Sergey CHigodaev: "Bosh murabbiy ertaga Toshkentga qaytadi"
18 may 2024 22:00
Yangiliklar
Sergey CHigodaev: "Bosh murabbiy ertaga Toshkentga qaytadi"
O'yin haqida
- Qiyin uchrashuv o'tkazdik. G'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi, ikkinchi bo'limda anchayin jonlandik. Aynan ikkinchi bo'limdagi ishtiyoq bugungi g'alabamizga sababchi bo'ldi.
- Bosh murabbiy Temur Kapadze Franciyadan qachon qaytadi? Navbatdagi o'yinga jamoani kim tayyorlaydi?
- Temur Toxirovich ertaga qaytadi. Va albatta navbatdagi o'yinga o'zi tayyorlaydi.
- Bugun "Olimpik"ning 3-darvozaboni maydonga tushirildi. Asosiy darvozabonlarda jarohat bor edimi?
- Bizda ikkinchi yoki uchinchi degan maqom yo'q. Har bir darvozabon jamoaga bir xil statusga ega. Kim o'yinga to'liq tayyor bo'lsa, o'sha maydonga tushadi.
- G'alabaga raqib futbolchisining qizil kartochka olgani ham sabab bo'ldimi?
- Ikkinchi bo'limda jamoamizdagi ishtiyoq kuchaydi. Birinchi bo'limdagidan butunlay aks qiyofada o'yin namoyish etdik. Albatta raqibning etakchi futbolchilaridan biri qizil kartochka olishi bizning imkoniyatlarimizni yanada oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar