So’nggi yangiliklar

16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  0 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  3 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57ПСЖ Мбаппега "Реал"дан ўринбосар топди  0 13:35Нидерландия терма жамоаси футзалчиси: "Ўзбекистон ва Нидерландиянинг даражаси деярли тенг"  0 13:05"Ал Ҳилол" "Барселона" вингери учун 100 млн евро таклиф қилган  0 12:45"Милан" ярим ҳимоячиси камида уч ойга сафдан чиқди  0 12:18Саудия Арабистонига бормаган Серхио Рамос фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин  1 12:00Ўзбекистон футзал терма жамоаси испаниялик мураббий қўл остида жаҳон чемпионатига қандай тайёргарлик кўрди?  1 11:15"Реал" сотилган абонементлар бўйича етакчи, "Барселона" эса...  3 10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  2 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  3 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  17

Islombek Ismoilov: “Ayrim chiziqlarni kuchaytiramiz. Ertaga Serbiyadan legioner keladi” Yangiliklar

Islombek Ismoilov: “Ayrim chiziqlarni kuchaytiramiz. Ertaga Serbiyadan legioner keladi”

Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan Superliga debyutanti “Turon” jamoasi bugundan “Farg'ona hokimi Kubogi-2021” turnirida o'z ishtirokini boshladi.

Selekciya jarayonida faollik ko'rsatib, har bir chiziqqa Superliga havosidan bahra olgan bir nechta tajribali futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan “Turon” joriy mavsum ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda.
Jamoadagi eng so'nggi o'zgarishlar va keyingi rejalar haqida bilish maqsadida bosh murabbiy Islombek Ismoilovga murojaat qilganimizda, har doimgidek taklifimizni rad etmasdan, savollarga javob berib o'tdi.

- Boshqaruvingizdagi “Turon” jamoasi “Farg'ona hokimi Kubogi-2021” turnirini g'alaba bilan boshladi. Dastlab “Navbahor-2” jamoasiga qarshi kechgan ushbu bahs haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Joriy yil hisobidan birinchi rasmiy musobaqada ishtirokimizni boshladik desam ham bo'laveradi. Sababi ushbu turnir har yili muntazam ravishda FIFA o'yin qoidalariga asosan o'tkazilib kelinadi. O'ziga yarasha nufuzga ega. Unda ishtirok etayotgan klublar uchun bo'lajak chempionat oldidan yanada puxta tayyorgarlik ko'rib olishlariga xizmat qiladi. Hozir Superligaga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Futbolchilarga qishki-yig'in chog'ida jismoniy yuklamalar beriladigan payt. SHu sababli musobaqada birinchi o'yin bo'lgani uchun ham ozgina hayajon va yuklamalar asorati bilindi. Raqibdan tajriba evaziga ustunlikka erishdik deb hisoblayman. Jamoa tarkibini sezilarli darajada o'zgartirdik. Tarkibga bir qator tajribali o'yinchilarni jalb qildik. Albatta ularni bir maqsad yo'lida birlashtirish uchun bizga ozgina vaqt kerak bo'ladi. Yigitlar mashg'ulot jarayonlarida nima xohlayotganimizni asta-sekin tushunib bormoqda. Bugungi o'yinda ham, qaysidir vaziyatlarni tashkil etishda, himoyalanishda bergan ko'rsatmalarimizni bajarishni boshlashdi.

- Tarkibga etibor qaratganimizda, 2-3 nafar o'yinchini hisobga olmaganda yangilangan tarkibni tarkibni ko'ramiz. “Turon” uchun selekciya ishlari yakunlandimi yoki ko'nglingiz to'lmayotgan chiziqlar ham bormi?
- Ha, bugun tarkibimizda bir qator yangi nomlar maydonga tushdi. O'zimiz qarashlarimizga mos kelgan futbolchilarni taklif qilganmiz. Lekin bu bilan selekciya jarayoni to'xtagani yo'q. Jamoada baribir ikkita og'riqli chiziqlar bor. Kamchilikni bartaraf etish maqsadida o'yin uslubimizga to'g'ri keladigan futbolchilarni izlab, ularni obdon o'rganib chiqmoqdamiz. Agar o'zimiz istagan futbolchini topa olsak, albatta jamoaga taklif etamiz. Undan tashqari jamoamiz tarkibiga shu kunlarda serbiyalik futbolchi kelib qo'shiladi.



- Jamoaga taklif etilgan futbolchilar orasida sizni qoniqtirmayotganlari ham uchrab turibdimi?
- Yo'q, yangi kelganlarni taklif etishdan oldin har tomonlama o'rganib keyin chaqirganmiz. Ularni Superligadagi o'yinlarini ko'rib va boshqa jihatlarini inobatga olib, keyin jamoaga jalb etganmiz. SHuning uchun bu borada hozir qoniqmayapman deyishlik noto'g'ri bo'ladi. CHunki yangi kelib qo'shilgan futbolchilar bilan kelishuvga erishganmiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarga to'liq ishonamiz va har biriga umidimiz katta.

- Murabbiylar shtabida bungacha “Neftchi”da faoliyat yuritgan Ilhom Zaylobitdinov faoliyat yurita boshlaganini ko'rmoqdamiz. Undan tashqari yana boshqa yordamchi murabbiy taklif etish rejangizda bormi?
- Ilhom aka oxirgi yillarda “Neftchi” jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi. Yaqinda klub bilan xayrlashgach, “Turon”ga yordamchilikka taklif etganmiz. O'ylaymanki ushbu mutaxassis o'z yordami bilan jamoamiz ravnaqiga katta hissa qo'shadi. Murabbiylar shtabi barcha kerakli mutaxassislar bilan to'ldirildi. Menimcha bu borada eng yaxshi kadrlarni jalb eta oldik.

- “Farg'ona hokimi Kubogi-2021” turniridan keyingi rejalar qanday?
- Turnirdagi ishtirokimizga qarab yigitlarga 2-3 kun dam beramiz. Nasib qilsa finalgacha etib boradigan bo'lsak, u xolda 2 fevraldan 5 fevralga qadar qisqa tatil beriladi. Keyin yig'inni Toshkentga ko'chiramiz. Poytaxtimizdagi o'quv-yig'in davomida bir nechta klublar bilan sinov-nazorat uchrashuvlarini o'tkazib, bu orqali chempionatga yakuniy tayyorgarlikni tugatib ortga qaytamiz.

- O'tgan yili “Turon” sharafini himoya qilgan yana qaysi futbolchilar bilan xayrlashildi?
- Xabaringiz bo'lsa kerak, SHukurali Po'latov va Otabek Haydarov yaqinda Bangladesh klubidan tushgan taklifni qabul qilib, o'z xohishi bilan xorijga yo'l oldi. Undan tashqari yana bir himoyachi SHoxruh Xolmatov “Qo'qon-1912”ga o'tishga qaror qildi. Qolgan barcha futbolchilar esa ayni damda jamoa bilan birga.

- “Farg'ona hokim Kubogi-2021” turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritish jamoangiz uchun qanchalik muhim?
- Albatta, o'zimiz ishtirok etadigan har qanday musobaqada g'olib chiqishni istaymiz. SHu jumladan “Farg'ona hokim Kubogi-2021” da ham muvaffaqiyat qozonsak bundan faqat xursan bo'lamiz. Lekin yuqorida aytib o'tganimdek, mazkur turnir chempionat o'yinlari oldidan o'ziga xos ko'rik vazifasini o'tab berishini hisobga olsak, biz uchun asosiy o'yinlar hali oldinda.



- “Turon” yoshlar jamoasiga tajribali murabbiy Murod Ismoilov ustozlik qilmoqda ekan. Aytingchi, yoshlar jamoasiga bu yil nechanchi yilda tug'ilgan futbolchilar jalb etilgan?
- U-21 jamoamizni Murod Muzaffarovichga ishonib topshirganmiz. Hozirgi kunda yoshlar jamoamiz ham yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bir qator iqtidorli mahalliy yoshlarni jalb etganmiz. Quvonarli tomoni o'sha yoshlar jamoasiga saralab olingan barcha futbolchilarni, biz – murabbiylar shtabi, klub rahbariyati tomonidan ko'rib, xolis tanlab olindi. Hech qanday tanish-bilishchilikka yo'l qo'yilmadi deb bemalol ayta olaman. Bu jihat “Turon” futbol klubining eng asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Futboldagi yomon illatlarga qo'l urmaydi. Doimo to'g'rilikka va xalollikka intiladi. Yoshlar jamoamiz tarkibini asosan 2002-2003 yillarda tug'ilgan futbolchilar tashkil etmoqda.

- O'zbek futboli jamoatchiligi qishki transfer oynasida “Turon” klubini faollik ko'rsatayotganini takidlamoqda. O'zingiz bu borada ko'proq qaysi jamoani aytgan bo'lardingiz?
- To'g'risi, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali boshqa jamoalarda yuza berayotgan o'zgarishlar bo'yicha malumotga egaman. Lekin ko'proq o'z jamoam haqida ko'proq o'ylab, har tomonlama kuchaytirishni maqsad qilganman. Boshqa jamoalar haqida to'xtaladigan bo'lsak, “Navbahor”, “Lokomotiv” yaxshi transferlarga qo'l urdi. Qaysidir jamoa oshkora qilyapti. Yana qaysidir klub sir saqlamoqda. Menimcha hech qaysi jamoa joyida to'xtab turgani yo'q. Har kim ichki imkoniyatiga qarab, 2021 yilgi Superliga uchrashuvlariga tinimsiz tayyorgarlik ko'rmoqda. Qolganini endi rasmiy o'yinlar boshlanganida kuzatib boramiz.

- Superligada debyutant murabbiy bo'lish bilan bir qatorda, yosh murabbiy ham hisoblanasiz. Bunday paytda Superliga klublaridan taklif etilgan tajribali futbolchilar bilan ishlash jarayonida muammoga duch kelmayapsizmi?
- Etibor qaratsangiz, o'tgan yili ham PRO-Ligada jamoamiz sharafini himoya qilgan tajribali futbolchilar bor edi. Ular bilan til topishib, ishlashga qiynalmaganman. Bu yil ham bu borada hech qanday tushunmovchiliklar bo'layotgani yo'q. Aksincha qo'l ostingizda tajribali futbolchilar bo'lsa bu sizga qo'shimcha kuch va shijoat bag'ishlaydi. Bergan ko'rsatmalaringizni tezroq amalga oshiriadi. Eng muhimi jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilar bilan iliq munosabatdamiz. SHuning uchun hozir jamoamizda ajoyib muhit hukmronlik qilmoqda deb bemalol ayta olaman. Nasib qilsa shu ruhda Superliga o'yinlariga tayyorgarlik ko'rib, chempionat yakuniga qadar shunday muhitni saqlab qolishga xarakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика