Ispan klubi Bruno Fernandesh uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor
17 iyu 2019 10:55
Yangiliklar


Ispan klubi Bruno Fernandesh uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor
"Atletiko" Bruno Fernandeshga jiddiy qiziqmoqda.
Madrid klubi futbolchiga 50 million evro va bonus shaklida 10 million taklif qilishga tayyor. SHuningdek, Fernandeshga mavsum uchun 5 million evro va 5 yillik shartnoma taklif qilinadi.
"Sporting" futbolchisi joriy mavsum barcha turnirlarda 53ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 14ta assistga erishgan.
Bruno Italiyaning "Novara" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Lissabonning "Sporting" klubidan oldin "Novara", "Udineze" va "Sampdoriya" jamoalarida o'ynagan.
2017 yildan esa Portugaliya terma jamoasi azosi sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar