Navbatdagi "Oltin to'p" Levandovskiga berilishi mumkin
15 may 02:16
Yangiliklar
Navbatdagi "Oltin to'p" Levandovskiga berilishi mumkin
France Football nashri 2020 yil COVID-19 pandemiyasi tufayli hech kimga berilmagan "Oltin to'p" sovrinini o'sha yili mukofotga loyiq bo'lgan futbolchiga topshirmoqchi.
O'sha yili "Bavariya" tarkibida to'p tepgan Robert Levandovski nomzodlar orasida yaqqol etakchilik qilayotgandi. Polshalik hujumchi Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqdi, 15 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi. SHuningdek, Bundesliga chempioni bo'ldi.
Qolaversa, u klub va terma jamoa miqyosida barcha musobaqalarda 44 o'yinda 47 ta gol urdi.
Lionel Messi 2021 yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganida, Levandovskining ushbu mukofotga loyiq ekanligini aytgandi.
Hozirda nashr 2020 yilgi "Oltin to'p"ni to'rt yildan keyin bo'lsa ham polshalik forvardga topshirish variantini ko'rib chiqmoqda.
Fikrlar