Islom To'xtaxo'jaev va Sardor Mirzaev OKMKga o'tdi
10 iyu 2023 22:05
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev va Sardor Mirzaev OKMKga o'tdi
Superliga klublarimiz yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirishmoqda.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubi tarkibni 2 nafar tajribali futbolchi bilan to'ldirdi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra markaziy himoyachi Islom To'xtaxo'jaev hamda hujumkor yarim himoyachi Sardor Mirzaev OKMK jamoasiga o'tishdi. Har ikki o'yinchi biroz avval olmaliqliklar bilan shartnoma imzolashgan.
Har ikkala futbolchiga Superliganing boshqa jamoalaridan ham takliflar bo'layotgan edi. Jumladan, chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Navbahor" ham ularga jiddiy qiziqish bildirgan edi.
Eslatib o'tamiz, Islom To'xtaxo'jaev bungacha Qatarning "Al Garafa" klubida, Sardor Mirzaev esa Tailandning "Muangtong Yunayted" jamoasida to'p tepib kelayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar