So’nggi yangiliklar

14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  0 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  12

Islom SHaripov: “Yoshligimdan Ronalduning muxlisiman va uning zarba berish uslubiga qiziqaman” Yangiliklar

Islom SHaripov: “Yoshligimdan Ronalduning muxlisiman va uning zarba berish uslubiga qiziqaman”

“Qo'qon-1912" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Islom SHaripov o'tgan mavsum, yangi jamoasi va maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Birinchi navbatda barchaga Assalomu alaykum. Ushbu jamoaga meni Muxsinjon aka Nizomiddinov taklif qildilar. Ushbu taklifdan juda xursandman.

O'tgan mavsum haqida...

O'tgan mavsum men uchun juda zo'r o'tdi deb aytmagan bo'lardim, biroq yomon ham bo'lmadi. Sobiq jamoam Pro ligada debyut qilgan bo'lishga qaramasdan, biz musobaqani TOP-5da yakunlashimizga kuchimiz etardi. Biroq ayrim o'yinlarda o'zimiz tayyor g'alabalarni qo'ldan chiqardik. Ayrim o'yinlarda esa omad bizga boqmadi. Menimcha, “Yunired” birinchi mavsum uchun yaxshi ishtirok etdi. Biz kuchli jamoalarga ancha jiddiy qarshilik ko'rsatdik. Xudo xohlasa, “Qo'qon-1912" jamoasiga o'tishim faoliyatimdagi yangi bosqich va omadli bosqich bo'ladi deb umid qilaman.

Uzoq masofadan zarba yo'llashni alohida mashq qilaman.

Yoshligimdan Ronalduning muxlisiman va uning zarba berish uslubiga qiziqaman. SHuning uchun ham bir mashg'ulotdan so'ng alohida zarbalar ustida ishlayman. Biroq birinchi navbatda barchasi yaratgandan.

Maqsadlarim!

Inshoolloh yangi yildan umidlarim katta. “Qo'qon-1912» jamoasiga tezda moslashib, jamoa bilan oldimizga qo'ygan vazifani, yani Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, ushbu maqsadga yangi jamoam bilan erishamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика