Islombek Isoqjonov: Murabbiyimizga munosib sovg'a tayyorlamoqchimiz
25 mar 2016 10:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202523_original.jpg)
![](/upload/storage/202523_220.jpg)
Islombek Isoqjonov: Murabbiyimizga munosib sovg'a tayyorlamoqchimiz
- Biz uchun har qanday o'yin muhim ahamiyatga ega. SHu bois Kubok doirasidan o'rin olgan Qizilqumga qarshi bahsga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Zomin bilan o'yindagi g'alaba ruhiy jihatdan tiklanishimizga xizmat qildi. O'ylaymanki ompdsizliklar ortda qoldi. Bugungi uchrashuvda ham g'alaba qozonib, muxlislarga xursandchilik ulashmoqchimiz.
Qolaversa bugun bosh murrabiyimiz Baxtiyor Ashurmatovning tug'ilgan kuni. Jamoadoshlarim bilan kelishgan xolda murabbiyimizga munosib sovg'a tayyorlamoqchimiz. Albatta Qizilqum kuchli raqib. Ular ham o'z uyida g'alaba ilinjida astoydil harakat qilishi turgan gap. Hozircha konchilar mag'lubiyatga uchramay kelmoqda. SHu bois ularda ruhiy tayyorgarlik yuqori darajada bo'lishi aniq. Lekin bizning maqsadimiz ijobiy natija qayd etish. Ularning g'alabali seriyasiga chek qo'yish uchun harakat qilamiz. Umid qilamanki, safardan g'alaba bilan qaytamiz. Buning uchun imkoniyatimiz etarli deb o'ylayman. Keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bu yo'lda barchamiz mashg'ulotlarda astoydil ter to'kmoqdamiz - deydi Isoqjonov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar