So’nggi yangiliklar

01:45"Манчестер Юнайтед" "Бавария" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:13Роналду Фьюри ва Усик жанг қиладиган Ар Риёддаги аренага келди  5 00:44"Барселона" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 00:02Роналду Усик – Фьюри жангига ташриф буюради. Унинг ёнида Жошуа ўтиради  6 23:31"Байер" мавсум стартидан бери 51та мағлубиятсиз ўйин ўтказди – 42 ғалаба ва 9 дуранг. Олдинда иккита баҳс қолди  5 23:04Веско Стешевич: "Ҳақиқий эркакча футбол гувоҳи бўлдик ва дуранг адолатли натижа бўлди"  8 22:41Александр Хомяков: "Ғалабага лойиқ эмас эдик. Ҳужумда деярли вазият яратмадик"  13 22:27Жамшид Саидов: "Қизил карточка ўйин натижасига таъсир кўрсатди"  1 22:00Сергей Чигодаев: "Бош мураббий эртага Тошкентга қайтади"  1 21:47"Сурхон", "Локомотив", "Бунёдкор", "Ростов" ва Италиянинг "Комо" жамоаси – уларни нима бирлаштиради? Уларнинг ҳар бирида "қўғирчоқ мураббий" бор  3 21:02Суперлига. «Андижон» ўз уйида «Металлург» билан дуранг ўйнади  82 21:00Суперлига. Ютаётган "Қизилқум" бир киши кам бўлиб қолгач, "Олимпик"дан тўртта гол қабул қилиб олди  12 20:25Бундеслигада чемпионат якунланди. "Байер" лига тарихида илк бор мавсумни мағлубиятсиз тугатди, "Бавария" эса 3-ўринга тушиб кетди  18 20:20Саудия Арабистони АПЛдан бир қанча юлдузларни олиб кетмоқчи. Нишонда Салоҳнинг ўзи эмас  2 19:52Де Дзерби "Бавария"га ўтяпти: "Брайтон" мураббийнинг кетиши ҳақида эълон қилди  3

Islom To'xtaxo'jaev: "Xitoy chempionatidan marketing borasida 5-10 yil orqada qolib ketdik" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Xitoy chempionatidan marketing borasida 5-10 yil orqada qolib ketdik"

Hozirda Navoiyning "Qizilqum" klubida faoliyatini davom ettirayotgan tajribali himoyachi Islom To'xtaxo'jaev va "Neftchi" muxlislari o'rtasida onlayn muloqot tashkil etildi.

Mazkur jarayon-savol javob ko'rinishida o'quvchilar etiboriga havola etilmoqda.

- Islom To'xtaxo'jaevning futbolga kirib qanday bo'lgan?

- Bolaligimda, aniq yodimda bor bog'cha yoshida edim, akam futbolga olib borardilar. O'shanda "To'qimachi" nomli futbol jamoasi bor edi, o'sha erda ilk bor futbol uchrashuvlarini o'tkazganmiz.

- 2008 yilda Osiyo chempionatida Ahmad Ubaydullaev boshqargan yoshlar terma jamoamizda o'ynagansiz. SHu musobaqa haqidagi fikrlaringiz...


- Ha, o'sha yilgi Osiyo chempionatini yaxshi xotirlayman, ajoyib musobaqa bo'lgandi. Yarim finalda Janubiy Koreyani taslim etgandik. Faqat final uchrashuvi ko'ngildagidek bo'lmagan.

- Hozirda milliy chempionatlarimizda hakamlik mavzusi ko'p ko'tarilayapti. SHuningdek VAR tizimi futbol uchrashuvlari davomida vaqtni ko'p olib qo'ymoqda. Bu haqida fikringiz qanday?


- Fikrimcha, hozirgi o'zgarishlarning barchasi ijobiy tomonga bo'lmoqda. Bu yilgi mavsumda hakamlik eng haqqoniysi bo'layapti deb ayta olaman.

- Mirjalol Qosimov sizni yosh bo'lishingizga qaramay milliy terma jamoaga jalb etgandi. O'shanda termamizda Anvar G'ofurov, Anzur Ismoilov, Xayrulla Karimov kabi tajribali himoyachilar bilan raqobat qilishingizga to'g'ri kelgan. Bunday kuchli bosimni qanday engib o'tgansiz?

- Milliy terma jamoamizga taklif kutilmaganda yuz bergan. O'shanda bosh murabbiy Mirjalol Qosimov va tajribali futbolchilar meni qo'llab-quvvatlashgan. SHu sababdan menda bu borada hech qanday qiyinchilik bo'lmagan. Mirjalol Qosimovga nisbatan hamisha hurmatim baland.

- Islom To'xtaxo'jaevni qaysi murabbiy kashf qilgan?

- Bu savolga Mirjalol Qosimov va Ahmad Ubaydullaev deb javob bersam to'g'riroq bo'ladi.

- Siz bir muddat Xitoy chempionatida ham o'ynadingiz. Ushbu chempionatdan biz ham o'rganishimiz kerak bo'lgan jihatlar bormi?


- SHaxsiy fikrim, bizning cheipionatlar Xitoydan marketing borasida 5-10 yil orqada qolib ketgan. Klublarda marketing bo'yicha ishlar juda zo'r deb ayta olmayman.

- "Qizilqum"da ichki muhit va jamoa bosh murabbiyi Xamidjon Aktamov bilan munosabatlaringiz qanday?


- "Qizilqum"da ichki muhit alo darajada, biz bir oiladekmiz. Hozirda jamoada kuchli futbolchilar jam bo'lgan, joriy mavsum OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurashamiz. Bosh murabbiy Xamidjon Aktamov bilan munosabatimiz yaxshi.

- Milliy terma jamoamizning SHveciyaga qarshi o'yinidan xulosa qilinsa qanday o'zgarishlarni ko'rdingiz?


- To'g'risi ushbu o'yinning ikkinchi bo'limini tomosha qildim, yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Menimcha, hozir biron o'zgarish haqida gapirishga erta.

- Saudiya Arabistoni bilan o'yinda terma jamoamizning sobiq bosh murabbiy Vadim Abramov futbolchilar o'ynaydigan poziciyalarni o'zgartirdi. Bu haqida fikringiz qanday, Abramovning bu uslubi qanchalik to'g'ri edi?


- O'shanda tarkibni o'yin boshlanishidan avval bildim. Vadim Abramov bu o'zgarishlar bilan qandaydir yangicha uslubni reja qilgandi, lekin o'xshamadi.

- Futbolchilik faoliyatiyatingizda eng yodda qolgan o'yin qaysi?

- Milliy terma jamoasiz libosida birinchi o'tkazgan o'yinim.

- O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan murabbiylar orasida sizningcha qaysi biriga etarlicha imkon berilmagan?


- Bu boradagi fikrim, Ektor Kuperga etarlicha imkon berilmagan deb o'ylayman.

- Yuriy Sarkisyan haqida fikringiz qanday?


- Yuriy Vazgenovich juda yaxshi inson va ajoyib murabbiy.

- Xorij chempionatlarnida qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

- Milanning "Inter" klubi muxlisiman.

- “Neftchi" muxlislariga tilaklaringiz?

- Tilaklarim barchalari hamisha sog'-salomat bo'lishsin. "Neftchi"ga omad va g'alabalar yor bo'lishini, mavsum yakunida chempionlikni tilayman. Muxlislar hamisha sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashdan charchamasinlar.

Suhbat so'ngida Islom To'xtaxo'jaev o'zining ramziy terma jamoasini taqdim etdi: 



Onlayn muloqot jarayonidan matnlarni Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика