Ismoil Gonsalvesh "Paxtakor" mashg'ulotida ishtirok etdi (FOTO)
04 fev 2018 17:11
Yangiliklar
Ismoil Gonsalvesh "Paxtakor" mashg'ulotida ishtirok etdi (FOTO)
Toshkentning "Paxtakor" klubi juma kunidan "Jar" stadionida mashg'ulotlarni boshladi.
Bu haqda "sherlar" rasmiy sayti xabar berdi.
Toshkentliklar qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olgan portugaliyalik Ismoil Gonsalvesh jamoaning mashg'ulotlariga qo'shildi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze Xitoyda o'tkazilgan U23 Osiyo chempionati ishtirokchilariga bir haftalik tatil berdi. CHunki ushbu o'yinchilar o'tgan mavsum yakunlangandan so'ng umuman dam olishmagandi.
Mashg'ulotlar kuniga bir yoki ikki mahaldan o'tkazilmoqda. 7 fevral kuni nazorat bellashuvi o'tkazilishi mo'ljallangan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar