Islombek Isoqjonov: "Bu safar o'yinimiz chiqmasada vazifani bajardik"
24 may 2016 08:45
Yangiliklar
Islombek Isoqjonov: "Bu safar o'yinimiz chiqmasada vazifani bajardik"
O'zaro ikki uchrashuv natijasiga ko'ra, "burgutlar" chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Navoiylklarga qarshi kechgan bahsda birinchi to'pni kiritib, ikkinchi golga assisentlik vazifasini o'tab bergan Islombek Isoqjonov shu kuni ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHu bois o'yindan so'ng Isoqjonovning fikrlari bilan qiziqdik.
- O'yin qiyin bo'lishi avvaldan malum edi. Muxlislar oldida va qolaversa o'tgan uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng bu safar g'alaba qozonishimiz shart edi. Garchi bugun g'alaba qozongan bo'lsakda, o'z o'yinimizni to'liq namoyish eta olmadik. Bazida shunday bo'ladiki, yaxshi o'ynab mag'lub bo'lasan. Bazida esa aksincha xolat bo'ladi. Muhimi biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifasini bajarib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik.
- Endilikda bor etiborimizni oldimizda turgan chempionat doirasidagi "SHo'rtan"ga qarshi bahsga qaratiladi. Nasib qilsa kelgusi uchrashuvlarda ham muxlislarimizni xursand qilamiz degan umidaman - deydi Isoqjonov.
"Andijon" matbuot xizmati
Fikrlar