So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Islombek Ismoilov: "Aka-ukalar derbisi? Biz tarkibda eng faol bo'lgan futbolchilarni maydonga tushiramiz" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Aka-ukalar derbisi? Biz tarkibda eng faol bo'lgan futbolchilarni maydonga tushiramiz"

Teglar :  Piter XyuistraTuron
O'zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Turon" - "Aral Samali" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.




O'yin haqida

- Dastlab mavsumdagi ilk g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bugun jamoamiz tarkibida bir qator yangi nomlar ko'rinish berdi. Asosan kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Birinchi bo'limda futbolchilar biz tomonimizdan berilgan ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Bu narsa hisobda ham aks etdi. Ikkinchi bo'limda yuz bergan xolatni o'rganib chiqamiz. Yigitlar orasida ro'zador bo'lganlari borligi uchunmi yoki boshqa sabablari bormi, buni tahlil qilamiz. Jamoamiz ikkinchi bzlimda o'yinni nazorat qila olmadik. Xatolar ustida ishlaymiz. SHunday ob-havo sharotida ham stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat.

- Bilolxon Toshmirzaevning harakatlariga qanday baho berasiz?


- Bilolxon bilan birinchi bo'limdan so'ng gaplashdik. U tezkor futbolchi hisoblanadi. Lekin u jamodoshlariga to'pni uzatish o'rniga vaziyatni o'zi yakunlashga intilayapti. "Navbahor"ga qarshi o'yinda ham bu narsa yaqqol ko'ringandi. U jamoa uchun o'ynashni o'rganishi kerak.

- Jamoaga hujumda agressiv harakat etishmayapti...


- Birinchi bo'lim uchun hujumchimiz Jasur Xakimovga etirozlarim bor. Hujumchi bunday harakatlanishi noto'g'ri. U tajribali hujumchi, Pro-liga jamoasiga qarshi o'yinda o'zining ikki bosh ustunligini ko'rsatishi kerak edi. Bizda Asilbek Qayumov bor, yosh hujumchi. Bizda Kvame Karikari varianti ham bor edi. Unga bugun dam berishga harakat qildik. Kim Boyong bilan til borasida muammo bor. U ingliz tilini ham, rus tilini ham bilmaydi. Kim Boyonga hozir alohida repetitor yolYAladik, nasib bo'lsa hammasi yaxshi bo'ladi. Unga bitta o'yiniga qarab xulosa chiqarmaymiz. Undv potencial bor.

- Bugun jamoangizda ko'p futbolchilar debyut qilishdi...


- Umarjon SHaripovni "Xatlon" klulibidagi faoliyatini kuzatganmiz. Uning harakatlari bizga maqul kelgandi. Unga jarohat pand berdi. Nasib bo'lsa u adaptaciya jarayonidan so'ng jamoamiz bilan kirishib ketadi.

Orifxo'ja Abduxoliqov bugun yomon o'ynamadi. Aka-ukalar derbisi? Biz tarkibda eng faol bo'lgan futbolchilarni maydonga tushiramiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика