So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  4 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Intervyu. Islombek Isoqjonov: “Navbahor” yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi” Yangiliklar

Intervyu. Islombek Isoqjonov: “Navbahor” yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadi”

So'nggi yillarni Bekobodning “Metallurg” jamoasida o'tkazgan Islombek Isoqjonov yaqinda jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Etiborlisi 26 yoshli futbolchi 2017 yili bekobodliklar safiga “Navbahor” klubidan yo'l olgandi. Oradan uch yil o'tib u yana “lochinlar” tarkibiga qaytib keldi.

Hujumkor yarim himoyachi “Metallurg”dagi faoliyati orqali muxlislar etiborini qozondi deyish mumkin. Har xolda Isoqjonov bekobodliklarning suyukli futbolchisiga aylana oldi. SHuning uchun ham namanganliklar Islombekni ortga qaytardi deyish mumkin. Isoqjonov jamoasini o'zgartirganidan keyin saytimiz uchun intervyu berishini so'radik.

- “Metallurg”da adashmasam uch yil davomida o'ynadingiz. Bu jamoani tark etish qiyin bo'lmadimi?

- Darhaqiqat, oxirgi uch mavsumni Bekobodda o'tkazdim. Bu ozgina vaqt emas. U erda o'zimni doim juda erkin xis etganman. Huddi ikkinchi uyimdek bo'lib qolgandi. Kollektiv yaxshi. Ahil jamoa tuzilgan. Ular bilan xayrlashish oson bo'lmadi, albatta. Ishonasizmi, hozir ham jamoadan ketmagandek tasavvurda yuribman. Juda ham ko'nikib qolgandim. Nima ham derdik, futbolchining qismati shunday ekan. Bir kun u erda, bir kun boshqa joyda bo'ladi.



- “Metallurg”dagi uch yillik faolyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Avvalambor, jamoa boshlig'i SHavkat aka Saidovning taklifiga binoan borganimni aytib o'tmoqchiman. U kishidan minnatdorman. Qolaversa bosh murabbiy Andrey SHipilovga ham rahmat aytaman. Umuman olganda, yuqoridagi takidlab o'tganimdek, Bekobodda yaxshi jamoa tuzilgan. Ichki muhimt doimo alo darajada bo'lgan. U erda o'ynab futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Agarda menda keyinchalik yana tanlash imkoniyati tug'ilsa, hech ikkilanmasdan “Metallurg”ni tanlardim.

- “Navbahor”ga qaytishingizga ko'proq nima turtki berdi?

- Birinchi navbatda muxlislarni aytgan bo'lardim. Ular jamoani doimo fantastik ravishda qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Qolaversa “Navbahor”ning yangi rahbariyati bo'lajak mavsumda jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda va tashkiliy ishlar ham shunga monand olib borilayotganini ko'rish mumkin. Viloyat hokimi xurmatli Xayrullo Xayitboevich Bozorovning viloyat futboli rivoji yo'lida, olib borayotgan oqilona siyosati natijasida klub har tomonlama professionallikka intilmoqda. Har bir bo'g'inda yuqori saviyada ish faoliyatini ko'rish mumkin. SHunday ekan nega endi men ham o'zim tug'ilib o'sgan viloyat jamoasining ravnaq topishi uchun yordam bermasligim kerak?! Nasib qilsa yangi mavsumda jamoa o'z oldiga qo'yilgan yuqori maqsadlarni albatta bajaradi. SHaxsan men buning uchun bor kuchimni ishga solaman.

- Sir emaski, “Navbahor” transfer oynasida yangi xaridlar uchun katta-katta mablag'lardan voz kechib kelmoqda. Moliyaviy jihat ham qaysidir manoda qaytishizga sabab bo'ldimi?

- Rostini aytsam, men uchun pullar ikkinchi darajali. “Metallurg”da ham bu borada sharoitim yomon emasdi. Lekin “Navbahor” bilan bu yil chempionlik uchun kurashishni niyat qilganim uchun qaytib keldim.



- O'tgan yili ham “Navbahor” bilan deyarli kelishuvga erishgandingiz. Ammo so'nggi pallada yana “Metallurg”ga qaytgansiz. O'shanda sobiq jamoangizga qaytishingizga nima to'sqinlik qilgandi?

- To'g'ri aytgan mavsum “Navbahor”da o'ynashim ham mumkin edi. Klub rahbariyati bilan muzokara ham o'tkazgandik. Biroq ayrim sabablarga ko'ra, yana “Metallurg”ga qaytib borgandim. Yana qaytarib aytaman, bunda hech qanday moliyaviy masala bo'lmagan. Nasib ekan, bu yil mana endi jonajon jamoamdaman.

- Bosh murabbiy Andrey Kanchelskis bilan yuzma yuz gaplashib ko'rish fursati bo'ldimi? Bosh murabbiy sizga qanchalik ishonayotganini his qildingiz?

- Albatta bosh murabbiy bilan yakkama-yakka suhbatlashdik. Kanchelskis menga ishonmoqda. U bilan suhbat chog'ida, jamoaning kelajagi haqida gap bordi va murabbiy bu yil bor kuchimizni ishga solib, chempionlikka kurashishimiz kerakligini alohida takidlab o'tdi. SHuningdek klub rahbarlari bilan uchrashganimizda ham maqsadlar jiddiy ekanligi aytib o'tildi.

- Faqat ochig'ini ayting, chempionlik uchun kurashda Navbahorning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Boya aytganimdek, Namangan viloyati hokimi – Xayrullo Xayitboevich Bozorov futbolga juda ham qiziqadi. Har kuni “Navbahor”ning xolidan xabar olib turadi. Viloyatda futbolni rivojlantirish maqsadida nazoratni kuchaytirgan. SHaroitlarni yaratib bermoqda. CHempionlikka erishish uchun bu yil ham qo'ldan kelganicha yordamini ayamasligini hozirda barcha yaxshi tushunib turibdi. Xudo xohlasa bu yil chempionlik uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil kurashamiz.



- O'tgan mavsumdagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- “Metallurg”da jamoaviy o'yin yaxshi shakllangan. Lekin o'zimning xarakatlarimdan unchalik ko'nglim to'lmadi.

- Namanganliklar bilan kelishuvingiz qachongacha amalda bo'ladi?

- Mavsum so'nggiga qadar shartnoma tuzdik.

- Agar sizda tanlash imkoni bo'lganida, yangi jamoangizga qaysi futbolchilarni taklif etgan bo'lardingiz?

- Hech ikkilanmasdan “Metallurg”dagi tajribali hujumchi Zohid Abdullaevni olib kelgan bo'lardim.


Fayzulla suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика