Ispan klubi Eriksenga qiziqish bildirmoqda
02 jan 2021 18:02
Yangiliklar


Ispan klubi Eriksenga qiziqish bildirmoqda
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishga yaqin.
Daniyalik futbolchining yangi ish joyi "Valensiya" bo'lishi mumkin. "Ko'rshapalaklar" ehtimoliy transfer borasida milanliklar bilan aloqaga chiqqan.
Eriksen "Inter"ga "Tottenxem"dan 2020 yilning yanvariga o'tgan edi. Tomonlar 2024 yilning o'rtalariga qadar bitim tuzishgan.
Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar