So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Islombek Ismoilov: "Olti nafar asosiy tarkib futbolchimizda jarohat bor" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Olti nafar asosiy tarkib futbolchimizda jarohat bor"

PRO-Liga 8-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Turon" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




"Bugungi o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Jamoada ruhiy xolat bilan bog'liq muammolar bor edi, sababi oldingi ikki turda g'alaba qozonolmagan edik. Lekin bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman, ular bu uchrashuvda biz o'ylayotgan rejalarni amalga oshira olishdi.

O'yin bilan bog'liq yana bir omil bu maydon masalasi. Bugungi o'yinda suniy qoplamali stadionda o'yin o'tkazdik, bilasizmi bu uchrashuvga o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmadi. Suniy qoplamali maydonda futbolchilarga erkin harakat qilishlari uchun qaysidir manoda cheklovlar bo'ladi.

O'yinimizda kamchiliklar bo'lishi mumkin, bunga etarlicha sabablar ham ko'p. Masalan "Turon" yosh jamoa, aksariyat futbolchilarni joriy mavsum avvalida, shuningdek mavsum davomida tarkibga jalb etdik. Bundan tashqari 3 turdan buyon 6 nafar asosiy tarkib o'yinchilarimizda jarohat bor edi, ularning xizmatlaridan foydalana olmadik. SHunday bo'lsa ham harakat qilyapmiz, intilyapmiz, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqayapmiz.

"Istiqlol"ning musobaqadan chiqib ketishi haqida? Albatta, bu achinarli xolat. Bilasizmi, viloyat birinchiliklari, yani 2-ligaga jamoa qo'yishning o'zi katta mehnat talab etadi va o'ziga yarasha mashaqqatli. "Istiqlol" 4-5 yildan buyon shakllanib kelayotgan, bir qator yutuqlarga erishib kelayotgan edi. Bu klubda qanchadir insonlar mehnat qilardi. O'zbek futbolida xususiy klublar ko'paygani yaxshi deb o'ylayman.

"Xorazm" jamoasi haqida? Bu jamoa golga qadar bir qator imkoniyatlardan foydalana olmadi. Raqib jamoa haqida men gapirmaganim maqul, ularni o'zaro muhokama qiladigan murabbiylari bor. SHuni aytishim mumkinki, "Xorazm" menda yaxshi taasurot qoldirdi. Jamoaga hozircha g'alaba etishmayapti, bitta g'alabadan keyin ularda o'zlariga bo'lgan ishonch ortib ketadi" - deydi Ismoilov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика