

Oradan bir oz o'tib murabbiyga U-21 yoshlar jamoasi ishonib topshirildi.
Bizga ma'lum bo'lishicha, hozirda Islombek Ismoilov yoshlar jamoasi bosh murabbiyligidan ham ketgan.
Ma'lumot uchun, “Turon" (U-21) jamoasi 34 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Yoshlar jamoasini so'ngi turda "Andijon"ga qarshi kim bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushishi bo'yicha hozircha ma'lumot mavjud emas.
Eslatib o'tamiz, Ismoilov 14 mart kuni "So'g'diyona" bilan bahsdan keyingi matbuot anjumanida "portlagan" va futboldan adolat talab qilgani bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushgandi.



