So’nggi yangiliklar

11:11Карикатура: Каземиро "Олд Траффорд"да "Ливерпул"га эшикларни очиб берди  2 10:33Муҳаммад Салоҳ келаси ёзда "Ливерпул"ни тарк этиши мумкинлигини маълум қилди  0 09:51Эрик тен Хаг: "Мен сиздек инсонларга ачинаман"  12 09:20Арне Слот 88 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди  1 08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  3 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  5 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  1 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  1 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  46 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25

Islombek Ismoilov: "Bu kabi o'yinlarni TV orqali namoyish etilmagani muxlislar uchun katta yo'qotish" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Bu kabi o'yinlarni TV orqali namoyish etilmagani muxlislar uchun katta yo'qotish"

PRO-Liga 18-turidan o'rin olgan "Turon" - "Dinamo" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.




- Islom aka, avvalo qo'lga kiritilgan yirik hisobdagi g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Bugun hamma ko'rib guvoh bo'ldi, hujumkor futbol namoyish etdik. Hisob ham shunga yarasha bo'ldi. "Dinamo" ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, har ikki jamoa bugun hujumkor o'ynadi. Bu kabi o'yinlarni televidenie orqali namoyish etilmagani - muxlislar uchun katta yo'qotish. Yaxshi o'yin bo'lgandi, ko'pchilik uchrashuvni ko'rib zavqlangan bo'lardi.

"Neftchi"ga qarshi o'yindan so'ng bizda ruhiy tushkunlik bor edi. Yigitlar bilan bu borada gaplashdik. Tarkibda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdik, rotaciya qildik. Bugungi o'yinda asosiy tarkibda tushgan futbolchilar ishonchni oqlashdi, lekin zahiradan qo'shilgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytira olishdi. O'yinning boshidan tashabbusni qo'lga olishga harakat qildik. Bilasiz, har doim o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yib kelganmiz. Hohlaymizmi, yo'qmi o'yindan oldin futbolchilarda bosim bo'ladi. Mana shu bosimni engib o'tish bo'yicha yigitlarga tushuntirayapmiz. SHu orqali o'yinni nazorat qilishni maqsad qilganmiz. Bugun birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik deb o'ylayman.

Bundan tashqari "Dinamo"da ham vaziyatlar bo'ldi. Bugun yosh posbonimiz Mirzohid Jalilovni asosiy tarkibda tushirgandik, u kerakli vaziyatda o'zini ko'rsata oldi. SHundan so'ng unda o'ziga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'yinni yanada kuchaytirdik. Abdulazizxon Abdurashidov gol urib hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirgandan so'ng bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdik. Maqsad hisobni ushlab qolish edi. CHunki "Dinamo"ning ham yo'qotadigan narsasi qolmagandi, ular katta kuch bilan oldinga o'tayotgandi. Hisobni ushlab qolishga harakat qildik va tarkibimizdagi bir qator tajribali futbolchilarni o'yinga qo'shdik. Ular ham o'yinga qo'shilgandan so'ng o'yinning tezligini va haroratini ko'tarishdi. SHuning oqibatida 3-golni ham kiritdik. Undan so'ng ham bir qancha imkoniyatlar bo'ldi, foydalana olmadik. Umuman aytganda g'alabadan xursandmiz.

- Jamoa bugun juda katta rotaciyaga qo'l urdi. Asosiy tarkibdan bir qator taniqli nomlarning tushib qolishi jamoa bugun katta tavakkalga qo'l urganini ko'rsatadi. Agar bu qaror o'zini oqlamaganida keskin tanqidlarga sabab bo'lardi. Bu qadar katta tavakkal qilishingizga sabab nima bo'ldi?

- Rotaciya qilishimizga birinchi sabab zich taqvim hisoblanadi. O'yinlar orasidagi muddat kam bo'lgani sababli "Neftchi"ga qarshi o'yinda ham futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. Rotaciya bo'lgandan keyin maydonga tushirgan futbolchilarimiz yil boshidan buyon shu jamoada mehnat qilmoqda. Agar shu jamoaga loyiq bo'lmaganida, tarkibimizda yurmagan bo'lardi. Maydonga chiqqandan so'ng shu jamoaga loyiqligini isbotlash kerak edi. Oldin ham aytganman, bizda hamma futbolchilarning saviyasi bir xil. Qaysidir futbolchini alohida ko'rsatib o'ta olmayman, yoki u futbolchi bo'lmasa jamoa g'alaba qozona olmaydi degan narsa yo'q bizda. Bugungi g'alabani barcha hohladi, hamma bir xilda mehnat qildi. Bugun yigitlar ich-ichidan g'alabani istashdi va yakunda shu natijaga erishdik. To'g'ri, tanqid bo'lishi mumkin edi, lekin oldimizda boshqa yo'l yo'q edi. CHunki mana 3 kundan keyin navbatdagi uchrashuvda maydonga chiqayapmiz, balki o'sha oldingi tarkibni qo'yganimizda bu kabi hisob bo'lmasligi mumkin edi. Bugun zahirada qoldirgan futbolchilar mahoratliroq, lekin zich taqvim tufayli jismoniy xolat bo'yicha ko'p muammolarga duch kelmoqdamiz.

- Bugun jamoaning asosiy posboni Akmal Ortiqovning o'rniga tushirilgan yosh darvozabon Mirzohid Jalilov juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Navbatdagi uchrashuvlarda ham ushbu posbonga ishonishda davom etasizmi?

- Ko'ramiz, buni vaqt ko'rsatadi. Hali mashg'ulotlar jarayonida ham ko'ramiz. To'g'ri, bugun Mirzohid Jalilov yaxshi harakat qildi, lekin unda hali tajriba etarli emas. SHunaqa xolatlar bo'ladiki, bazida debyut uchrashuvini o'tkazgan futbolchi yorqin o'yin ko'rsatadi, lekin keyingi uchrashuvlarda unda xatolar kuzatilishi mumkin. Biz bu narsalarning barchasini hisobga olamiz. Darvozabonlar murabbiyi bilan ham bu borada maslahatlashamiz, kim tayyor bo'lsa, "SHo'rtan" bilan o'yinga o'sha chiqadi.

- Muxlislardan kelgan savol. Yosh posbon Amal SHavketov qachon maydonga tushadi?
- Amal SHavketovni 2-liga bahslarida sinovdan o'tkazayapmiz. Yosh posbon hali bu darajadagi o'yinlarga tayyor emas. Unga ozroq vaqt kerak, lekin jamoani kelajagi sifatida qaraladi. Tarkibimizdagi har bir futbolchiga imkon berganmiz, bundan keyin ham shunday bo'ladi. Hech kim nazardan chetda qolmaydi. Mana Mirzohid Jalilov ham 9 oydan buyon jamoamiz safida maydonga tushmagandi, bugun juda katta tavakkal qildik. Jamoaning eng nozik nuqtasi darvoza chizig'i, chunki boshqa chiziqlarni o'zgartirish mumkin, hujumchini yoki himoyachini alishtirsa bo'ladi. Lekin oxirgi nuqta bu darvoza chizig'i. Amal SHavketovga ham shu kabi imkoniyat taqdim etamiz albatta.

- Doniyor Ismoilov bugun juda yaxshi o'ynadi. Agar ushbu futbolchiga bir qator nomdor Superliga jamoalaridan taklif tushsa, uni qo'yib yuborasizlarmi?
- Doniyor Ismoilov oxirgi 3 ta o'yindan beri hujum chizig'ida harakat qilmoqda. Ungacha u qanot futbolchisi sifatida harakat qilardi. Bir kuni o'zi aytib qoldi, "Zomin"da o'ynaganida 19 ta gol kiritgani, hujum chizig'ida harakat qilgani haqida. Jamoamiz murabbiylari ham bu futbolchini hujumda sinab ko'rish bo'yicha taklif berishdi. Doniyor Ismoilov jamoaga hujum chizig'ida foyda bermoqda. Yaqin 6-7 o'yinda u juda katta o'sishga erishdi. Harakatlaridan qoniqyapmiz, chunki jamoamizning o'yin uslubi hujumkor va pressinga asoslangan. Ismoilov oldingi chiziqda pressing tashkil etishni tezkorlik bilan bajarib bera olyapti. Biz istagan uslubni, masalan 3 ta futbolchi bilan bajariladigan ishni bir o'zi uddalayapti. Biz doim aytganmiz, "Turon" o'z futbolchilarini qadrlaydi. Futbolchi uchun nima yaxshi bo'lsa shuni amalga oshiramiz. Biz ham insonmiz, tushunamiz, albatta yaxshi jamoalardan taklif bo'lsa va bu chaqiruv futbolchining o'zini qanoatlantirsa, muzokara qilamiz. Keyin bu erda klub rahbariyati bor, shu kunga qadar "Turon" jamoasi va futbolchilar o'rtasida nizo kelib chiqmadi. Har doim futbolchilarni qo'llab-quvaatlaganmiz, bundan keyin ham shunaqa bo'ladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика