Levandovski “Oltin to'p” bekor qilingani haqida: “Bu unchalik ham muhim emas”

Eldor Akmurzayev
24 noya 2020, 19:10
Xabaringiz bor, France Football pandemiya tufayli “Oltin to'p-2020” marosimini bekor qilgandi.

Sovrin uchun asosiy da'vogar hisoblangan “Bavariya” forvardi Robert Levandovski bunga munosabat bildirdi.

“Bu unchalik ham muhim emas, chunki sovrinlar qo'shimcha yutuq hisoblanadi. Agarda nimanidir qo'lga kiritsam, juda g'ururlanaman va baxtli bo'laman. Biroq, bu sovrinni ololmayman… Kimdir shunday qarorga kelgan, demak hayot davom etadi”, deydi polshalik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AP