Ispan klublari koronavirus sabab mavsumning to'xtashidan 678 million evro yo'qotishadi
13 mar 2020 13:34
Yangiliklar
Ispan klublari koronavirus sabab mavsumning to'xtashidan 678 million evro yo'qotishadi
Koronavirus sabab Ispaniyada mavsumni to'liq to'xtashi klublar uchun 678,4 million evroga tushadi.
Jamoalar televizion huquqlardan 549 million, abonementlardan 88 million, shuningdek La Liga va Segundadagi chiptalarning sotuvidan 41,4 million evro yo'qotishadi.
Agar mavsum tiklansa va muxlislarsiz o'tsa, yuqori divizion klublari 117 million evro, ikkinchi divizion jamoalari esa 12,5 million yo'qotadi.
Eslatib o'tamiz, La Liga (shuningdek, Segunda ham) payshanba kuni koronavirus tufayli chempionat o'yinlarining ikki turini bekor qilgan edi. Bundan tashqari, Ispaniya futbol federaciyasi (RFEF) La Liganing oxirigacha o'ynalishiga ham amin emas.
Fikrlar