So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  0 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

"Ispan jurnalistlari bilan muloqot qilishni yoqtirmayman" - Joze Mourinyu ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Ispan jurnalistlari bilan muloqot qilishni yoqtirmayman" - Joze Mourinyu ishtirokidagi matbuot anjumani

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu ECHL doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- "Menga bu matbuot anjumani yoqmayapti. Odamlar haqida gapirishni xush ko'rmayman.

Men ispaniyalik jurnalistlar bilan muloqot qilishni istamayman. CHunki ularni faqat "Real" va Ronalduni qiziqtiradi. Men Manchesterda baxtliman. Xattoki shartnomam tugagach ham "Yunayted"da qolishni xohlayman. Meni doim inoqlik qiziqtiradi.

Ronaldu? Krishtianu shunday darajadaki, unga savol berishni va undan javobni kutishning hojati yo'q. U futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri. Hech kim buni inkor qilolmaydi.

"Manchester Yunayted"ni jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'yin kutmoqda. "Yuventus"ga qarshi o'ynash biz uchun juda katta motivaciya. Matbuot anjumani boshqa yo'nalishga burilib ketmoqda. SHu boisdan boshqa savollarga ham javob beraman.

Kimki mashg'ulotlarga ishtirok etgan bo'lsa, o'shalar o'yinga tayyor. Yashirib nima qildim, Aleksis Sanches uchrashuvda ishtirok etolmaydi.

Men Sarri va "CHelsi"ga mardlik va haqgo'yligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Men yosh bolakay bilan bog'liq bo'lgan ish juda chuqurlashib ketganidan xursand emasman. Menimcha, u munosib ulushini oldi. Ortiqchasi shart emas. Uning uzrini qabul qildim. O'ylashimcha, uning ishdan haydash shart emas. Bolakay ikkinchi imkoniyat olishga loyiq. Muhimi, u aybini tushunib etdi.

Umid qilamanki, "CHelsi"da uning kelajagini bug'ib qo'yishmaydi va u bemalol faoliyatini davom ettiradi. "CHelsi"da ungi yana imkoniyat berishlarini chin ko'ngildan istayman", - dedi Mourinyu.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика