So’nggi yangiliklar

22:49Виталий Денисов фаолиятини Россияда давом эттиради  1 22:30"Сени ва оилангни ўлдирамиз, каламуш". Ижтимоий тармоқда мураббийга таҳдид қилишди  1 21:34Футзал. Олий лиганинг 5-тур баҳсларига старт берилди  0 21:01"Қўқон-1912" икки 20 ёшли футболчини ўз сафига қўшиб олди  1 20:44Неймар ва "Ал Ҳилол" шартномани бекор қилишни хоҳлаяпти, аммо бразилиялик 65 млн. доллардан воз кечмоқчи эмас  5 19:59Карло Анчелотти мавсум охирида кетади  13 19:33Эшитдик-да! Суперлиганинг 16-жамоаси аниқ бўлди   43 19:19"Сурхон" ўртоқлик ўйинида "Железничар" билан муроса кўчасини танлади  0 18:59Эрон чемпионати. "Истиқлол" ўз майдонида аутсайдер "Шамс Азар Қазвин"га имкониятни бой берди, Машарипов жароҳат олди  7 18:27"Қўқон-1912" навбатдаги йиғин учун Тожикистонга етиб борди  2 18:05"Наполи" "Ювентус" сардорини ўз сафига қўшиб олади  0 17:28Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Хоразм" нурсиз дурангга имзо чекди  2 16:53"Астон Вилла" ҳимоячиси "Фенербахче"га йўл олади  1 16:25Маъносиз йиғин  31 16:00Дортмунднинг "Боруссия" вингери инглиз грандлари нигоҳида  1

Islombek Isoqjonov: “Oliy ligada ham o'ynab ketishimga ishonaman” Yangiliklar

Islombek Isoqjonov: “Oliy ligada ham o'ynab ketishimga ishonaman”

O'tgan yyili Buxoroning “Spartak” klubida o'ynagan Islombek Isoqjonov birinchi ligani kuzatib boruvchi muxlislarga yaxshi tanish desak mubolag'a bo'lmaydi.
To'purarlik salohiyatini ko'rsatgan futbolchi bu yilgi mavsumni ham birinchi ligada o'tkazmoqda. Fafat bu yil “sharq” mintaqasida. Isoqjonov bu yil “Xotira-79” safida ham to'purarlik mahoratini namoyish etmoqda. Deyarli har bir bahsda raqib posbonlarini ranjitayotgan futbolchi bilan yaqinda suhbatlashdik.

- Sizni Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanidan ekanligingiz haqida malumotga egamiz. Lekin o'tgan yili birinchi ligada “g'arb” mintaqasining “Spartak” jamoasida o'ynadingiz. U erga borishingiz qanday kechgani bizningcha ko'pchilik uchun qiziq bo'lsa kerak. Har holda endigini 21 yoshga to'ldingiz?
 - U erga hamqishlog'im Isroil Vahobovning ko'magi yordamida borganman. Qishki yig'inlar choyig'da Vahobov meni Usmon Toshevga tavsiya qildi va mashg'ulotlarida ishtirok etib, o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Harakatlarim murabbiyga maqul kelib, meni jamoada olib qoldi. Usmon Qudratovichdek taniqli va tajribali murabbiy bilan bir mavsum ishlab o'zim uchun ko'p narsalarni kashf qildim deya olaman. Umuman aytganda mavsum-2013 futbolchilik faoliyatim va turmush hayotimda katta o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Taqdirimdan nolimayman.

- “Spartak” professional faoliyatingizdagi ilk jamoa bo'ldimi?

- Yo'q, unday emas. Undan oldin “Navbahor” o'rinbosarlar jamoasida ham bir necha mavsum o'ynaganman. O'sha vaqtlarda jamoani SHuhrat aka Qoraboev boshqarardi. Hozir “Navbahor”ning asosiy tarkibida o'ynayotgan Abdumalik Abdullaev va Botir To'raboev singari futbolchilar bilan birga o'ynaganman.

- O'tgan yili “Spartak”da to'purarlik mahoratingizni ko'rsatgandingiz. SHunday ekan, nahotki rahbariyat sizni jamoada olib qolmagan bo'lsa?
- “Spartak” bilan tuzgan shartnomam bir yilni o'z ichiga olardi. Bitim o'z kuchini yo'qotgach, bu yil tug'ilib o'sgan viloyatim jamoasiga qaytdim. Bilsangiz “Xotira-79”ni ham bugungi kunda tajribali murabbiylardan biri Usmon aka Asqaraliev boshqarmoqda. Bu mutaxassis bilan ham ishlab kam bo'lmayman degan to'xtamga keldim.

-Joriy mavsum deyarli har bir bahsda gol kirityapmiz. Bunga qanday erishmoqdasiz?
- Murabbiyning ishonchi va jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi oqibatida shunday natija qayd etyapman degan bo'lardim. Ko'proq jamoadoshlarimning qulay paslarni etkazib borayotganini alohida aytaman.

- Bu borada qaysi jamoadoshingizni yaqqol ajratib ko'rsata olasizmi?
- Yo'q, qaysidir o'yinchini ayta olmayman. Butun jamoa degan bo'lardim. Tarkibimizda tajribali o'yinchilar ko'p. Xususan Sanjar Asqaraliev, Maqsud Hayitov, Bahrom Yuldashev kabi o'yinchilardir.

- Hozirgi kunga qadar hisobingizga 7ta gol yozdirib, to'purarlar ro'yxatidan joy egallab turibsiz. Aslida bu yyilgi shaxsiy maqsadlar qanday?

- Eng avvalo jamoamning yutuqlari birinchi o'rinda turadi. SHaxsiy yutuqlar esa ikkinchi darajali. Albatta men ham boshqa hujumchilar singari to'purar bo'lishni istayman. Bu yil shunday bo'lishga harakat qilyapman. Aslida ham hujumchining vazifasi gol urishdir.

- SHu kungacha qaysi jamoalarning himoyachilariga qarshi o'ynash siz uchun qiyin kechdi?
- Biz uchun har bir o'yin murakkab o'tmoqda. Bu borada alohida bir jamoani ko'rsatib o'tishim qiyin.

- Bu yil yana to'purarlik mahoratingizni namoyish etmoqdasiz. Agarda oliy liga klublaridan taklif olsangiz qanday yo'l tutasiz?
- Yil boshida “Xotira-79” bilan ham bir yillik shartnoma imzolaganman. Albatta oliy ligada o'ynash ishtiyoqi yo'q emas. Maboda qiziqarli taklif bo'lsa, ko'rib chiqishim mumkin. Menimcha ikkinch davradan elitada jamoasidan o'ynash imkoni tug'ilsa, murabbiy va rahbariyat bunga ortiqcha qarshilik qilmasa kerak.

- Oliy ligada ham huddi hozirgidek o'ynab keta olishingizga ishonasizmi?
- Ha. Nazarimda buni vaqti keldi. O'z kuchimga ishonaman. Agarda bunday imkoniyat tug'ilsa, undan unumli foydalanib qolishga harakat qilaman.

- O'tgan mavsum Toshev bilan birga ishlagansiz. Bu yil esa Asqaraliev.  Har ikkisini taqqoslaganda ularning bir-biridan qanday farqi bor?
- Har bir murabbiyni o'z ish uslubi va falsafasi bo'ladi. SHu bois men ularni solishtirmagan bo'lardim. SHunisi aniqki Toshevni ham Asqaralievni ham tajribasi katta.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика