ikkita jamoa bor. Bular kimligini qaytarishning hojati yo'q menimcha. Axir xattoki so'nggi vaqtlardagi o'yinlaridan keyin ham, Madridning birinchi jamoasi "Atletiko" deb aytadigan ishqibozni topish mushkul ish. Lekin etibor berganmisiz? Agarda Ispaniyada "Barselona" va "Real Madrid"ga teng keladigan raqib yo'q va bu ikki jamoaning g'alaba qozonishi odatiy va o'zgarmas hol bo'lsa, nega unda bu jamoalar ham ochko yo'qotishadi? Nega unda ular o'zaro o'yinlarni hisobga olmagan taqdirimizda ham 100% lik natija ko'rsata olishmaydi? CHunki bu futbol, unda nima bo'lishini oldindan aniq aytib bo'lmaydi. Bunga La Liganing so'nggi tur uchrashuvida Bilbaoning "Atletiko"si o'sha "Barsa"ni kutilmaganda mag'lub etgani yorqin misol bo'la oladi. To'g'ri bu jamoalar ("Real" va "Barsa") nisbatan kuchliroq bo'lishi mumkin, lekin ular ham vaqti-vaqti bilan mag'lubiyatga uchraydilar. Nima bo'lganda ham muxlis chiroyli futbol ko'rishni istaydi. Bizning niyatimiz ham shu, kim g'alaba qozonsa-qozonsinku, bu haqqoniy va chiroyli tarzda amalga oshirilsa bo'lgani.
14.12 00:59 |
Levante | - : - | Elche |
14.12 20:00 |
Osasuna | - : - | Real Madrid |
14.12 22:00 |
Rayo Vallecano | - : - | Granada |
15.12 23:59 |
Barcelona | - : - | Villarreal |
15.12 02:00 |
Malaga | - : - | Getafe |
15.12 16:00 |
Almeria | - : - | Espanyol |
15.12 21:00 |
Real Sociedad | - : - | Real Betis |
15.12 23:00 | Sevilla | - : - | Athletic Bilbao |
16.12 00:59 | Atletico Madrid | - : - | Valencia |
17.12 02:00 | Valladolid | - : - | Celta Vigo |
13 dekabr. Levante – Elche. 00:59
So'nggi uch turda mag'lub bo'layotgan Xoakin Kaparros shogirdlari aynan elcheliklarga qarshi o'yinda bu nohush ananaga barham berish niyatida bo'lsalar ajab emas. Bunga ularning to'liq haqlari bor. Buni statistika ham ko'rsatib turibdi. Bu jamoalar o'zaro 6 bor uchrashgan bo'lib, ularning 5tasida Valensiyaliklar zafar quchishgan va bir bor durrang natija qayd etishgan. g'alabaga ikki hissa harakat qilishning yana bir sababi, bundan buyon "Levante"ni biri-biridan qiyin va murakkab o'yinlar kutib turibdi. "Atletiko", "Valensiya", "Malaga", "Barselona" va "Sevilya". SHu ro'yxatning o'zi La Liga muxlislari jamoani naqadar qiyin uchrashuvlar kutib turganini bilib olishlari uchun etarli bo'lsa kerak. SHu sababli "Levante" kerakli ochkolarni o'zining bevosita raqiblari bilan uchrashuvlarda to'plashi nur ustiga alo nur bo'lardi. Jamoa nafaqat o'zi ochko jamg'aradi balki, turnir jadvalidagi "qo'shni"lar ochko yo'qotadilar. "Elche" oxirgi turda mag'lub bo'ldi. Elchega mehmon bo'lib kelgan "Atletiko" jamoasi 2-0 hisobida g'alaba qozondi. "Elche"ni ham bundan so'ng "Malaga", "Barselona" va "Sevilya" bilan bahslar kutib turganini aytib o'tish kerak.
O'zaro o'tkazilgan o'sha olti bahsning birortasida jamoalar umumiy harakatlar evaziga 3tadan ortiq gol urmaganlar, bu nimadan dalolat beradi? Bu shuning isbotiki, jamoalar raqib bilan o'yinda birgina xato ham juda qimmatga tushishini yaxshi biladilar. Murosasiz o'tajak bahslar odatda yirik musobaqa finallarida kuzatiladi dersiz, yo'q, bazan futbolchilari saviyasi uncha yuqori bo'lmagan, lekin biri-biriga muneosib raqiblar ham ishtiyoq va intilish evaziga muxlisbop o'yin namoyish etib bera oladilar. SHunchaki bu har doim ham bo'lavermaydi.
Har ikki klub 15-turdan so'ng, bir xil - 17 ochkodan jamg'arganlar.
To'purarlar:
"Levante" "Elche"
N. El Zhar 4 R. Boakye 3
"SA" tahmini: 45% - 55%
14 dekabr. Osasuna - Real Madrid. 20:00
Milliy chempionatning oxirgi 5 turida 24 gol urgan "galaktikos" futbolchilari bu turda "Osasuna" mehmoni bo'ladi. O'z navbatida mezbonlar so'nggi 5 turda 10ta gol o'tkazib yuborganlar. Lekin mehmonda "Valensiya"dan 3 gol qabul qilib olib biror marta ham javob bera olmagan Xaver Garsiya shogirdlari o'z maydonlarida nomdor raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qiladilar. Kuchlilar orasida qolish uchun kurashayotgan "Osasuna" uchun har bir o'yin va har bir ochko juda muhim. Jamoa 13 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalining 16-pog'onasini egallab turibdi. taqibchilar va yuqoriroqdagilar bilan farq unchalik katta emasligini inobatga olsak, klub shubhasiz xattoki "Real" bilan o'yinda ham ochkolar uchun kurashadi. Buni "sesaciya" dersiz, lekin avvalgi turda "Barselona" mag'lubiyatga uchraganda "Real" yutqazmaydi deb kim kafolat bera oladi. To'g'ri madrikliklar hozirgi vaqtda nafaqat Ispaniya balki Evropada ham uncha-muncha raqibni kimsan demasdan er tishlata oladilar, lekin hamma narsaning yakuni bor. Ushbu uchrashuvda Krishtianu Ronalduning maydonga tushmasligiga hech qanday sabab yo'q. Evropa CHempionlar ligasining 6-tur uchrashuvida "Kopengagen" darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo'lgan portugaliyalik futbolchi guruh bosqichining o'zida 9 gol bilan, turnir rekordini yangiladi. La Liganing navbatdagi uchrashuvida ham gol urish va La Liga to'purarlari ro'yxatidagi peshqadamligini mustahkamlashga urinishi aniq. Bundan tashqari jarohatidan tuzalib, asosiy tarkibdagi o'rnini sekin asta qaytarib olayotgan va kuni kecha qiz farzandli (Emma) bo'lgan Xabi Alonso ham asosiy tarkibdan joy olsa ajabmas. Avvalroq madridliklar chempionat bahslarida anchagina sermahsul o'yin namoyish etayotganlarini aytib o'tgandik. Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa "kuchli beshlik" chempionati jamoalarining ichida ham eng ko'p gol urgan jamoa hisoblanadilar. Oxirgi rasmiy 21 uchrashuvda 64 bor gol urish boshqa hech bir jamoaga nasib etmagan. Ichki chempionatda esa madridliklar hamon peshqadamlar "Atletiko" va "Barselona"ni taqib qilishmoqda. Nima bo'lganda ham jahon yulduzlari ishtirokidagi uchrashuv zerikarli bo'lmasligi aniq.
To'purarlar:
Osasuna Real Madrid
Oriol Riera 5 Krishtianu Ronaldu 17
"SA" tahmini: 35% - 65%
14 dekabr. "Rayo Valekano" - "Granada". 22:00
"Tereza Rivera" stadionida bo'lib o'tadigan bahs murosasiz bo'lishi kutilmoqda. CHunki jamoalarni bor yo'g'i 4 ochko ajratib turibdi. O'zaro uchrashuvlar tarixini qarasak ham murosasizlik guvohi bo'lamiz. "Rayo Valekano" g'alaba qozongan taqdirda "Granada"ga deyarli etib oladi. Mezbonlar bu uchrashuvda jon-jaxtlari bilan harakat qilishlarini tahmin qilsa bo'ladi. Jamoa "jon saqlovchilar" qatorining yuqori, turnir jadvalining esa ancha quyi pog'onasi - 17-o'rinda bormoqda. Jadvalning quyi pog'onalaridagi jamoalarni juda ham tig'iz joylashganini inobatga olsak, g'alaba va 3 ochko jamoa joniga oro bo'la oladi. Avvalgi tur ikki turda gol urishiga qaramay mag'lub bo'layotgan Pako Xemes shogirdlari bu safar o'z maydonlarida "Granada"ni hafa qilishga urinib ko'rishadi.
O'zaro o'yinlarda jamoalar 2 bor durrangga imzo chekishgan bo'lsa, "Rayo" futbolchilari 3 bor g'alaba nashidasini surishgan. Lekin oxirgi to'qnashuvda "Granada" kichik 1:0 hisobida zafar quchgan.
"Rayo Valekano"da maydonga: Gálvez Rodrí, Alberto Perea, Zé Castro, S. Fernández, José Carlos, Saúl maydonga tusha olishmasa, mehmonlarga: Mainz va D. Buonanotte yordam bera olishmaydi. Saúl va D. Buonanotte qizil kartochkalari tufayli o'yinni o'tkazib yuborishsa, qolganlar hali jarohatidan qutulganlaricha yo'q!
To'purarlar:
"Rayo Valekano"
Alberto Bueno va Xonatan Viera 4tadan
"Granada"
Yussuf al-Arabi 6ta
"SA" tahmini: 55% - 45%
14 dekabr. "Barselona" - "Vilyareal". 23:59
"Barselona" jamoasini alohida tanishtirib o'tirish shart bo'lmasa kerak. Lionelsiz "Barsa"ga qiyin bo'ladi degan fikrlarni ishonch bilan engib o'tgan Xerardo Martino shogirdlari navbatdagi turda "Vilyareal"ni kutib olishadi. CHempionlar Ligasi 6-turida bir qarashda turnirdagi vaziyatiga tasir etmaydigan uchrashuvda SHotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Seltik"ni er tishlatgan "ko'kanorranglilar" safida Neymarning o'yinlari borgan sari ochilib bormoqda. U so'nggi uchrashuvda xet-trikga erishdi va bir bor jamoadoshiga golli pas etkazib bera oldi. O'sha kuni "Barselona"ning, hususan Neymarning o'yini rostmanasiga ajoyib chiqdi. O'sha bahsni kuzatganlar fikrimizni to'liq tasdiqlashlariga shubha yo'q. Oltita goldan tashqari yana bir nechta qulay vaziyatlardan foydalana olmagan kataloniyaliklar bir bor o'z darvozalaridan ham gol o'tkazib yuborishgani o'yinning umumiy ko'rinishini unchalik o'zgartirmadi. Jamoasini oldinda "Vilyareal" bilan bo'ladigan muhim o'yin kutib turganini bilgan holda Martino hozirda jamoaning hujumdagi asosiy quroliga aylanib ulgurgan Neymarni almashtirib qo'ya qoldi. Uchrashuvdan keyin bergan intervyusida ham Tata shunday dedi: "Neymar juda katta ko'lamdagi ishni amalga oshirmoqda, ketma-ket bo'lib o'tgan uchrashuvlar tufayli unda jismoniy toliqish bo'lishi mumkin, shu sababli u dam olishi zarur". Neymarning hordig'i faqatgina o'sha uchrashuvning qolgan yarim soati edimi yoki... 24 dekabr tunining qoq yarmida bunga javob topishimiz mumkin bo'ladi. Haqiqatan ham braziliyalik futbolchi so'nggi yillarda muxlislarning tilidan tushmay kelayotgan gap: "Messisiz "Barsa" - "Barsa" emas", qabilidagi gap-so'zlar hech bo'lmaganda biroz kamayishiga sabab bo'la oldi. CHempionat bahsining avvalgi turida Madridning "Real"i futbolchisi Garet Beylning xett-trikiga Neymar munosib javob qaytardi chamamda. Alohida o'yinchilarni qo'yib turaylik, "Barselona" davri ortda qolganmi-yo'qmi bunisi aniq emasku, lekin qanday bo'lishidan qatiy nazar "Barselona" CHL 1/8 finaliga yo'llanmani qiyinchiliksiz qo'lga kiritdilar. Navbatdagi raqib "Vilyareal" turnir jadvalining beshinchi pog'onasini band etgan. Xabaringiz bor Ispaniya klublariga CHLda 4 o'rin ajratilgan. Bu esa o'sha o'rinlar uchun kurashni yanada murosasiz bo'lishini taminlaydi. CHunki "Vilyareal" ham to'rtinchi o'ringa ko'tarilishi uchun kam emas, ko'p emas 2 ochko kerak. Agarda jamoa zafar quchib, eng yaqin raqib "Atletik" Sevilyada "qoqilsa" jamoa shu turdan keyinoq 4-pog'onaga ko'tarilib oladi. SHu sababli mehmonlar ham kataloniyaga shunchaki sayohatchi sifatida kelishmagan. O'zaro o'yinlarda so'zsiz ustunlik kataloniyaliklar tarafda. Oxirgi 5 uchrashuvda "Vilyareal" bor yo'g'i 1 ochkoga ega bo'lgan. Lekin jamoa muxlislari uchun yaxshi yangilik bu jamoaning mana 4 uchrashuvdirki mag'lubiyatga uchramayotganidir. Ushbu mag'lubiyatsiz seriyani davom ettira oladilarmi yoki o'yini ochilib borayotgan "Barsa" muxlislarini xushnud etadimi? Ko'ramiz!!!
Barselona tarkibida maydonga tusha olmaydigan futbolchilar: Puyol, Viktor Valdes, Dani Alves, Tello, L. Messi, Xordi Alba, I. Afellay (barchasi jarohat), Adriano Correia (qizil kartochka)
Vilyareal tarkibida maydonga tusha olmaydigan futbolchilar: Farinos (jarohat) va Soriano (qizil kartochka).
To'purarlar:
"Barselona"
Lionel Messi va Aleksis Sanches 8tadan
Djovani Dos Santos 6ta
"SA" tahmini: 60% - 40%
15 dekabr. "Malaga" - "Xetafe". 02:00
Avvalgi masumni ajoyib o'tkazgan "Malaga"ni bu mavsumda ishlari o'xshamayapti. Jamoa turnir jadvalining bor yo'g'i 15 pog'onasini band etgan. So'nggi 5 uchrashuvning bor yo'g'i bittasida "Xetafe" ushbu raqibni enga olgan. "Xetafe" esa o'z navbatida 7-o'rinda kelmoqda. Bu jamoa uchun yaxshi natija lekin hayot qonuniga muvofiq har bir jamoa va har bir futbolchi olg'a intilaveradi. SHunday ekan Luis Garsiya shogirdlari yanada yuqoriroqqa intilishi tabiiy. Oxirgi tur uchrashuvida g'alaba qozonganliklari ularga qo'shimcha ishtiyoq bag'ishlashi turgan gap. "Malaga" esa mana 3 turdan beri g'alaba qozona olmayapti va Bernd SHuster o'z muxlislari ko'z o'ngida mag'lub bo'lgisi kelmasligi aniq. Murabbiy Ignacio, Camacho, R. Santa Cruz, M. El Hamdaoui, Flávio va Casadoning xizmatlaridan foydalana olmaydi. "Xetafe" safida esa Lafita, L. López, Sergio Escudero va Borja maydonga tusha olmaydi. Keyingi turlarda "Malaga"ni "Elche" va "Atletiko" bilan uchrashuvlar kutib turibdi. SHu sababli jamoa agar yuqoriroqqa ko'tarilishni istasa aynan shu kabi raqiblarni mag'lub etishi kerak.
To'purarlar:
"Malaga" "Xetafe"
Santa Krus va El Xamdaui 3tadan gol Pedro Leon 5ta gol
"SA" tahmini: 55% - 45%
15 dekabr. "Almeriya" - "Espanol". 16:00
Mezbonlar safida jamoa to'purari Rodri jarohat olgan va navbatdagi bahsda maydonga tusha olmaydi. Etmaganiga himoyada ham muammolar etarlicha. Aynan shu jihatlarni inobatga olsak, "Almeriya" xattoki g'alaba qozonish ilinjida maydonga tushsa ham ajabmas.
To'purarlar:
"Almeriya" "Espanol"
Rodri 7ta Sergio Garsiya 6ta
"SA" tahmini: 50% - 50%
15 dekabr. "Real Sosedad" - "Betis". 21:00
San-Sebastyandagi bu bahs mehmonlar ustozi Xuan Karlos Garrido uchun La Liga doirasida debyut uchrashuvi bo'ladi. Yangi murabbiy jamoaga kelgandan buyon Qirol Kubogi va Evropa Ligasi uchrashuvlarida birga edi, lekin Ispaniya chempionati boshqa musobaqa. Jamoa 20-pog'onani "ishonch" bilan egallab olgan. Lekin bu jamoaning niyatlariga kirmasligi turgan gap. Lekin "Real Sosedad" o'z maydonida, uning ustiga hafta o'rtasida bahs o'tkazmagan holda o'zaro to'qnashuvga etib keladi. Ha, yangi murabbiy Karlos Garrido uchun qiyin sinov bo'lishi turgan gap.
To'purarlar:
"Real Sosedad" "Betis"
Antoni Grizman 9ta Xorxe Molina 5ta
"SA" tahmini: 60% - 40
15 dekabr. "Sevilya" - "Atletik". 23:00
"Sevilya" klubi etakchisi Rakitich ushbu bahsda ishtirok etmaydi. Bunga uning sariq kartochkalari ko'payib ketgani sabab. Ivanning qolgan jamoadoshlari esa payshanba oqshomida Germaniyaning "Frayburg" klubi bilan kuch sinashishdi va safardan g'alaba bilan qaytishdi. SHunday ekan "Sevilya"da hammasi joyida, jamoa yaxshi sport formasida, lekin "Atletik" ham sevilyaliklardan qolishmayapti. Avvalgi turda chempionat peshqadami "Barselona"ni o'z maydonida mag'lub etgan bilbaoliklarga bu turda yana jamoa hujumchisi Aric Aduric ham yordam bera oladi.
To'purarlar:
“Sevilya" "Atletik"
Karlos Bakka va Ivan Rakitich 7tadan Aric Aduric 3ta
"SA" tahmini: 45% - 55%
15 dekabr. "Atletiko" - "Valensiya". 00:59
Diego Simione jamoasi shu qadar kuchayib bormoqdaki, jamoa asosiy tarkibning bazi bir o'yinchilariga CHempionlar Ligasi bahslarida dam olish imkoniyatini bermoqda. Deyarli ikkinchi tarkib bilan Rossiyadan durrang bilan qaytgan "matraschilar", 6-turda o'z maydonlarida Portugaliyaning "Portu"sini qiyinchiliksiz, 2:0 hisobida mag'lub etdi. "Barselona" hujumchisi Lionel Messi yo'qligida Krishtianu Ronalduga to'purarlar bahsida aynan "Atletiko Madrid" hujumchisi Diego Kosta qarshilik qilmoqda. Hujumchining hisobida La Liga 15 gol mavjud bo'lib, David Vilya ham uning o'ziga va jamoaga katta yordam bermoqda. Mehmon jamoa "Valensiya" esa jadvalning 9-o'rinini egallab turibdi. Avvalgi turda "Osasuna"ni qabul qilgan Valensiyaliklar raqib darvozasiga javobsiz 3ta gol kiritdilar. O'sha uchrashuvda "Valensiya" hujumchisi Jonas xett-trikka erishgan va gol urishdan to'xtamoqchi emasligini, hamda yana va yana gol urmoqchiligini aytib o'tdi. O'zaro o'yinlarning so'nggi beshtasida "Atletiko" ikki bor g'alaba qozongan, yana ikkita uchrashuvda durrang va bir bor "Valensiya" zafar quchgan. Oxirgi uchrashuvda (2013.04.13) 1:1 hisobi qayd etilgan. O'sha bahsda "matraschilar"ning avvalgi mavsumdagi to'purari Radamel Falkao gol muallifi bo'lgan, "ko'rshapalak"larning yagona golini Jonas uchrashuvning 5 daqiqasida kiritgandi. Bu mavsumda "Atletiko" chempionlik uchun rostmanasiga kurash olib bormoqda va hozirda "Barselona" bilan peshqadamlikni gollar farqiga ko'ra bo'lishib turibdi xolos. Gollardagi farqni yaxshilash yaxshi, lekin "Valensiya" qancha hohlasa gol ursa bo'ladigan jamoa emas. Bizningcha Diego Simioneni har qanday hisobdagi g'alaba qanoatlantirsa kerak.
To'purarlar:
"Atletiko" "Valensiya"
Diego Kosta 15ta Jonas 8ta
"SA" tahmini: 60% - 40
17 dekabr. “Valyadolid” – “Selta” 02:00
Uzoq davom etgan omadsizliklardan so'ng "Selta" vanihoyat o'z o'yinini topdi chog'i. CHempionat bahsida "Almeriya" (3:1) va Kubok doirasida "Atletik" (1:0) hisobida mag'lub etildi. Hujumdagi ishlari qovushib turgan vigoliklar o'zlarining g'alabali yurishlarini 16-turda ham davom ettirishga urinishlarini kutish mumkin. Bunga mezbonlarning himoyadagi o'yini ham turtki bo'lishi mumkin.
To'purarlar:
“Valyadolid” “Selta”
Xavi Gerra 7ta Aleks Lopes va SHarles 5tadan
"SA" tahmini: 40% - 60%
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Barcelona | 15 | 13 | 1 | 1 | 42 - 9 | 33 | 40 |
2 | Atletico Madrid | 15 | 13 | 1 | 1 | 40 - 9 | 31 | 40 |
3 | Real Madrid | 15 | 12 | 1 | 2 | 44 - 17 | 27 | 37 |
4 | Athletic Bilbao | 15 | 9 | 2 | 4 | 23 - 19 | 4 | 29 |
5 | Villarreal | 15 | 8 | 4 | 3 | 25 - 14 | 11 | 28 |
6 | Real Sociedad | 15 | 6 | 5 | 4 | 25 - 21 | 4 | 23 |
7 | Getafe | 15 | 7 | 2 | 6 | 18 - 21 | -3 | 23 |
8 | Sevilla | 15 | 6 | 4 | 5 | 29 - 27 | 2 | 22 |
9 | Valencia | 15 | 6 | 2 | 7 | 21 - 23 | -2 | 20 |
10 | Espanyol | 15 | 5 | 3 | 7 | 18 - 21 | -3 | 18 |
11 | Elche | 15 | 4 | 5 | 6 | 15 - 20 | -5 | 17 |
12 | Granada | 15 | 5 | 2 | 8 | 12 - 19 | -7 | 17 |
13 | Levante | 15 | 4 | 5 | 6 | 13 - 21 | -8 | 17 |
14 | Celta Vigo | 15 | 4 | 3 | 8 | 20 - 23 | -3 | 15 |
15 | Malaga | 15 | 3 | 5 | 7 | 17 - 22 | -5 | 14 |
16 | Osasuna | 15 | 4 | 1 | 10 | 11 - 25 | -14 | 13 |
17 | Rayo Vallecano | 15 | 4 | 1 | 10 | 15 - 36 | -21 | 13 |
18 | Valladolid | 15 | 2 | 6 | 7 | 16 - 25 | -9 | 12 |
19 | Almeria | 15 | 3 | 3 | 9 | 16 - 32 | -16 | 12 |
20 | Real Betis | 15 | 2 | 4 | 9 | 14 - 30 | -16 | 10 |
Omonjon TO'XTAMIRZAEV tayyorladi

Fikrlar